Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili
3-§. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.
O`zbekiston Respublikasi istiqlol yillarida erishgan yutuqlarga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qo`ymoqda. Mamlakat taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko`tarish maqsadida Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Bu noyob hujjatda belgilangan ulug’vor vazifalarni ro`yobga chiqarishga qat’iy kirishilgani yangi ufq va imkoniyatlar ochib bermoqda. Dunyo miqyosida raqobat keskinlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatni ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar asosida modernizasiya qilish va yangilash eng muhim vazifaga aylanmoqda. Ana shunday o`tkir talabni chuqur anglagan holda, 2018 yil Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilindi. Bu borada qabul qilingan Davlat dasturida 11 trillion 200 milliard so`m va 1 milliard 300 million AQSH dollari hajmidagi ishlarni amalga oshirish ko`zda tutilgan. Dastur ijrosini ta’minlash uchun keng ko`lamdagi ulkan ishlar olib borilmoqda. 598 Mamlakatda faol investisiya siyosati yuritilmoqda, zamonaviy korxonalar barpo etilmoqda, soliq tizimi tubdan isloh qilinib, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda innovasiya, ilm-fan yutuqlari, yangicha va ijodiy yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda. Qishloq xo`jaligida zamonaviy, istiqbolli tarmoqlarga asos solish, klaster tizimini yo`lga qo`yish, fermer xo`jaliklarining natijadorligini kuchaytirish bo`yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanmoqda. Eng ustuvor vazifa bo`lgan aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirish bo`yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari mamlakatning eng chekka hududlariga ham yangilanish nafasini, bunyodkorlik ruhini olib kirmoqda. Odamlarning fikri, dunyoqarashi o`zgarmoqda, qishloqda turmush madaniyati oshib bormoqda. Butun mamlakatni qamrab olgan mazkur dasturlar doirasida 416 ta qishloq va 105 ta mahallada qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Bularning barchasi O`zbekistonning yangi, obod qiyofasini yaratish, xalq farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Aholining zamonaviy uy-joyga bo`lgan talab va ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida joriy yilda 13 ming 900 dan ziyod oilaga mo`ljallangan 335 ta ko`p qavatli turar joy foydalanishga topshirildi. 2018 yil oxirigacha bu raqam 2017 yilga nisbatan 2 barobar ko`payadi. Ana shu yo`nalishdagi ishlar qishloq joylarda ham yangilangan loyihalar asosida olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar qishloqlarda 40 mingta oila yangi xonadonlarga ko`chib kirdi. Bu borada biz ilgari etarlicha e’tibor bermagan muhim masala – ya’ni, kam ta’minlangan, nogironligi bo`lgan insonlarga alohida g’amxo`rlik ko`rsatilmoqda. Buning tasdig’ini o`tgan 2 yilda 1000 nafardan ortiq shu toifaga mansub insonlar uy-joy bilan ta’minlangani misolida ko`rish mumkin. Albatta, bunday o`zgarishlar ming-minglab oilalar hayotiga shodlik va baxt olib kelmoqda. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling