Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif 
etdi. 
Faol tadbirkorlik - biznes faoliyatini innovasion, ya’ni zamonaviy 
yondashuvlar, ilg’or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan 
iqtisodiy yo`nalishdir. Faol tadbirkor - raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o`rinlari yaratib, nafaqat o`zini va oilasini 
boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlardir.
Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar
ilm-fanning eng so`nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni 
mamlakatga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish 
birinchi galdagi vazifa qilib belgilandi. Xorijdagi etakchi kompaniya va 
tashkilotlarda tajriba orttirishi, o`zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har 
tomonlama imkoniyat tug’dirib berish lozim bo`ladi. 
Bugun davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga 
qaratilgan innovasion rivojlanish yo`liga o`tilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. 
Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yangi fikr, yangi 
g’oyaga, innovasiyaga tayangan davlat yutadi. Innovasiya – bu kelajak degani.
“Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo`lsak, uni 
aynan innovasion g’oyalar, innovasion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. 
SHuning uchun biz Innovasion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga 
aniq vazifalarni qo`ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun 
jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o`ziga xos lokomotiv 
rolini bajaradi, deb ishonamiz. 2018 yilda ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni 
rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu 
jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g’oya va ishlanmalarni har 
tomonlama qo`llab-quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida bo`ladi,” – dedi 
Murojaatnomada Sh.Mirziyoev. 
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Murojaatnomasi, uning 
saylanganiga bor-yo`g’i bir yil bo`lishiga qaramasdan, yaqin o`tmishdagi vaziyatni 
teran tahlil qilib, yaqin kelajakka aniq vazifalarni belgilab beruvchi, chuqur 


595 
mushohadali nutq bo`ldi, desak to`g’ri bo`ladi. Bunday murojaatlar odatda boshqa 
davlatlarda doimiy o`tkazib kelinadi. Lekin bugun ilk bor bunday amaliyot 
O`zbekistonda qo`llandi. O`zbekiston rahbari 4 soat davomida tik turgan holda, 
to`g’ridan-to`g’ri mamlakat Parlamenti, hukumati va xalqiga murojaat qildi. Bu 
Murojaat qaysi jihatlari bilan e’tiborga molik bo`ldi: 
Birinchidan, murakkab masalalarning echimiga tanqidiy mulohaza orqali 
yondashuv bo`ldi. 
Ikkinchidan, Parlament deputatlari va senatorlari oldiga yangi vazifalar 
belgilash va ularning faoliyati doirasini kengaytirish, jamiyatda bo`layotgan 
siyosiy-iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirishda yangi «yo`l xaritasi» 
belgilandi. 
Uchinchidan, haqiqiy demokratiyani eng quyi tuzilma – tumanlardan 
boshlab eng yuqori Respublika idoralarida o`rnatish va uning ajralmas mexanizmi 
– o`zaro cheklovlar va muvozanat tizimini nihoyat ishlatish zarurligi ta’kidlandi. 
To`rtinchidan, Prezident 13 yil mamlakat Bosh vaziri, 10 yil ikki viloyat 
hokimi sifatidagi kuzatuv va xulosalarini aniq, tartibli tizimga solib, davlat 
boshqaruvida muhim institusional o`zgarishlarga asos yaratib berdi. 
Beshinchidan, so`nggi yillarda o`z funksional vazifalarini bajarishdan ancha 
nariga chiqib ketgan huquqni muhofaza qilish organlariga Konstitusiyaviy 
normaga asoslanib ish yuritishga chaqirdi. Xususan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy 
xavfsizlik xizmati, Prokuratura, Davlat soliq qo`mitasi. Bu organlar faqat 
yuklatilgan vazifalari bilan shug’ullanishga chaqirildi. Tadbirkorlik faoliyatiga 
aralashuv, manfaatli «tekshir-tekshir»larni to`xtatmasalar, korrupsion holatlar 
davom etsa, shaxsan Prezidentning o`zi bu tashkilot mutasaddilariga jinoiy ish 
qo`zg’atishi ta’kidlab o`tildi. «Biz 37-yilni ko`rganmiz. U hali ham esimizda. Har 
xil «dedi-dedi»lar kishi taqdirini hal qilmasligi kerak. Bu odatni bas qilaylik», - 
deya ta’kidladi Prezident. 
Oltinchidan, mamlakat iqtisodiyoti va statistikasidan «rassomlar»ni 
chetlashtirish, real hayot bilan yashash lozimligiga alohida urg’u qaratdi SHavkat 
Mirziyoev. Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko`ra, O`zbekiston yalpi ichki 


596 
mahsulotning daromad qismi kishi boshiga hajmi bo`yicha 187 davlat o`rtasida 
134-o`rinni egallagan. Vaholanki, bunday holat O`zbekistonning boy salohiyati va 
resurslariga to`g’ri kelmaydi. 
Prezident bu sohada kadrlar keskin etishmasligini ta’kidlab, jurnalistika va 
ommaviy kommunikasiya vositalari sohasida alohida universitet tashkil etish 
taklifini ilgari surdilar. Undan tashqari, nodavlat ommaviy axborot vositalarga, 
xususan, veb-saytlar faoliyatini qo`llab-quvvatlaydigan Davlat jamg’armasini 
ta’sis etishni taklif qildi. 
Yana bir muhim yangilik – Davlat rahbari taraqqiyotda muhim innovasiya – 
hokimiyatni nomarkazlashtirish, ya’ni markaz vakolatlarining ko`p qismini 
viloyatlarga berishni taklif qildilar. Bu degani, ko`plab ruxsatnomalar
lisenziyalarni olish Toshkent bilan bog’liq bo`lmay, viloyatlarning o`zida amalga 
oshiriladi. Shuningdek, viloyatlar va tuman hokimlariga ko`proq erkinlik berish va 
ularga Prezidentning joylardagi vakili sifatida qarash lozimligini uqtirdilar. 
Prezident Shavkat Mirziyoevning nutqi esa O`zbekistonning ichki 
siyosatida, ijtimoiy-iqtisodiy muhitida muhim o`zgarishlar hamda yangi va ilg’or 
rivojlanish g’oyalarining eskilik sarqitiga qarshi tizimli kurashini boshlab berdi, 
desak mubolag’a bo`lmaydi. O`zbekiston lideri loqaydlik, beparvolik, poraxo`rlik, 
korrupsiya, soxtakorlik, vakolatni suiiste’mol qilishga qarshi kurashni e’lon qildi. 
Umuman olganda, Prezidentning Murojaati nafaqat ichki, balki yaqin va uzoqdagi 
qo`shnilar bilan hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan «yo`l xaritasi» ham 
bo`ldi, desak to`g’ri bo`ladi. 
Prezidentning virtual qabulxonasiga bir yilda bir yarim million murojaat 
kelib tushdi. Bu to`planib qolgan muammolar, masalalar bo`yicha jiddiy 
ko`rsatkich. Prezident taklifiga binoan yangi interaktiv innovasiya – «Mening 
fikrim» portali ish boshladi. Endi maishiy muammolarni aytishdan taklif berishga 
o`tildi. 
O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabr kuni 
Parlamentga qilgan murojaati nafaqat O`zbekiston xalqi, balki chet el davlat 
rahbarlari va fuqarolari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
“O`zbekiston 


597 
Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaati asosiy qismlari Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida 
“2030 yilgacha davr uchun barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini amaliy 
tadbiq etilishi bo`yicha O`zbekiston hukumati chora-tadbirlari to`g’risida” 
sarlavhasi ostida tarqatildi. Hujjat tashkilotning oltita rasmiy tiliga (arab, fransuz, 
ingliz, ispan, rus va xitoy) tarjima qilindi va BMTda akkreditasiya qilingan barcha 
diplomatik vakolatxonalar orasida tarqatildi, shuningdek, BMT Rasmiy hujjatlari 
tizimida joylashtirildi. 
Tayanch so`zlar: faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalar, 
«yo`l xaritasi», arzon uy-joy, diversifikasiya, korrupsiya, YOshlar ittifoqi, 
maktabgacha ta’lim, Xelena Freyzer, BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling