Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Agar xalq rozi bo`lsa, YAratgan ham albatta rozi bo`ladi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet405/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Agar xalq rozi bo`lsa, YAratgan ham albatta rozi bo`ladi. Vatan 
mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan davlatning yuksak unvonlari, orden va 
medallari bilan taqdirlanganlarga ana shu mukofotlar markazda va joylarda 
tantanali ravishda topshirildi.
“Bugun milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichiga qadam qo`yar ekanmiz, 
biz yutuqlarimiz bilan birga xato va kamchiliklarimizni ham chuqur tahlil qilib, 
ularni bartaraf etish haqida o`ylashimiz tabiiydir. Chunki bu ishlarni o`zimiz 
qilmasak, hech kim chetdan kelib muammolarimizni hal qilib bermaydi”, - dedi 
Shavkat Mirziyoev mustaqillikning 27 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanasida. 
Bu haqda so`z borganda, xalq bilan muloqotning mutlaqo yangi va samarali 
tizimi joriy qilinganini aytish o`rinlidir. Bugungi kunda xalq davlat idoralariga 
emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qila boshlagani uchun ham odamlarning 
fikri, dunyoqarashi o`zgarmoqda, el-yurti o`z kuchi va imkoniyatlariga, ertangi 
kunga ishonch bilan qaramoqda.
Shuning uchun bir haqiqatni ta’kidlab aytmoqchiman: xalq bilan bevosita 
muloqot olib borish, uning dardu tashvishlari bilan yashash, el-yurtimizni rozi 
qilish – bu vaqtinchalik kampaniya emas. Bu – xalqimizning farovon hayotini, 
yurtimiz ravnaqini ta’minlashga qaratilgan uzoq muddatli strategiyadir”, - dedi 
Shavkat Mirziyoev
 Bugungi tahlikali zamonda tinch-osoyishta, erkin va obod hayotni har 
tomonlama asrab-avaylash va mustahkamlash eng asosiy vazifa bo`lib qolmoqda. 
SHu maqsadda Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini oshirishga bundan buyon 
ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyo miqyosidagi keskin va beshafqat 
raqobatga bardosh berish uchun iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, jahon 


601 
bozoridan munosib o`rin egallash, mamlakatning eksport salohiyatini yanada 
oshirishga erishmoq zarur bo`ladi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling