Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


 yil 1 chorak yakunlari bo`yicha kompaniya faoliyatining


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet408/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2018 yil 1 chorak yakunlari bo`yicha kompaniya faoliyatining 
natijalari: 


607 
Kompaniyaning investision 2017 yil 1 choragi kursatkichlariga nisbatan 
2018 yil 1 chorak yakunlari bo`yicha 102,6 % o`sishga erishildi va bu 43 797,5 
mln. so`mni tashkil etdi. 
Tashqi siyosat sohasida O`zbekiston barcha uzoq va yaqin davlatlar, avvalo, 
qo`shni mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan do`stona va o`zaro manfaatli 
hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish siyosatini izchil davom ettiradi. 
O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro 
moliya institutlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda 
tuzilgan shartnoma va kelishuvlarni o`z vaqtida, to`liq va sifatli bajarish bo`yicha 
barcha zarur chora-tadbirlarni ko`rmoqda. Xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy 
davlatlarning elchilari O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga xayrixoh 
bo`lib, qo`llab-quvvatlamoqda. 
Tayanch so`zlar:
harakatlar strategiyasi, milliy yuksalish, makroiqtisodiy 
barqarorlik, tadbirkorlik faoliyati erkinligi, xususiy mulk daxlsizligi, fermerlik, 
tadbirkorlik, jamoatchilik nazorati, elektron hukumat, “Obod qishloq”, “Obod 
mahalla”. 


608 
XULOSA 
 
XX asr jahon tarixida alohida o`rin egallaydi. Bu davrda hayot turli 
yo`nalishlarda kechdi: 
Birinchidan, dunyoda fan-texnika rivojlanib, taraqqiyot yuqori bosqichga 
ko`tarildi. 
Ikkinchidan, dahshatli voqealar ro`y berib 100 millionlab kishining yostig’i 
quridi, misli ko`rilmagan vayrongarchilik va talofatlar ko`rildi. Avvalambor 
birinchi jahon urushi, sovet davlatining o`rnatilishi va ikkinchi jahon urushi 
insoniyat boshiga juda katta ofat va kulfatlar keltirdi. 
Uchinchidan, er yuzining turli mintaqalarida milliy ozodlik va mustaqillik 
harakatlari kuchayib, o`zga davlatlarga tobe bo`lib kelgan mamlakatlar birin-ketin 
ozodlikka erishdi. 
To`rtinchidan, SSSR deb atalgan imperiya emirilib, uning o`rnida bir qator 
yosh mustaqil davlatlar tashkil topdi. 
Mustaqillikka erishgan xalqlar o`z taqdirini o`zi hal etish, istiqbolini o`zi 
belgilash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan jamiyat qurish, o`z 
millatining buyuk davlatchilik tarixi asoslari bilan mustahkamlangan davlatga asos 
solish hamda uning ichki va tashqi siyosatini daxlsiz olib borish huquqiga ega 
bo`ldilar. 
Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimiz uchun azal-azaldan meros. SHu 
maqsad xalqimizga ajdodlar orqali ming yilliklar qa’ridan bizgacha etib kelmoqda. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, “O`zbek millati azaldan o`z fikr-zikri o`z 
istiqloli uchun kurashib yashagan, bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi 
haqiqat, yurtimizning fidoyi, o`z yo`lidan, maslagidan, so`zidan qaytmaydigan 
farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo`lgan tarix sahifalarini qunt bilan 
varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz” - deganlarida ana shu holatni 
nazarda tutadi. Xalqimizning uzoq tarixi u o`z o`tmishida ozodlik, istiqlol uchun 
tinimsiz kurash olib borganidan guvohlik beradi. 


609 
Turkiston o`zining 2 ming yillik tarixi davomida 800 yildan ortiq vaqtini 
mustamlakachilik zulmi ostida o`tkazgan. Xususan, Ahmoniylar-200 yil, Grek-
Makedoniyaliklar-180 yil, Arab xalifaligi salkam-200 yil, CHingizxon 
bosqinchilari-150 yil, CHor Rossiyasi va Sovet davlati-130 yil o`lkamizni o`z 
panjalarida ushlab turdilar. Bu g’oyatda dahshatli va fojiali davrlarda yuz minglab 
odamlar o`ldirildi va yo`q qilindi. Ko`p boyliklar talandi, shahar va qishloqlar 
xarobaga aylantirildi. Biroq, hech qanday qirg’inlar va vayronagarchiliklar 
qanchalik vahshiylarcha amalga oshirilmasin, o`zbek xalqini millat sifatida yo`q 
qila olmadi. Xalqimiz bosqinchilarga qarshi kurashni tinimsiz davom ettiraverdi. 
Xalqimizning ozodlik uchun kurashlari mag’lubiyatga uchrashiga ko`pincha 
taxtning merosxo`rligi va uning uchun olib borilgan o`zaro urushlar sabab bo`lgan. 
Taxt talashishlar juda og’ir oqibatlarga olib kelgan. Avvalambor, u mamlakatda 
parokandalik va tarqoqlikni, xavotirlik notinchlikni yuzaga keltirib, hokimiyat 
boshqaruviga katta zarba berdi. Qo`shin orasida tarafkashlik va o`zboshimchalik 
kuchayib, mamlakat mudofaasi juda zaiflashgan. Taxt uchun kurashlar qudratli 
temuriylar davlatini emirganligiga tarix guvoh. 
Mustamlaka davrida Turkiston xalqi chet el bosqinchilariga qarshi doimiy 
goh pinhona, goh oshkora ravishda kurashib kelgan. Milliy mustaqillik uchun 
kurash ayniqsa, Chor Rossiyasi o`lkamizni bosib olgandan keyin avj oldi. SHuni 
alohida qayd etish lozimki, Turkistonning Chor Rossiyasi tomonidan bosib 
olinishi, o`lkamiz tarixidagi eng qora, eng qonli sahifalardan biridir. XIX asrning 
o`rtalaridan o`lkamizga nisbatan Rossiya bosqinchilik harakatlarini boshladi. Uzoq 
jangu jadallardan so`ng 1852-1876 yillarda Qo`qon xonligi, 1865-1868 yillarda 
Buxoro amirligi, 1873 yilda esa Xiva xonligi ishg’ol qilindi. 
Xalqimiz 130 yil mobaynida cheksiz yovuzliklarni boshidan kechirdi. 
Bunday yovuzliklarga nisbatan xalq ommasining ozodlik milliy mustaqillik uchun 
kurashi kuchaya bordi. Chor Rossiyasi bos-qinchiligi davrida Turkiston xalqlari 
tomonidan mustamlakachilik zulmiga qarshi isyon, qurolli qo`zg’olon, qarshiliklar 
va boshqa shakllardagi 4600 dan ortiq xalq harakatlari bo`lib o`tdi. 


610 
Chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashda ayniqsa XX asr 
boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati katta o`rin tutadi. Jadidchilik 
harakati namoyondalari mustamlakachilik va milliy zulmga qarshi kurashda 
mollarini ham, jonlarini ham ayashmadi. Jadidlar o`lkamizni qoloqlik va zulmdan 
qutqarmoq uchun avvalo ma’rifiy madaniy ishlarni tomir orttirib, keyinchalik 
xalqni katta kurashga etaklamoqchi bo`ldilar. Jadidlarning faoliyati chor 
hukumatining nazorati va ta’qibi uchiga chiqib, ozodlik g’oyasi va kurashlari 
bo`g’ib tashlangan sharoitda kechdi. Shunga qaramay ular o`zining vatani ozodligi 
uchun mardonavor kurashdilar, bu yo`lda jonlarini ham ayashmadi. 
Mahalliy xalqlar bol’sheviklarning bergan va’dalariga ishonib ko`p 
marotaba aldandilar. Natijada ularning sho`rolar hukumatiga u yurgizayotgan 
siyosatga ishonchlari qolmadi. Mahalliy musulmon vakillari har qadamda 
bol’sheviklar tomonidan o`ziga nisbatan ishonchsizlikni, dushmanlikni ko`rdilar. 
Ular faqatgina kurash yo`li bilan o`z taqdirlarini o`zlari hal qilishlari mumkinligiga 
ishondilar va bu yo`lda qat’iy harakatlar boshlandi. Millatparvarlarning bu 
harakatiga qarshi 20-30 yillarda ommaviy qatag’onlar olib borilganligi hech kimga 
sir emas.
Umuman, 
20-30 
yillarda 
milliy 
mustaqillik 
uchun 
kurashgan 
millatparvarlarning 80 mingdan ortig’i siyosiy qatag’onga uchragan. 1939-53 yillar 
oralig’ida esa 61799 kishiga siyosiy ayb quyilib, tergov ishlari olib borilgan, 
ulardan 56112 kishi javobgarlikka tortilgan. Aybdor deb topilganlarning 7100 tasi 
o`limga hukm qilingan. Stalindan so`ng ommaviy qatag’onga barham berilgan 
bo`lsada, baribir demokratiya va oshkoralikka yo`l berilmadi. Mustamlakachilik va 
milliy zulm yana bir necha o`n yillarga cho`zildi va oxir oqibat ijtimoiy hayotning 
turli sohalarida inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. XX asrning 80-
yillariga kelib xalqning e’tiqodini yo`qotib bo`lmasligi ravshan bo`lib qoldi va 
milliylik asta-sekin yuzaga chiqa boshladi. SHuningdek, bu davrga kelib ijtimoiy 
hayotning turli sohalarida inqirozlar kuchayib ketgan edi. 
Sosializm tuzumi o`zining g’ayri tabiiyligi va samarasizligini namoyish 
etib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirdi. Odatdagidek kompartiya qatag’onlar 


611 
o`tkazish yo`li bilan chetdan “aybdorlar”ni topib va xalqni chalg’itib inqirozni 
xaspo`shlash va niqoblashga o`tdi. Qayta qurish davrida ham 1920-30 va 1939-53 
yillardagi terrorchilik siyosati qaytarildi, chunonchi, O`zbekistonda “paxta ishi” 
yoki “o`zbek ishi” nomidan qatag’on o`tkazildi. Bu davrda shuni hisobga olish 
kerakki, “o`zbek ishi” aslida niqoblangan siyosiy kurash bo`lib, maqsad 
mustamlakachilik va ulug’ millatchilik siyosatini yanada avjiga mindirish, xalqni 
og’ir ahvoldan chalg’itishdan iborat edi. Bu siyosiy nayranglarning iqtisodiy 
tomoni ham bor edi. Markazga O`zbekistondan daryo kabi oqib borayotgan turli 
tuman boyliklarni yanada ko`paytirish va ularning zarrachasini tub aholiga 
yuqtirmaslik ko`zlangan.
Bundan tashqari “o`zbek ishi” vositasida mamlakatda O`zbekistonni 
ishonchni yo`qotgan xavfli zona sifatida gavdalantirib, Rossiyadan kadrlarni - o`z 
odamlarini keltirishni va respublika hokimiyat tarmoqlarini tamomila egallashni 
maqsad qilib qo`ydi. Ayni paytda bir jomadon bilan keladigan “ustoz”larning katta 
boylik to`plashlari uchun sharoit yaratish nazarda tutiladi. Bu respublika 
boyliklarini navbatdagi o`zlashtirishning bir turi edi. Umr bo`yi dahshatli fojialarga 
to`ymagan markaz 1984 yil 6-iyundan 1988 yil 6-iyunga qadar Gdlyan va 
Ivanovlar boshchiligida tergov ishlarini o`tkazdi. “O`zbek ishi” bo`yicha 58 ming 
kishi har xil uydirma, bo`htonlar bilan ishdan olib tashlandi. Ulardan ko`pchiligi 
rahbar kadrlar edi. SHuningdek, 4,5 ming kishi qamoqqa tashlandi, xo`rlandi, mol-
mulki talandi. Gdlyanchilar hech narsadan tap tortmay ish olib bordilar. Ular 
qonunga bo`ysunmaganlar, aksincha qonun ularga bo`ysundirilgan. Ruhiy ta’sir 
o`tkazish maqsadida mahbuslar uzoq muddat va hech narsadan xabarsiz holda 
saqlangan, hatto oylab so`roq qilinmagan. Ba’zilarni o`lim jazosini beramiz, - deb 
qo`rqitib, zo`ravonlik bilan tergov qilinayotgan boshqa yurtdoshlariga qalbaki 
guvohlik berishga ko`ndirganlar.
Umuman, 80-yillarga kelib kommunistik mafkuraning kelajagi yo`qligi, 
uzoqqa bora olmasligi aniq bo`lib qoldi. Kommunistik partiya istasa-istamasa 
mavjud mafkura va g’oyalarning qisman o`zgartirishi, shu uslubning yangi 
shakllarini izlab topishi kerak edi. Ana shu harakatlarning mahsuli sifatida M. V. 


612 
Gorbachyovning “qayta qurish” siyosati dunyoga keldi. Ammo u ijobiy natijalar 
bermadi. Xullas, 90 yillarning boshiga kelib markaz va ittifoqdosh respub-likalar 
o`rtasidagi munosabatlar keskinlashib markaziy hokimiyatning obro`yi pasayib 
ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo`jalik hayoti boshqarilmay qoldi. Oqibatda 
turmushning barcha sohalaridagi salbiy ahvoldan xalqning kun sayin noroziligi 
ortib turmush darajasi yomonlasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi 
izdan chiqdi. Bu hol tabiiy ravishda xalqlarning ko`zini ochdi, endilikda ular 
eskicha 
buyruqbozlik 
usulini 
qabul 
qila 
olmay 
qoldi.
Qisqa qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenitetini va inson 
huquqlarini poymol qilgan ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz 
ekanligini hayotning o`zi ko`rsata boshladi.
Bu yo`lda “qayta qurish” siyosati ham, Ittifoq SHartnomasini tuzishga 
bo`lgan harakatlar ham hech qanday ijobiy natija bermadi. Va nihoyat markaziy 
hokimiyatni saqlab qolish va respublikalarga mustaqillik berishga jon jahdi bilan 
qarshilik qiluvchi kishilar tomonidan 1991 yil 18 avgust kuni SSSR Vise 
prezidenti G.I. Yanaev boshchiligida favqulodda holat davlat qo`mitasi (GKCHP) 
tuzildiki, bu vaziyatni yanada chigallashtirdi. Fitna o`z vaqtida bostirilgan 
bo`lsada, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat taranglashdi. Markaz hokimiyati 
falaj bo`lib qoldi. Shu tariqa KPSS halokatga uchradi. Respublikalar birin-ketin 
SSSR tarkibidan chiqib ketib, o`z mustaqilliklarini e’lon qildilar. Hamma 
respublikalar qatori O`zbekiston ham 1991 yil 31 avgust kuni o`z mustaqilligini 
e’lon qildi. Mustaqillikka erishgan davlatlar o`z istiqlol va taraqqiyot yo`llarini 
belgilab olishga kirishdilar. 
O`zbekiston mustaqillik yillarida milliy tiklanish va milliy taraqqiyot yo`lida 
ulkan yutuqlarga erishdi. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar Strategiyasida 
xalqchil islohotlarning yo`nalishlari belgilab berildi. Milliy tiklanishdan milliy 
yuksalish sari ulkan vazifalarni amalga oshirishga kirishildi.
2018 yil 28 dekabr’ kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoevning 2019 yilda mamlakatini rivojlantirishning eng muhim ustuvor 


613 
vazifalari to`g’risidagi Parlamentga Murojaatnomasida shunday deyiladi: 
“Oldimizga qo`ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat 
manbai bo`ladigan milliy g’oyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy 
o`zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o`rganish, bu borada 
ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har 
tomonlama qo`llab-quvvatlashimiz lozim. O`tmishga berilgan baho albatta 
xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo`lishi zarur. Buyuk 
alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, engilmas sarkarda va 
arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g’urur va 
iftixor tuyg’ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak”. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling