Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet407/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari. 
mln.AQSH dollarida 
Ko`rsatkichl
ar  
01.
01.2017  
01.
01.2018  
01.
04.2018  
01.
07.2018  
01.
08.2018
I. YAlpi 
oltin-valyuta 
zaxiralari
26 
428,8
28 
076,9
28 
494,0
27 
660,5
27 
389,9
 1. Xorijiy 
valyutadagi 
aktivlar
14 
172,3
14 
042,8
14 
517,2
13 
818,3
13 
597,6
2. 
Monetar oltin
12 
256,6
14 
034,1
13 
976,8
13 
842,2
13 
792,3
II. Sof oltin-
valyuta zaxiralari
25 
188,3
26 
567,5
27 
086,7
26 
648,9
26 
365,1
 
1
«Gаzеtа.uz», 16 yanvаr 2018 yil.


603 
O`zbekistonda naqd pul hajmi ortmoqda. Banklarga naqd pul tushumi 
oshdi. Jumladan, 2017 yilning birinchi yarmida bank kassalari orqali naqd pul 
aylanmasi bir oyda o`rtacha 4,8 trln. so`mni tashkil etib, 900 mlrd. so`m 
miqdordagi naqd pul emissiya qilingan bo`lsa, yilning ikkinchi yarmida bu 
ko`rsatkich qariyb 2 barobarga ortib, 9,4 trln. so`mga etdi, jumladan 2017 yilning 
dekabrida 2,3 barobarga ko`tarilib, 11 trln. so`mgacha etdi. Bunda naqd puldagi 
daromad va xarajatlar o`rtasidagi muvozanat ta’minlangan. 
Pul-kredit sohasidagi islohotlar ham tijoriy banklar faoliyatiga ijobiy ta’sir 
ko`rsatdi. Jumladan, bank aktivlari va kredit qo`yilmalari hajmi 2 barobarga oshib, 
mos ravishda 166,6 trln. so`m va 110,6 trln. so`mni tashkil etdi. 2017 yil yakunlari 
bo`yicha tijoriy banklarda jami depozitlar hajmi 58,7 trln. so`mga etib, 2016 yil 
bilan taqqoslanganda 61 foizga ko`paydi. 
2018 yilning yanvar’-iyun’ oylarida muomaladagi naqd pullar miqdori, pul 
aylanmasi tarkibidagi o`zgarishlar hamda mavsumiy omillar ta’sirida shakllanib 
bordi. 2018 yilning I choragida muomaladagi naqd pullar hajmi 1,2 trln. so`mga 
qisqargan bo`lsa, II choragida 3,4 trln. so`mgacha ortishi kuzatildi. Natijada, 2018 
yilning I yarim yilligida naqd pul massasi 2,2 trln. so`mga oshdi. 
Naqd pulga bo`lgan talabning o`zgarishi asosan mavsumiy omillar bilan 
izohlanadi. Bunda mamlakatga xalqaro pul o`tkazmalari hajmlarining asosan 
yilning ikkinchi va uchinchi choraklarida boshqa choraklarga nisbatan ko`proq 
bo`lishi va natijada, aholi tomonidan tijorat banklariga xorijiy valyutani sotish 
hajmlarining oshishi mos ravishda naqd pulga bo`lgan talabning ortishiga olib 
kelmoqda. 
Xususan, agar 2018 yilning I choragida mamlakatimizga xalqaro pul 
o`tkazmalari orqali 950 mln. dollar miqdoridagi valyuta mablag’lari kirib kelgan 
bo`lsa, II chorakda ushbu ko`rsatkich 1,4 barobarga oshib 1 335 mln. dollarni 
tashkil etdi. O`z navbatida, tijorat banklari tomonidan I chorakda aholidan 420 
mln. dollar miqdoridagi (3,4 trln. so`m) xorijiy valyuta sotib olingan bo`lsa, II 
chorakda ushbu ko`rsatkich 2 barobarga oshib 868 mln. dollarni (6,9 trln. so`m) 
tashkil etdi.


604 
Mazkur holat naqd pulga bo`lgan 3,5 trln. so`mlik qo`shimcha talabni 
yuzaga keltirdi. Shu bilan birga, aholi tomonidan chet el valyutasini milliy 
valyutaga ayirboshlashga bo`lgan talabning oshishi milliy valyuta kursining joriy 
yil boshidan mustahkamlanib borishi bilan ham izohlanishi mumkin. SHuningdek, 
aholining naqd pulga bo`lgan talabini to`liq qondirish maqsadida bankomatlar va 
terminallar tarmog’i kengaytirilishi hisobiga plastik kartalardan naqd pullar echib 
olish hajmlari oshdi. 
Xususan, 2018 yilning II choragida aholi tomonidan plastik kartadagi 
mablag’lar hisobidan naqd pul echib olish hajmi I chorakdagi ko`rsatkichdan 1,4 
barobarga ortib, 2,2 trln. so`mni tashkil qildi. Bu esa, aholi tomonidan savdo va 
pullik xizmatlar uchun to`lovlarda naqd pullardan foydalanish darajasini oshishiga 
olib keldi. 
2018 yilning yanvar’-iyun’ oylarida naqd pullarning bank kassalari orqali 
o`rtacha oylik aylanmasi hajmi 11,7 trln. so`mni tashkil etib, 2017 yilning mos 
davriga nisbatan (4,7 trln. so`m) 2,5 barobarga oshishi kuzatildi. 
Umuman olganda, bank plastik kartalaridan naqd pulni echib olish 
hajmlarining oshib borishi hamda savdo va xizmat ko`rsatishdan tushgan 
tushumlar tarkibida naqd pullar ulushining ko`payishi aholi uchun naqd pullarning 
qulay to`lov vositasi bo`lib qolayotganligidan dalolat beradi. Jismoniy shaxslar 
plastik kartalaridagi mablag’lari qoldig’i 2018 yilning yanvar’ oyidagi 1,6 trln. 
so`mdan 16 foizga oshib iyun’ oyida 1,8 trln. so`mni tashkil etdi. 
Bu o`z navbatida, aholi tomonidan plastik kartochkalardagi mablag’larni 
istalgan paytda bank xizmatlaridan foydalangan holda naqd shaklda hech qanday 
to`siqlarsiz echib olishga bo`lgan ishonchining ortib borayotganligini va plastik 
karta 
hisobvaraqlarida 
bo`sh 
pul 
mablag’larini saqlashga qiziqishning 
ortayotganligi bilan izohlanishi mumkin. 
Shu bilan birgalikda, pul-kredit sohasidagi amalga oshirilayotgan tarkibiy 
o`zgarishlar ta’sirida bank kassalari orqali naqd pullar aylanmasi hajmining ortib 
borishi kuzatilmoqda. 


605 
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining naqd puldagi hisob-kitoblarini amalga 
oshirishlarida qulayliklar yaratish maqsadida yirik naqd pullarni muomalaga 
chiqarish asosan yirik nominaldagi banknotlar orqali amalga oshirilib, kichik 
nominaldagi banknotlar esa muomaladan bosqichma-bosqich bilan qaytarib 
olinmoqda. Jumladan, ushbu davrda muomalaga chiqarilgan naqd pullar (banklar 
kassalaridagi naqd pullarni hisobga olgan holda) hajmi 2,7 trln. so`mga yoki 13,5 
foizga oshgan bo`lsa, muomaladagi banknotlar soni 568 mln. donaga yoki 7,5 
foizga kamaydi. 
2018 yilning I yarmida muomalada 1000 so`mlik va undan kichik 
qiymatdagi banknotlar miqdori 582 mlrd. so`mga kamaygan bo`lsa, 5000 so`mlik, 
10 000 so`mlik, 50 000 so`mlik banknotlar miqdori 3,3 trln. so`mga oshdi. Ushbu 
davrda, muomalaga chiqarilgan banknotlar jami sonida 500 so`mgacha bo`lgan 
banknotlar ulushi 3,7 foiz bandga va 1000 so`mlik banknotlar 1,0 foiz bandga 
kamaygan bo`lsa, 5000 so`mlik banknotlar – 2,6 foiz bandga, 10 000 so`mlik – 1,4 
foiz bandga va 50 000 so`mlik – 0,7 foiz bandga oshdi. 
Naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda aholi uchun qulayliklar 
yaratish maqsadida, Markaziy bank kelgusida ham iqtisodiyotning naqd pulga 
bo`lgan talabini to`liq ta’minlagan holda, banknotlar nominal qatorini 
maqbullashtirish va yirik nominaldagi banknotlarni muomalaga chiqarish borasida 
tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib boradi. 
O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi (O`zRTXB) AJ da 2018 
yilning I choragida 5,87 trln so`mlik bitimlar tuzilib, o`tgan yilning mos davri 
bilan solishtirganda 78% ga o`sdi. Shu jumladan, birja savdo bitimlarining hajmi 
ikki marotabaga, ya’ni 5,5 trln so`mgacha ko`tarildi. 
Sug’urta kompaniyasi tomonidan o`tgan hisobot davrida 10,6 mlrd. so`mdan 
ortiq sug’urta qoplamalari to`landi. O`tgan yilga nisbatan o`sish 139,5% dan oshdi. 
To`lovlarning asosiy qismi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish hamda ixtiyoriy tibbiy sug’urta turlariga to`g’ri keldi. Kompaniya 
tomonidan o`tgan hisobot davrida 10,6 mlrd. so`mdan ortiq sug’urta qoplamalari 


606 
to`landi. O`tgan yilga nisbatan o`sish 139,5% dan oshdi. To`lovlarning asosiy 
qismi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish, transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish hamda 
ixtiyoriy tibbiy sug’urta turlariga to`g’ri keldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling