Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`rta Osiyo
Temir davriga o`tishda O`rta Osiyoning rivojlanishi. Temirdan buyum
yasash sermashaqqat bo`lgan, chunki temir misdan ko`ra ancha yuqori haroratda (1500 0 S) eriydi, ammo temir mis va bronzaga nisbatan qattiqroq edi. Temirdan birinchi bo`lib mil. av. XIV-XIII asrlarda Kichik Osiyodagi xetlar, so`ng Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti xalqlari foydalana boshlagan. Temir buyumlarning tarqalishi sekinlik bilan borgan. Sof temir kamyob metall bo`lgani uchun undan dastlab zeb-ziynat buyumlari yasalgan. Temirdan yasalgan buyumlar Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo`rg’onidan topilgan. Mehnat qurollari temirdan yasalishi eng avvalo, dehqonchilik rivojiga ta’sir qildi. Temir omoch va boltalar paydo bo`ldi. Bu mehnat qurollari katta maydonlarda dehqonchilikning rivojlantirishga imkon yaratib berdi. O`rta Osiyodan ham mil. avv. IX-VIII asrlarda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari topilgan. Temir qurollar keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi va ishlab chiqarishning yanada rivojlanishiga zamin yaratdi. Qabila-urug’ oqsoqollarining ta’siri tobora kuchaya borgan. Doimiy harbiy to`qnashuvlar sharoitida qabilalar ittifoqlari paydo bo`ldi. Bu ittifoqlarga harbiy sardorlardan saylangan kishilar rahbarlik qilgan. Jamiyat harbiy demokratiya 33 tamoyillari asosida yashay boshladi. Harbiy demokratiya - ilk davlatchilikka o`tish davrida qabilalar ittifoqlariga saylab qo`yilgan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli. O`rta Osiyo aholisi temir asri boshlarida 4 guruhga bo`lindi: kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar. O`rta Osiyoda jamiyati asosini tashkil etgan «nmana» - katta patriarxal oilasi haqida «Avesto»dan bilamiz. Bir nechta “nmana”lar urug’ jamoasi -»vis»ni tashkil etgan. Hududiy qo`shnichilik jamoasi “varzana” deb nomlangan. Bunday jamoalar qabila - “zantu”ga birlashgan. O`z hududini himoya qilish uchun bir qancha qabilalar ittifoqqa - «dax’yu»ga uyushgan. O`rta OsiyodaTemir asriga o`tish davrida jamiyatning tuzilishi shunday bo`lgan. Ijtimoiy tizim taraqqiyoti: ibtidoiy to`da - urug’ - qabila - qabilalar ittifoqi shaklida bo`lgan. Tayanch so`zlar: Odam evolyusiyasi: pitekantrop, sinantrop, neandertal, kromanyon. Paleolit: Teshiktosh, Selungur, Kapova g’ori. Ilk paleolit: chopper, o`zlashtiruvchi xo`jalik. O`rta paleolit: neandertal, totemizm, animizm, fetishizm. So`nggi paleolit: kromanyon, sun’iy olov; urug’ jamoa, matriarxat, patriarxat. Mezolit: o`q-yoy. Neolit: ishlab chiqaruvchi xo`jalik; mikrolit. Eneolit: mis qurollar; sug’orma dehqonchilik (sun’iy sug’orish); ko`p xonali uylar. Bronza: Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqo`ton. Temir asri. Avesto, Gerodot, Strabon, Kvint Kursiy Ruf, Arrian . Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling