Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
 



KIRISH 
Vatan tarixini chuqur o`rganish, tadqiq etish, uning boy va sermazmun 
sahifalariga bugungi kun nuqtai nazaridan atroflicha, xolisona baho berish davr 
talabidir. Chunki tarixni o`rganmay, barkamol avlodni shakllantirib bo`lmaydi. 
Vatan tushunchasi tarixiy xotira, tarixiy ong zamirida shakllanadi. Vatan 
tuyg’usining takomili o`rta va oliy ta’lim muassasalaridagi gumanitar ta’lim, eng 
avvalo, Vatan tarixini o`rganish orqali mustahkamlanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev: “Buyuk tarixda hech 
narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy 
ishlarida namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni 
asrab-avaylash, o`rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz 
siyosatining eng muhim ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Buyuk ajdodlarimiz 
bo`lgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini, ularning butunjahon 
sivilizasiyasi rivojiga qo`shgan bebaho hissasini chuqur o`rganish, teran anglash va 
keng ommalashtirish alohida ahamiyatga ega”
1
, – deb ta’kidlaydi.
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Vatan 
tarixining barkamol insonni shakllantirishdagi o`rniga yuksak baho berib: “Tarixga 
murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. 
Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi 
ham bo`lmaydi”
2
, – degan edi. 
Islom Karimov asarlarida O`zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy 
o`rganish, o`zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi boy an’analarni tadqiq etish 
masalasi dolzarb muammo tarzida ta’kidlanadi
3
. 2012 yil 27 yanvarda 
“O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida 
O`zbekistonning eng yangi tarixi bo`yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish 
to`g’risida” qaror qabul qilindi
4
.
1
Mirziyoеv Sh.M. Tinchlik, mа’rifаt vа bunyodkоrlik yo`lidа hаmkоrlik. / ”Хаlq so`zi”, 2016 yil 19 оktyabr. 
2
Kаrimоv I.А. O`zbеkistоnning o`z istiqlоl vа tаrаqqiyot yo`li. – T., 1992, – B. 71. 
3
Kаrimоv I.А. O`zbеkistоn mustаqillikkа erishish оstоnаsidа. – T., 2011.– B. 165-166. 
4
O`zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to`plаmi. – 2012. – 5-sоn. 



O`zbekiston tarixi dolg’ali va sharafli voqea-hodisalar hamda jarayonlarga 
boy kechgan. Mamlakatimizni g’oyat murakkab va mashaqqatli sinovlariga dosh 
berib, bugungi istiqlolga erishuvida yuz minglab Vatandoshlarimizning ulkan 
hissasi borligini e’tirof etmoq joizdir. Qolaversa, eng qadimgi davrlardan boshlab 
jahon sivilizasiyasi o`choqlaridan biri hisoblangan yurtimizda mahalliy xalqlarga 
xos noyob tarixiy-madaniy jarayonlar bo`lib o`tgan. O`lkamiz hududlari dunyo 
tamadduni tarixiy taraqqiyotida o`chmas iz qoldirgan olimu fuzalolar, davlat 
arboblari, buyuk sarkardalar bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Chunki 
O`zbekiston tarixi kelajagimiz bunyodkorlari bo`lgan yosh avlodni tarbiyalashda, 
ularga Vatan tuyg’usini yanada teranroq anglashda, milliy g’urur va iftixor, 
vatanparvarlik tuyg’ularini singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi 
prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, “o`z tarixini bilmaydigan, kechagi 
kunini unutgan millatning kelajagi yo`q”
1

Ushbu o`quv qo`llanmasi Vatanimiz tarixining qadimgi davridan boshlab, 
hozirgi kunigacha bo`lgan ulkan davrni o`z ichiga oladi. Mavzularni yoritish 
jarayonida muammolarning tub mohiyati, tarixiy-madaniy jarayonlarning asoslari, 
omillari va rivojlanishi, sabablari, oqibatlari va natijalari sharhiga e’tibor beriladi. 
SHuningdek, mualliflar Vatanimiz hududida bo`lib o`tgan tarixiy-madaniy, 
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar haqida xolisona xulosalar chiqarishga 
intilganlar. 
Mualliflar tarixiy manbalar, ilmiy tadqiqotlar va tariximizga oid 
adabiyotlarni o`rganish asosida, boy va sermazmun tariximizni sodda va tushunarli 
tarzda etkazishga harakat qildilar. Albatta, ushbu qo`llanmada bayon qilingan 
tarixiy davrlar, voqealar, bosqichlar hamda sanalar hozirgi mustaqillik davri nuqtai 
nazaridan ko`rib chiqilgan va xolis baho berilgan. Biroq ularni yoritishda 
o`quvchi-kitobxonlarda muayyan takliflar, fikr-mulohazalar tug’ilishi mumkin. 
Kitobni yanada mukammallashtirish, to`ldirish hamda takomillashtirish yuzasidan 
fikrlar va takliflar bo`lsa, albatta inobatga olamiz. 
1
Kаrimоv I. А. Yuksаk mа’nаviyat – еngilmаs kuch. – T., 2008. – B.4.



O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 14 
yanvar kuni
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: 
“Kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishda gap, eng avvalo, 
yoshlar va aholi o`rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror 
madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti 
yutuqlarini etkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda. 
Bu borada zamonaviy komp’yuter texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi 
bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. Ana shu vazifani hal 
etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida 
idoralar o`rtasidagi o`zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy to`siq bo`lmoqda”, - deb 
ta’kidlagan edi.
Prеzidеntimiz qo`ygаn vаzifаlаrni eъtibоrgа оlgаn hоldа hаmdа 
mаmlаkаtimizning bоy tаriхini, uning bеtаkrоr mаdаniyati vа milliy qаdriyatlаrini 
аvvаlо o`rgаnish, tаdqiq qilish, shuningdek kеng tаrg’ib qilish mаqsаdidа mаzkur 
o`quv qo`llаnmа tаyyorlаndi. Ushbu o`quv qo`llаnmаdа O`zbеkistоn tаriхi 
fаnining nаzаriy-mеtоlоgik muаmmоlаri, хаlqimizning eng qаdimgi zаmоnlаrdаn 
hоzirgi kungаchа bоsib o`tgаn tаriхiy yo`li, o`zbеk dаvlаtchiligi vа mаdаniyati 
rivоji, o`zbеklаr хаlqining shаkllаnish jаrаyoni, mustаqillik vа оzоdlik uchun 
mаrdоnаvоr kurаshi, o`z mustаqilligini qo`lgа kiritishi hаmdа mustаqillik 
yillаridаgi ulkаn yutuqlаri yoritilgаn. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling