Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


  O`zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 



O`zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari. 
1-§. O`zbekiston tarixi fanining predmeti va vazifalari 
Har qanday fanning tadqiqot maydoni, o`rganish manbai bo`ladi. Shu 
jumladan tarix fanining ham. Tarix faning predmetini belgilash tarixiy bilim 
nazariyasidagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Uning echimini 
to`g’ri, ilmiy asoslangan, nazariy va amaliy jihatdan asosli qilib yaratish fan 
taraqqiyotini belgilaydi. Bu esa tarixiy bilim tabiatini, uning o`ziga xosligini 
belgilashdan iborat. Ana shu ilmiy mezon va me’yor tarixiy ma’lumotga erishish 
yullari va vositalarini aniq belgilashni taqozo etadi. Tarix tushunchasi haqida 30 ga 
yaqin yondoshuv va tadqiq etish usullari mavjud. 
O`zbekiston tarixini o`rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb 
etmoqda. Chunki huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
vazifasini faqat o`z Vatani tarixini yaxshi bilgan, qalbida unga xizmat qilishni 
muqaddas burch ekanligini his qilgan, ijtimoiy faol fuqarolarni tarbiyalash orqali 
hal etish mumkin. Shuning uchun ham, O`zbekistonning Вirinchi Prezidenti Islom 
Karimov tashabbusi bilan Vatanimiz tarixi va madaniyatini ta’lim-tarbiya 
tizimining barcha muassasalarida o`rganish muhim siyosiy vazifa sifatida belgi-
langan edi
1
.
“Tarix” so`zining lug’aviy ma’nosi, aslida, arabcha bo`lib, o`zbek tilida “vo-
qealar, o`tmish haqida hikoya qilish” ma’nosini anglatadi. O`zbekiston tarixi jahon 
tarixining tarkibiy qismi bo`lib, o`z predmeti va vazifalariga ega. O`zbekiston 
tarixi fanining predmeti eng qadimgi zamonlardan bugungi kungacha xalqimiz 
hayotida kechayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy 
jarayonlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozga uchrashi qonuniyatlarini 
o`rganishdan iborat. Boshqacha aytganda, O`zbekiston tarixi ajdodlarimiz hayoti 
1
Kаrimоv I.А. Vаtаn sаjdаgоh kаbi muqаddаsdir. T.3. – T., 1996. – B. 38. 



bilan bog’liq voqealar rivojining mantig’i, sabab va oqibatlarini, asrlar davomida 
to`plangan tajriba hamda saboqlarni o`rganadi. 
O`zbekiston tarixini o`rganish zarurati quyidagilardan kelib chiqadi: 
Birinchidan, bugungi kunda O`zbekiston hududida istiqomat qilayotgan 
xalqlarning tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Tarixiy manbalar, xalq og’zaki 
ijodi namunalari yurtimiz jahon tamadduni beshiklaridan biri bo`lganini ko`rsatadi. 
Bu qadimiy va tabarruk zamindan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu 
ulamolar, siyosatchi va sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlar yara-
tilgan va sayqal topgan. Miloddan avvalgi va undan keyingi davrlarda bunyod 
etilgan inshootlar, osori-atiqalar, bu zaminda dehqonchilik, hunarmandchilik 
madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati rivoj topganidan dalolat beradi. 
Mustaqillik sharofati bilan ajdodlarimizning ilmiy, axloqiy va diniy 
bilimlari, asrlar davomida turli sohalarda to`plagan boy tajribasi, qarashlari, milliy 
qadriyatlarini to`liq o`rganish, ularni O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlash
demokratik huquqiy davlat qurish, mamlakatimizni buyuk davlatlar qatoriga 
ko`tarish, xalq farovonligini yuksaltirishdek olijanob maqsadga xizmat qildirish 
muqaddas burchimizdir.
Ikkinchidan, O`zbekiston tarixini fan sifatida o`qitib, ijtimoiy jarayonlarni 
chuqur tahlil qilish orqali rivojlanish qonuniyatlari, sabab va oqibatlarini aniqlash 
va tushuntirib berish bilan yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, 
intellektual qobiliyatini yuksaltirish maqsadlariga erishiladi. Tarixiy jarayonlarning 
tasodifiy, o`zaro bog’lanmagan emas, aksincha, muayyan rivojlanish qonuniyatiga, 
mantig’iga ega hodisalar ekanligini tushunib etgan ongli inson aldanmaydi. Zero, u 
har bir narsani aql va mantiq tarozisiga solib ko`radi va to`g’ri xulosa chiqara 
oladi.
Uchinchidan, O`zbekiston tarixi millatimizning o`zligini anglashiga salmoqli 
hissa qo`shadi. Aynan O`zbekiston tarixini o`rganish jarayonida xalqimizning 
o`zligini anglashga bo`lgan ehtiyoji to`laroq ta’minlanadi. Prezident Islom 
Karimov ta’kidlagan ediki: “YUrtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga 
olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug’ g’oya kerak. Bu g’oyaning zamirida 



xalqimizning o`zligini anglash yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa 
o`zlikni anglash mumkin emas”
1

To`rtinchidan, mustaqil davlatimizning kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotida 
o`zini oqlagan insonparvar demokratik rivojlanish yo`lini tanlashi, turli siyosiy 
partiyalar, harakatlar va birlashmalar faoliyatida ishtirok etayotgan fuqarolarning 
davlatimizning barqaror rivojlanishi uchun siyosiy ongi va madaniyati yuksak 
darajada bo`lishi talab etiladi. O`zbekiston tarixi fani jahondagi ilg’or demokratik 
kuchlarning, davlatlarning tajribalarini umumlashtirish asosida fuqarolarning 
siyosiy madaniyatni shakllantirish orqali, ularni boshqarish ishlarida ishtirok 
etishida xatoga yo`l qo`ymaslik uchun yo`l-yo`riqlarini ko`rsatib berish kabi bir 
qator siyosiy-amaliy vazifalarni ham bajaradi. 
Beshinchidan, tarix ijtimoiy fan sifatida barkamol avlodni tarbiyalashda 
dolzarb ahamiyatga ega. Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Tarix millatning haqiqiy 
tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari 
tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy 
tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda”
2

Tarixni ilmiy tahlil qilish, uni idrok etish, yuz bergan jarayonlar orqali 
muayyan davrni baholash, har bir davr kishilari munosabatini o`rganish va uni 
idrok etish tarix nazariyasi tushunchasining mazmunini belgilaydi. Tarixni idrok 
etish va o`rganish jarayonida tarix nazariyasining yirik oqimlari vujudga keldi.
Tarix nazariyasini teologik (ilohiyat) nuqtai nazaridan idrok etish, o`tmishni 
Alloh idorasi orqali tushunish va anglash hisoblanadi. Metofizik tarix nazariyasi 
hech qanday chegaralarsiz turli shakllarga kiradigan tushunchalar tizimidir. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling