Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. O`zbekiston tarixini o`rganishning talabalar


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

4-§. O`zbekiston tarixini o`rganishning talabalar
faoliyatidagi o`rni 
Ma’lumki, tarix fanini o`rganish masalasi respublikamizda davlat siyosati 
darajasiga ko`tarildi. Chunki tarix insonning o`zligini anglashi, o`zida yuksak 
ma’naviyatni shakllantirishida muhim o`rin tutadi. Birinchi Prezident Islom 
Karimov ta’biri bilan aytganda, “tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”. O`zbekiston 
tarixini chuqur o`rganish jarayonida quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega 
bo`linadi: 
- yurtimiz zaminida etishib chiqqan buyuk allomalar, davlat arboblari, 
sarkardalarning 
mamlakatni 
adolatli 
boshqarish, 
jamiyatda 
tinchlik 
va 
osoyishtalikni saqlash, insonlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish borasidagi 
ulkan va qimmatli ilmiy va adabiy merosini o`z ongiga singdirish va undan 
mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, yurt farovonligini oshirish, fuqarolarning 


22 
huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda foydalanish 
talabalarning muqaddas burchidir; 
- tarixni o`rganish jarayonida jamiyatda amalga oshirilayotgan xayrli 
tadbirlar tufayli yurtda tinchlik va farovonlik ta’minlanishi, aksincha, har qanday 
chuqur o`ylanmay ko`rilgan choralar mamlakatning siyosiy, iqtisodiy beqarorligi 
va tanazzuliga sabab bo`lishini anglaydilar; 
- tarixiy bilimlarni o`zlashtirish jarayonida ular ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni 
tahlil qilish va mustaqil xulosalar chiqarishni o`rganadilar, ularga asoslangan holda 
voqea-hodisalar oqibatini va kelajakni bashorat qilish ko`nikmasiga ega bo`ladilar. 
Bu pirovardida, talabalar va irrigasiya xodimlarining tarixiy tafakkurini 
shakllantirishda muhim omil bo`ladi. Tarixiy tafakkur, o`z navbatida, o`zlikni 
anglashning muhim vositasidir; 
- tarix xalqlarning ozodlik, Vatan mustaqilligi uchun olib borgan keskin 
kurashlari jarayonida yuzaga kelgan. Ajdodlarimiz Vatan ozodligi yo`lida jonlarini 
fido qilganlar. Ushbu misollar orqali talabalar faqat mustaqil yurtda inson 
huquqlari va erkinliklari himoya qilinishiga, ular taraqqiyot, farovonlik, adolat 
qaror topgan sharoitda yuzaga chiqishiga ishonch hosil qiladilar. Bu esa pirovar-
dida vatanparvarlik, insonparvarlik, adolatparvarlik kabi tuyg’ularni shakllantiradi; 
- kishilik jamiyatining kelajagini nafaqat yuksak iqtisodiy taraqqiyot, ilg’or 
texnologiyalar, balki yuksak ma’naviyat ham belgilab berishi tarixiy haqiqatdir. 
Birinchi prezident Islom Karimov bu borada shunday fikr bildirgan edi: “...Insonga 
xos orzu-intilishlarni ro`yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur 
bo`lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki 
qanotiga qiyoslasak, o`ylaymanki o`rinli bo`ladi”
1
;
- tarix yurtda osoyishtalik, jamiyatda barqarorlikni ta’minlash, aholining 
qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni 
amalga oshirish jarayonidir. Ushbu tarixiy tajribani o`zlashtirish, jamiyatda ishlab 
chiqarish va boshqaruv o`rtasidagi muvofiqlikni bilish talabalarning bugungi 
amaliy faoliyati uchun ahamiyatlidir. 
1
Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat – еngilmаs kuch. – T., 2008. – B. 67. 


23 
Darhaqiqat, talabalarning O`zbekiston tarixi fanini bilishi nafaqat ularning 
ilmiy dunyoqarashi va tarixiy tafakkurini boyitadi, balki ularning amaliy faoliyati 
uchun ham zarurdir. Prezident Sh.Mirziyoev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy 
harakatining IV qurultoyida so`zlagan nutqida: “Ma’lumki, tarixda xalqimiz 
orasidan ko`plab buyuk sarkardalar etishib chiqqan. Ana shunday mard va fidoyi 
ajdodlarimizning harbiy sohadagi boy merosi, mardlik va jasurlik fazilatlari 
yoshlarimiz uchun ibrat maktabi bo`lib xizmat qiladi,”
1
- deb ta’kidladi. 
Tayanch so`zlar: tarix, nazariya, metodologiya, metod, uslub, davrlashtirish: 
ibtidoiy jamiyat, o`rta asrlar, yangi davr, eng yangi davr. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling