Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olish. Millat va elatlar o`zaro teng 
huquqli bo`lib, o`z taqdirini o`zi hal qilish huquqiga ega. SHu bois, tarixiy voqea 
va hodisani o`rganishda milliy va mahalliy xususiyatlarni, ya’ni har bir millat va 
elatning tili, dini, hududi va ishlab chiqarish usuli, ruhiyati, urf-odatlari, rasm-
rusmlari, an’analari va marosimlarini to`laligicha, har tomonlama hisobga olgan 
holda o`rganish va ish yuritish muhim. Mazkur qoidaga rioya qilish o`tmish 
zamonlardagi kabi qabih niyatlar yashiringan mustamlakachilik siyosatining 
«progressiv» natijalari haqida xayoliy xulosalar chiqarishga imkon bermaydi.
Darhaqiqat, o`sha davrga chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini 
amalga oshirish uchun qurilgan temir yo`l, telegraf yoki sanoat korxonalariga 
qarab emas, balki 1917 yilgacha Markaziy Osiyoda umumiy aholining 95 foizidan 
ortiqrog’ini tashkil qilgan mahalliy xalqning turmush darajasi qanday 
o`zgarganligi, siyosiy, iqtisodiy huquqlari qanday ro`yobga chiqarilgani, milliy va 
ma’naviy ehtiyojlari qay darajada qondirilgani, turmush tarzi, e’tiqodi ixtiyoriy 
yoki majburiy ravishda o`zgartirilganiga qarab baho berish ilmiy jihatdan to`g’ri 
bo`ladi.
Ijodiy yondashuv. Ob’ektivlik va tarixiylik omillarini to`ldirib turuvchi 
omillardan biridir. Ilm-fan bir joyda to`xtab qolmaydi, ya’ni yangi manbalar 


16 
ochiladi, izlanishlar orqali yangi ilmiy xulosalar chiqariiladi. Ulardan tarixiy 
jarayonlar, shaxslarni baholashda foydalanish ob’ektiv haqiqatni tiklashga yordam 
beradi.
Bundan tashqari, ijodiy yondashuv har bir manbaning asl nusxa yoki soxta 
ekanligini qayta-qayta tekshirib ko`rishni, ularni muayyan sharoitlarda hisobga 
olish va qiyoslashni talab etadi. 
Tarixni o`rganishda ijtimoiy yondashuv qoidasi. Tarixda hech bir jamiyat bir 
xil aholi qatlamidan iborat bo`lmagan. Barcha davrlarda turli jamiyatlarda ayni 
vaqtning o`zida har xil ijtimoiy toifalar, sinflar, tabaqalar yashab, hamkorlik 
qilganlar. Manfaatlar turlicha bo`lgani bois ular o`rtasida ziddiyatlar paydo 
bo`lgan, lekin aynan shu ziddiyatlar jamiyatni taraqqiyotga etaklagan. Ijtimoiy 
yondashuv tarixiy jarayonlarni, aholining barcha tabaqalari manfaatlarini, turli 
ta’sir etuvchi omillarini hisobga olib, birini ikkinchisidan ustun qo`ymagan holda 
o`rganishni taqozo etadi.
Insoniyat tarixini hozirgi sivilizasiya talablari nuqtai nazaridan baholash
o`tmishga bugungi kun ehtiyoji bilan qarash zaruratga aylandi. A.Toynbi «XX 
asrda yalpi jahon tarixi boshlanadi», degan edi. Darhaqiqat bugungi dunyo 
«umumiy makon» taqdiri bilan bog’liq holda insoniyat kelajagiga daxldor bo`lgan 
intilishlar va maqsadlar integrasiyasini vujudga keltirmoqda. Har qanday millat 
yoki makon tarixiy taqdiri global mohiyat kasb etmoqda. 
G’arb dunyoqarashida ikki yo`nalish mavjud: 1) olamni anglash va uni 
tushuntirishda tafakkur imkoniyatlaridan foydalanish, dunyoni rasional talqin etish 
va u haqdagi tasavvurlarni ilgari surish; 2) inson, uning irodasi mavjudligi va 
boshqa fazilatlarni o`zida mujassam etgan qadriyatlar tizimi haqidagi qarashlar. 
Sharqda tarixni o`rganishning asosan ikki yo`nalishi mavjud. Bu bevosita 
tabiat, tabiiy hodisalar, olamning yaralishi bilan bog’liq bo`lgan yo`nalishlar, 
ikkinchisi esa insonning dunyoga kelishi, insoniyat tarixi bilan bog’liq bo`lgan 
kishilik hayotining vujudga kelishi, insoniyat tarixiy-tadrijiy rivojining bosqichlari, 
mohiyati, mazmunini qamrab olgan tarixiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy hamda 
bularning barchasini o`ziga mujassam etgan mantiqiy tahlil va tadqiq tashkil etadi. 


17 
Har bir tarixchi o`z davri ijtimoiy tuzumi, uning mazmuni va qadriyatlari 
nuqtai nazaridan o`tmishga yondashadi va ana shu qarashlar hamda ehtiyojlar 
asosida tarixiy taraqqiyotga baho beradi. Biroq tarixiy jarayonlarga, ma’lum 
voqea-hodisalarga ichki va tashqi ta’sir - jamiyat ma’naviy, ijtimoiy, yqtisodiy 
asoslari va tabiiy hodisalar mohiyati, ular ta’sirida kelib chiqqan real voqelik 
o`zaro bog’liqlikka tadqiq etilmog’i lozim. Chunki uning zamirida tabiiy va 
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning butun mohiyati har ikki yo`nalishda namoyon 
bo`ladi.
Shuning uchun ham atoqli tarixshunos Ahmad Zaki Validiy o`zining 
«Tarixda usul» nomli kitobida «o`z hayotimizni tadqiq etar ekanmiz, ko`ramizki, 
bizning butun borlig’imiz asosan ikki narsaga bog’liqdir. Bir tomondan 
ehtiyojlarimizga muvofiq keluvchi yoki ularga ters keluvchi tashqi ahvol, shart-
sharoitlar, boshqa tomondan esa shaxsiy xohish-istaklarimiz mavjud. Jamiyat ham 
xuddi shunday mavjuddir. Umumiy shart-sharoit, masalan, zilzilalar, osmondan 
yog’iladigan har xil ofatlar, urushlar va vabolar, iqlimning o`zgarib ketishi kabi 
tabiiy hodisalar bilan birga alohida individual guruhiy istak insoniyatning ichki 
ta’sir quvvatlari insonlar borlig’ida qat’iy ta’sir ko`rsatuvchi omillar vazifasini 
o`taydi», deb yozadi. 
Ahmad Zaki Validiy To`g’on insoniyat tarixini o`rganish va tarix 
falsafasining nazariy-metodologik jihatlarini ishlab chiqar ekan, quyidagi 
tamoyillarni ilgari suradi: 
- tarixning teokratik va dualistik talqini; 
- tarixni materialistik tushunish; 
- tarixning pozitivistik talqini; 
- tarixni idealistik tushunish; 
- tarixni ekspressionistik talqini; 
- tarixning gumanistik talqini va hokazolar. 
Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, Sharq nazariy tafakkuri G’arb falsafiy 
tafakkuridan tubdan farq qiladi. Bu bevosita diniy va dunyoviy qarashlarning 
uyg’un holda vujudga kelgani, jumladan, islom ta’limoti, inson, tabiat va butun 


18 
borliq o`rtasidagi daxldorlikni, ularning o`zaro bog’liq jihatlarining mavjudligiga 
qaratilganligi bo`lsa, ikkinchi muhim jihati - inson hayot gultoji sifatida qalb va 
tuyg’u olami, pokiza ruh va axloq timsoli sifatida ko`rinishidir. Bu bevosita 
turmush tarzi, urf-odatlari orqali yaxlit jamiyat ma’naviy qiyofasini, tarixiy-
taraqqiyot mohiyatini belgilaydi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling