Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Ideolistik tarix nazariyasi asosan g’oyalar, axloqiy tushunchalar, ma’naviy ruhiy
kechinmalar asosida tarixga munosabat bildiriladi. Tarixga tabiiy (naturalistik) yondashish - tarix nazaryasining yirik oqimi bo`lib, unda hissiyot va tuyg’u orqali inson tabiatiga baho beriladi. Hissyot va tuyg’u orqali olamni anglash, o`tmishni baholash bu oqimning mohiyatini belgilaydi. Materialistik tarix nazariyasida – 1 Kаrimоv I. А. Biz kеlаjаgimizni o`z qo`limiz bilаn qurаmiz. T. 7. – T., 1999. – B. 137–153. 2 Kаrimоv I.А. Хаvfsizlik vа bаrqаrоr tаrаqqiyot yo`lidа. T.6. – T., 1998. – B.127. 9 asosan iqtisodiy omilliarga e’tibor beriladi. Unda tarixni yo`naltiruvchi kuch sifatida tarix haqiqati va mohiyatini moddiy ehtiyoj orqali tushunishga undaydi. Insonning tarixda tutgan o`rnini aniqlashning indiviualistik, ya’ni alohida shaxs misolida va jamoatchilik, fuqarolar uyushmasi jihatlaridan qarab fikr qiluvchi tarix nazariyasi yo`nalishlari ham bor. Taraqqiyot bevosita tarix nazariyasining asosi hisoblanib, tarix nazariyasi Gerodot va Fukididning antik davrdagi tarixiy harakat kuchi haqidagi tadqiqotlaridan boshlanadi. Ulardan farqli Avgustin xristian cherkovi mohiyatidan kelib chiqib, ilohiy davlat tarix nazariyasini yaratdi. Avgustin va uning izdoshlari tarixni ilohiylashtirishga, tarix falsafasini ilohiy tafakkur orqali idrok etishga da’vat etgan. Bu nazariya uzoqroq yashadi va ommalashdi. Ilmiy tarixshunoslik shakillanganga qadar fol’klor yoki epik tarixshunoslik (germenevtika) voqealarni ifodalash usuli hisoblangan. Qadimiy epik tarixshunoslikning asosini tarixiylik va badiiylik tashkil etib, hozirgi vaqtda epos va tarixshunoslik ilmda ikki xil mazmunga ega. Tarix - fan hisoblanadi, epos esa - san’at. Fan va san’at turli metodlarga va o`ziga xos xususiyatlarga ega. Qadimgi tarixchilarning asarlari epik tarixshunoslik shaklida shakllandi. Eng qadimgi tarixiy manba Gerodotning (mil. av. V asr) «Tarix» kitobi hisoblansada, birinchi ilmiy tarix Fukididning (mil. av. V-IV) asaridir. Polibiyning (mil. av. II asr) «Umumjahon tarixi» esa eng muhim davlatlarni o`zaro bog’liqlikda tasvirlagan birinchi asardir. Unda birinchi marta amaliy (pragmatik) tarix iborasi uchraydi. Sharq tarixchilaridan birinchi bo`lib At-Tabariy tarixiy voqealarni aniq tarixiy dalillar asosida («Tavorixi Tabariy») yoza boshlagan. Natijada Narshaxiy va Beruniy dastlab mahalliy tarixshunoslikda daliliy ilmiy tarix yaratdilar. XVIII asrda tarix nazariyasida yangi ta’limot paydo bo`ldi. Yangi g’oya - tarixda yakka shaxslar, individualizm orqali hayotni anglash, hayot qonuniyatlari ana shular ta’sirida amalga oshishini istaydigan, jamiyatni ruhlantirishga moyil bo`lgan g’oyalar Avgustin nazariyasini sindirdi. Gegel dunyoviy aql, umuminsoniy tafakkur, insoniyat foaliyati va idroki uyg’unligi asosida vujudga kelgan, ong va 10 tafakur hukmron bo`lgan yaxlit borliqni tarix deb tushunadi. Gegelning tarixga munosabati tarix falsafasining yangi davrini ochib berdi. XIX asr va XX asr boshida vujudga kelgan tarix nazariyasi XVIII asr tarix nazariyasi bilan ma’lum darajada yaqinlashdi va ayrim xollarda u bilan bahs ham yuritadi. Bu davlardagi tarix nazariyasi ayrim paytlarda tarixiylikka, tarixiy haqiqatga, Artur SHopengauer, Osvald Shpengler misolida tushkunlikka, pessimizmga moyil, ba’zida esa Arnold Toynbi kabi optimizm va baland ruhdagi mushohadalar oqimiga og’ib turadi. Ayni paytda ilohiy tarix nazariyasi ko`proq yoyilmoqda. Marksizm asoschilarining tarixiy materializm g’oyasi tarixni nazariy umumlashtirish, uning asosiy qonuniyatlarini o`rganishga bag’ishlangan o`zlariga xos «ilmiy» g’oyani ilgari surdilar. Kommunistik mafkura nazariyotchilarining turli «izm»lari kishilik tarixining hayot haqiqatini to`la qamrab ololmadi. Marksistik mafkura insoning tarixiy tafakkuri va qarshlari xolis, erkin rivojlanishiga shaxsning ozod yashashiga imkon bermadi. Bir g’oyani, konsepsiyani ilgari surganlar. O`z maqsadlari doirasidan kelib chiqib tarixga yondashdilar. Natijada tarixga noxolis qarash, bir yoqlamalik tendensiyasi vujudga kelib, tarix soxtalashtirildi. O`tmishni baholashning xolisona yo`li unga hayot haqiqati, shaxs va jamiyat o`rtasidagi bog’liklik, uyg’unlik, jamiyat taraqqiyotidagi munosabatlar, manfaatlar orqali baho berishdir. Haqiqiy tarix fani - bu inson va tarix, inson taqdiri va tarixiy jarayon, insoniyat taraqqiyoti va voqealar o`rtasidagi aniq bog’liqlik mahsuli sifatida dunyoga keladi. Gegel iborasi bilan aytganda tarix fani bu - dunyoqarashlar, tarixiy tafakkur va tarix xotirasi haqidagi fandir. U ma’naviyat fenomeni sifatida inson va tarixiy tafakkur o`rtasidagi bog’liklikni o`rganadi. Tarix davlatchiligidan boshlanadi, «xalq davlat qurilishisiz hech qanday tarixga ega emas», - deydi alloma. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling