Profil Universitsiyas Falsafa va Madaniyatshunoslik Fanidan mustaqil ish


Download 191.38 Kb.
bet3/3
Sana15.03.2023
Hajmi191.38 Kb.
#1269000
1   2   3
Bog'liq
ppdtffs

Madaniyatshunoslik fanida vorisiylik muhim tamoyil hisoblanadi. Vorisiylik negizida hayotiylik yotadi. Kishilar o`zidan oldingi avlodlar yaratgan madaniy boyliklarga tayanib yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni yaratadilar. Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo`lmaganda edi, “biz uchun o`tmish sovuq, befoyda, o`lik va qiziqarsiz bo`lib qolaverardi”, deb ta`kidlaydi J. Neru. Sharqshunos olim Maks Myuller Hind sivilizasiyasi haqida fikr yuritar ekan “eng zamonaviy va eng qadimiy hind sivilizasiyasi o`rtasida uzluksiz vorisiylik mavjud”, deb yozadi. Vorisiylik barcha xalqlar madaniyati taraqqiyotiga xos uzluksiz jarayondir.

Madaniyatshunoslik fanining asosiy muammosi inson hisoblanadi, zero madaniyat – bu inson yaratgan narsalardir. Madaniyatshunoslik insonning olam bilan faol munosabatini va bu munosabatlar uning hayot tarzida namoyon bo`lishini, shaxsning ijtimoiy va madaniy rolini, madaniyatlar tipologiyasini o`rganadi.

  • Madaniyatshunoslik fanining asosiy muammosi inson hisoblanadi, zero madaniyat – bu inson yaratgan narsalardir. Madaniyatshunoslik insonning olam bilan faol munosabatini va bu munosabatlar uning hayot tarzida namoyon bo`lishini, shaxsning ijtimoiy va madaniy rolini, madaniyatlar tipologiyasini o`rganadi.

Xulosa

Xullas, kishilar yaratgan moddiy va ma`naviy qadriyatlar, boyliklar ularning qobiliyatlari, munosabatlari va mohiyatli kuchlari namoyon bo`lishidan iborat. Inson madaniyat sohasida bu ma`naviy qadriyatlarga o`z munosabatini bildirar ekan, ayni vaqtda, o`zi rivojlanadigan, o`zi o`zgarib turadigan mohiyat sifatida ham namoyon bo`ladi. Demak, madaniyat narsalar shaklida, inson faoliyatining tayyor mahsulotlari shaklida va insonning jonli qobiliyatlari, bilimlari shaklida yashab turadi.

  • Kishilar ijtimoiy tajriba jarayonida zaruriy moddiy shart-sharoit va hayot vositalarini yaratish bilangina kifoyalanmay, ayni chog`da o`z ongini ham takomillashtiradi. Ijtimoiy ong shakllarini (dunyoqarash, axloq, huquq, estetik ong) vujudga keltiradilar yoki ma`naviy ishlab chiqarish faoliyatni amalga oshiradilar. Bularning majmui ma`naviy madaniyat sohasini tashkil etadi.

Etboriz uchun rahmat


Download 191.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling