Progesteron reja
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Download 254.3 Kb.
|
PROGESTERON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorilarning o‘zaro ta‘siri
- Nomutanosibligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Jigar kasalliklari, jigar funksiyasini buzilishi, gepatit, jigar va buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik davrida xolestatik sariqlik (anamnezida), xavfli giperbilirubinemiya; sut bezi va jinsiy a‘zolar raki, taxikardiya, trombozlarga moyillik, faol venoz yoki arterial tromboemboliya, og‘ir tromboflebit yoki anamnezdagi bu holatlar, depressiya xolatlari bilan nerv buzilishlari; porfiriya, 36 xaftadan keyingi xomiladorlik, bachadondan tashqari xomiladorlik yoki yuz bermagan abort (anamnezdagi), aniqlanmagan genezli qindan qon ketishlar, abortdan keyingi xolat; preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Progesteron miometriyning qisqarishini rag‘batlantiruvchi preparatlar (oksitosin, pituitrin), anabolik steroidlar (retabolil, nerobol), gipofizning gonadotrop gormonlarining ta‘sirini susaytiradi. Oksitoksin bilan o‘zaro ta‘sirida laktogen samara pasayadi. Diuretiklar, gipotenziv preparatlar, immunodepressantlar, bromokriptin va tizimli antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Antikoagulyantlarning samaradorligini pasaytiradi. Barbituratlar bir vaqtda qo‘llanganida progesteronning ta‘siri pasayadi. Gipoglikemik vositalar samarasini o‘zgartiradi. Jigar fermentlari induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilishida qon plazmasida progesteron konsentasiyasi oshishi yoki kamayishi mumkin. Nomutanosibligi. Preparatni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. Progesteron qo’llash bo’yicha maxsus ko’rsatmalar Yurak-qon tomir kasalliklarida, arterial gipertoniyada, surunkali buyrak yetishmovchiligida, qandli diabetda, bronxial astmada, tutqanoqda, migrenda, depressiyada, giperlipoproteidemiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Progesteronni shuningdek anamnezida ruxiy buzilishlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, depressiyani birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qondagi glyukozaning darajasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Progesteron qo‘llanganida tromboemboliyaning erta belgilari va simptomlariga e‘tiborli bo‘lish kerak, ular paydo bo‘lgan holda esa preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak. Steroid gormonlarning metabolizmi jigarda yuz berishi tufayli, Progesteronni jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash kerak emas. Progesteronning katta dozalari davomli qo‘llanganida xayz ko‘rishlar to‘xtashi mumkin. Preparatni sababi aniqlanmagan jinsiy yo‘llardan qon ketishlarida, anamnezida periferik arteriya kasalliklari kuzatilgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas. Davolash vaqtida tez-tezligi va hajmi shaxsiy aniqlanuvchi muntazam ko‘rik o‘tkazish tavsiya etiladi. Progesteronga qaram har qanday o‘smalar mavjudligida, masalan, o‘tmishdagi meningioma va/yoki homiladorlik vaqtida uning zo‘rayishi yoki avvaldagi gormonal davolashda pasientlar sinchikov shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik davrida preparat faqat bola tashlashni oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi. Homiladorlikning 36 haftasidan keyin preparatni qo‘llash mumkin emas. Yaqin vaqtda homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda preparat qo‘llanmaydi. Homiladorlik vaqtida ekzogen progesteronning ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan tug‘ma anomaliyalar xavfi, jinsiy anomaliyalarni xam qo‘shib, to‘liq aniqlanmagan. Progesteron ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun emizish davrida progesteronni qo‘llash kerak emas. Bolalar. Preparat bolalarda qo‘llanmaydi. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobilyati. Preparat bosh aylanishi va uyquchanlik chaqirishi mumkin. Davolanish davrida yuqori diqqatni va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Download 254.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling