Progesteron reja
Dozani oshirib yuborilishi
Download 254.3 Kb.
|
PROGESTERON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Progesteron
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni yuqori dozalarda qo‘llaganda ko‘pgina xollarda muvofiq bo‘limlarda ta‘riflangan nojo‘ya samaralar paydo bo‘ladi. Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganda preparat bilan davolashni bekor qilish kerak, xamda ular yo‘qolganidan keyin kam dozalarda davolashni davom ettirish kerak. Zarurat bo‘lganida simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Xulosa Progesteron – o‘ziga xos gormon bo‘lib, ikkinchi nomi “homiladorlik gormoni”dir. Aynan ikkinchi nomidan ham ko‘rinib turibdiki, homilador bo‘lishlik uchun mazkur gormon ayollarga suv bilan havodek zarurdir. Bolani qorinda ko‘tarib yurishning butun davrida ushbu gormonning darajasi sezilarli tarzda o‘zgarib turadi, homiladorlik muddati qanchalik katta bo‘lsa – progesteronning darajasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Homiladorlik vaqtida gormonning darajasini albatta kuzatib borish kerak, sababi uning ko‘payib yoki kamayib ketishi ba’zi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Homiladorlikning boshlang‘ich davrida, aniqrog‘i – 16-haftagacha, progesteron organizmda sariq tanacha (ovulyatsiya yuz bergandan keyin tuxumdonda paydo bo‘ladigan alohida bez) tomonidan ishlab chiqiladi. Homiladorlikning 16-haftasidan keyin ushbu gormonni ishlab chiqish vazifasini to‘liq shakllanib bo‘lgan yo‘ldosh o‘z zimmasiga oladi. Progesteron bo‘lajak ona hayotidagi yangi davrga tayyorlagan holda uning asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib boradi, zero, homiladorlikka nafaqat jismoniy, balki ruhiy-psixologik jihatdan ham tayyor bo‘lish kerak. Gormon sut bezlari bo‘limlarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan holda onani kelgusida bolani emizishga tayyorlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati https://uz.wikipedia.org/wiki/Progesteron https://avitsenna.uz/progesteron-homiladorlik-gormoni/ https://homiladorlik.uz/maslahatlar/progesteron-nima/ Download 254.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling