Программирование


Download 1.76 Mb.
Sana24.04.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1394227
Bog'liq
Дарс ишланма

Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani 34-umumiy o’rta ta’lim maktabining I- toifali “Informatika va axborot texnologiya” fani o’qituvchisi G’aniyeva Gulandom Ravshanovnaning IX “B”- sinfda Informatika va texnologiya fanidan “Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash” mavzusida ochiq dars ishlanmasi

Darsni olib borish texnologiyasi

Maqsad: O’quvchilarga foydalanuvchi grafik interfeysi elementlari bilan ishlashni o’rgatish.

Darsning turi(shakli): aralash (nazariy va amaliy)

Dars rejasi: - foydalanuvchining grafik interfeysi.

  • Tkinter moduli.
  • gui ilovalarini yaratish boshqichlari.

Natija:

  • foydalanuvchi grafik interfeysi haqida tuchunchaga ega bo’ladi.
  • grafik interfeysili ilovalar qanday yaratilishini biladi.
  • tkinter modulining vazifasini aytib bera oladi.
  • gui ilovalarini yaratish bosqichlarini aytib bera oladi.

Tayanch so’zlar va iboralar: grafik interfeys, kutubxona moduli

O’qitish shakllari: sinfda ishlash, guruhda ishlash, yakka tartibda ishlash.

O’qitish metodi va texnologiyalari:

Aqliy hujum , savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, “step by step” metodi.

O’qitish vositalari: taqdimot, videodarslar, refleksiya kartochkalari (har bir o’quvchi uchun), darslik: 104-106-betlar.

Akt va interfaol vositalar


kompyuter

www://dr.rtm.uz

Elektron doska

Lms google classroom

Smart doska

Lms moodle

Darsning texnologik xaritasi

i. tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash.

ii. Takrorlash: uy vazifasi tekshiriladi, savol- javob uyushtiriladi.

iii. Qiziqtirish(motivatsiya): o’quvchilarni dars mavzusi bilan qiziqtirish. O’quvchilarga savol tashlanadi va “aqliy hujum” metodi yordamida javoblar tahlil qilinadi.

  • Foydalanuvchining grafik interfeysi nima?
  • grafik interfeysi ilovalari qanday yaratiladi?

iv. Mavzuni tushuntirish


Python dasturida foydalanuvchi
grafik interfeysi nima?
1
2
5
grafik interfeysli ilovalar qanday yaratiladi?

Python dasturida foydalanuvchi grafik interfeysi nima?

Aksariyat dasturlash tillarida foydalanuvchi bilan o’zaro aloqani o’rnatish uchun boshqaruv elementlari: oyna, matnlar maydoni va tugmachalar ishlatiladi. Bular umumiy nom bilan foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI- graphical user interface) deb ataladi.

Pythonni o’rnatganda kutubxona dasturining ichida birga taqdim etiladi.

Pythonni o’rnatganda kutubxona dasturining ichida birga taqdim etiladi.

Python o’rnatilishi bilan GUIga ega ajoyib ilovalarni yaratish uchun zarur obyekt va usullardan foydalanish imkoniyati vujudga keladi. GUI ilovalarni yaratish uchun:

  • Tkinter modulini import qilish;
  • Tkinter asosiy oynasini yaratish;
  • Ilovaga bir yoki bir necha vijetni qo’shish;
  • Foydalanuvchi bajaradigan jarayonlarni tushunadigan va ularga javob qaytaradigan asosiy siklli kodga kirish lozim.

Tkinter - Pythondagi standart grafik kutubxona.

Tkinter - Pythondagi standart grafik kutubxona.

grafik interfeysli ilovalar qanday yaratiladi?

Widget(vijet) - GUIga ega ilovani yaratish uchun foydalaniladigan tugmachalar yoki matnli maydonlar kabi interfeys elementlari.

Dastur ilovalarida foydalaniladigan barcha vijetlar window = Tk() va window.mainloop() buyruqlari orasida kiritiladi.

Tkinter modulidagi grid() usuli katakli koordinatalar tizimidan foydalangan holda vijetlarni kerakli koordinataga joylashtirish imkonini beradi.

Rangi yashil, o’lchami 100 x100 bo’lgan “Mening birinchi ilovam” nomli GUI oynasini yaratuvchi dastur kodini yozing. Oynada “Salom O’zbekiston” xabarini chiqaruvchi tugmachasini joylashtiring.

Rangi pushti, o’lchami 250x150 bo’lgan “Mevalar” nomli GUI oynasini yaratuvchi dastur kodini yozing. Oynada berilgan 4 ta mevadan birini tanlash imkonini beruvchi vijetni joylashtiring.

Uyga vazifa :

Quyidagi savollarga javob yozib kelish:


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling