2. Geometrik ob’yektlarni chizish usullari
«Дуга» - Yoy chizish tugmasi.
Usbu buyruq tugmasi radiusli yoylarni bajarishni nazarda tutadi. Tugma tanlanga ekranga «Начальная точка дуги или ↓» - Yoyning boshlanish nuqtasi yoki ↓ axboroti chiqadi. Klaviaturadagi ↓ ko’rsatkichi bosilsa qo’shimcha axborot oynasi ekranga chiqadi. Unda bitta band «Центр» - Markaz mavjud bo’lib, dastlab yoy markazini ko’rsatish nazarda tutiladi. Markaz bandi tanlangandan so’ng sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ekranda yoy markazi belgilanadi. Burchak yo’nalishi ko’rsatilgan holda radiusning qiymati klaviaturadan kiritiladi. “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanib, yoyning tugash nuqtasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida belgilanadi va yoy hosil qilinadi. Yoy bajarishda yo’nalish soat strelkasiga teskari bo’lishi lozim.
Dastlab yoyning boshlanish nuqtasi so’ng radiusi va keyin tugash nuqtasini belgilab ham bajarish mumkin. Buning uchun «Дуга» - Yoy chizish buyruq tugmasi tanlangandan so’ng, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida yoyning boshlanish nuqtasi tanlanadi. Ekranda «Вторая точка дуги или ↓» - Yoyning ikkinchi nuqtasi yoki ↓ axboroti chiqariladi.
2. Geometrik ob’yektlarni chizish usullari
«Круг» - Aylana chizish tugmasi.
Ushbu buyruq tugmasi aylanani turli parametrlarga asoslanib chizishni nazarda tutadi. Tugma tanlanganda ekranda «Центр круга или↓ - Aylana markazi yoki ↓ degan axborot chiqadi. Klaviaturadagi ↓ ko’rsatkich yordamida qo’shimcha axborot oynasi chaqiriladi. Unda «3Т» - 3N (3 nuqta asosida), «2Т» - 2N (2 nuqta asosida) va «ККР» - UUR (urinma, urinma, radius) bandlari mavjud bo’lib, «3Т» - 3N (uch nuqta asosida) bandi tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi yordamida uchta nuqta ketma ket belgilanishi kerak. Shu uch nuqtadan o’tuvchi aylana hosil qilinadi.
«2Т» - 2N (ikki nuqta asosida) bandi tanlansa, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ikkita nuqta ketma ket belgilanishi kerak. Shu ikkita nuqtadan o’tuvchi aylana hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |