«Многоугольник» - Ko’pburchak chizish tugmasi.
Aniq parametrlarga ega ko’p burchakni bajarish tartibi quyidagicha:
«Многоугольник» - Ko’pburchak chizish tugmasi tanlanadi.
Ekranga «Число сторон» - Tomonlar soni degan axborot chiqadi. Odatda ushbu qiymat eng kam parametr – 3 ni ko’rsatib turadi. Klaviaturadan tomonlar soni qiymat bilan beriladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So’ng ko’p burchakning markazi joylashadigan nuqta so’raladi. Sichqoncha yordamida markaz tanlangach, ekranga «Задайте опцию размеўения» - Joylashtirish shartini bering degan axborot chiqadi. «Вписанный в окружности» – Doira ichida yoki «Описанный вокруг окружности» - Doira tashqarisida shartlari mavjud bo’lib, shartlardan biri tanlanadi. Ekranga «Радиус окружности» - Aylana radiusi degan axborot chiqadi.
Aylana radiusi klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi va “Enter” tugmasi yordamida tasdiqlanadi.
2. Geometrik ob’yektlarni chizish usullari
«Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish tugmasi.
Odatda usbu tugma tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi ikkita parametrni – to’g’ri to’rtburchakning bosh nuqtasi va diagonali bo’yicha to’g’ri to’rtburchak tugatiladigan nuqtasini belgilab berishni so’raydi.
To’gri to’rtburchakni qo’shimcha o’lcham parametrlari – faska, tutashma burchaklar asosida bajarish ham mumkin. Buning uchun buyruq tugma tanlangandan so’ng klaviaturadagi ↓ - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu oyna chaqiriladi.
Yordamchi menuda «Фаска» - Faska, «Уровень» - Nisbat, «Сопряжение» - Tutashma, «Высота» - Balandlik, «Ширина» - Kenglik buyruqlari mavjud.
2. Geometrik ob’yektlarni chizish usullari
Sichqoncha ko’rsatkichi yordamida «Фаска» - Faska bandi tanlansa ekranda «Длина первой фаски прямоугольника» - To’gri to’rtburchak birinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda klaviaturadan kerakli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Song «Длина второй фаски прямоугольника» - To’g’ri to’rtburchak ikkinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda ham kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Har safar to’g’ri to’rtburchakni bajarishda kiritilgan parametrlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to’g’ri to’rtburchak chizilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |