Prokariotlarning sistematikasi Viruslarning shakli, guruhlari va sistematikasi


Download 29.27 Kb.
bet4/5
Sana07.05.2023
Hajmi29.27 Kb.
#1440235
1   2   3   4   5
Bog'liq
1502352033 68732

Vinislarning kimyoviy tarkibi

Ko'pchilik viruslarda DNK halqa ko'rinishida (poUomavirus), irvovirusda DNK bit. -- spiral, reoviruslarda RNK ikkita spiral holatda bo'ladi. Viruslarning nukiein kislotalarining tarkibiga kiruvchi azotli asos va shakar komponentlari bir-biridan farq qiladi.


Viruslardagi nuklein kislotaning molekulyar massasi ham viruslar-ning turiga qarab, DNK saqlovchi viruslar uchun 1 TO6 dan 2T08 daltongacha, RNK uchun 2T06 dan 15-106 daltongacha bo'lishi mumkin.
Virus oqsili 16—20 aminokislotalardan tashkil topgan. Har bir virus uchun aminokislotalar o'zlarining С va N aminogruppalari bilan birgalikda ma'lum bir taitibda joyiashgan bo'ladi. Bitta virusda oqsil bir tur polipeptid zanjiridan tashkil topgan boisa, ikkinchi tur virus oqsili esa bir necha xil polipeptidlar zanjiridan hosil bo'ladi.


Viruslar klassifikatsiyasi

Viruslar hujayrasiz organizm bo'lib, o'ziga xos genomga ega. Ular inson, hayvon, hasharot, o'simliklar, zamburug'larda obligai parazit bo'lib, oqsil sintezlash, fermentativ va energiya hosil qilish xususiyatiga ega bo'lmagan organizmlardir. Viruslar ikki guruhga: tarkibida DNK saqlovchi (5 ta oila) va RNK saqlovchi (10 ta oila)ga ajratiladi. Shakliga ko'ra viruslar 4 ta guruhga ajratiladi.



  • sferik (gripp virusi, parotip, tovuqlardagi leykoz);

  • tayoqchasimon (tamaki mozaikasi kasalhgi);

  • kubsimon (chin chechak);

  • spermatozoidsimon (fag).

Virion markazida nuklein kislota (DNK yoki RNK) joyiashgan bo'lib, bir yoki ikki qavatli qobiq bilan o'ralgan bo'ladi. Birinchi qobiq kapsid deb nomlanib (yunon. kapsa — quti), uning tarkibi oqsildan tashkil topgan bo'lib, u bir nechta monomerlardan tashkil topgan.
Kapsomeriaming soni har bir virusda o'zgarmaydi (poliomelitda — 60 ta, adenovirusda — 252 ta, tamaki mozaika kasalligi virusida — 2000 ta). Nuklein kislota va kapsiddan iborat virion nukleokapsid deb nomlanadi. Oddiy viruslarda bitta nukleokapsid bo'lsa, ba'zi virionlarda nukleokapsid lipiddan iborat qobiq bilan o'ralgan (mu-rakkab viruslar) bo'ladi. Tashqi qobiq (superkapsid) ikki qavatli lipid yoki oqsil membranadan iborat.
Kapsomerlar muayyan tartibda joyiashgan bo'ladi va shunga asosan ular spiralsimon, kubsimon va aralashma (kombinatsiya-lashgan) simmetriyali bo'ladi.
Viruslarning o'lchami 20 dan 350 nm gacha bo'Ub, ularni filtr-lash, ultrasentrafugalash va suratga olish orqali aniqlash mumkin.
Xalqaro viruslar nomcnklaturasi qo'mitasining (XVNQ) beshin-chi ma'ruzasida umurtqalilar, umurtqasizlar, o'simliklar, zambu-rug'lar va prokariotlarning (mikroorganizmlar) 164 avlodi (24 tasi hali klassifikatsiya qilinmagan), 71 oilasi, 9 ta kichik oilasi va bitta tartibi 3,6 ming virus turlari va subvirus agentlarini o'z ichiga oladi.
Hofcirgi kundagi sistematikada yana bir qancha har xil takso-nomik guruhlar berilgan, virus sotellitlar, viroidlar va fionlar kabi sinflarga bo'linmagan viruslar ta'riflangan. Shu kundagi ma'lumot-lar amaliy va iqtisodiy ahamiyatga ega 30000 virus, shtammlari va subtillari haqida axborotlarni o'z ichiga oladi (Marphy F.A. Virus Taxonomy. Six Report ICTV, 1995. Vasilev D.A. va boshqalar, 1999-y.).
XVNQ viruslarni quyidagi taksonlarga bo'lib o'rganadi:

  • tartib (virales);

  • oila (viridal);

  • kichik oila (virinal);

  • avlod (virus);

  • tur (virus).

Virusiarning cng oxirgi klassifikatsiyalaridan Fild va Nayl tahri-ridagi «Virusologiya» darsligida odam va hayvon viruslarining 2i oilasi batafsil tasvirlangan (1989-y.).
V.M.Jdanov (1990-y.) o'z klassifikatsiyasida viruslami oddiydan murakkabga tamoyiJida, evolutsion nuqtayi nazardan, molekulyar biologiya natijalarini qo'llab sinf va boshqa guruhlarga bo'ladi. Asosiy e'tibor virusiarning o'lchami, tuzilishi, qobiqqa ega yoki ega emasligi, nuklein kislotalari va ularning mono, bi, multipar-titligiga (bir qismdan, ikki qismdan va ko'p qismdan iboratligiga) qaratilib, viruslar ushbu axborotlarga asoslanib guruhlanadi.
Nobel mukofoti sovrindori Devid Baltimor (1971-y.) viruslami xo'jayin hujayrasidagi m~RNKni oqsil sintezlanadigan RNK hosil bo'lish mexanizmiga asosan 7 gumhga ajratadi: 1 — ikki zanjirli DNK; 2 - bir zanjirli DNK; 3 - ikki zanjirli RNK; 4 - (+) bir zanjirli RNK; 5- (-) bir zanjirli RNK; 6 - bir zanjirli RNK; 7 -ikki zanjirli DNK-RNK.
Hozirgacha virusiarning 300 ga yaqin turi aniqlanib, ular 5 ta sinf, 8 ta tur, 21 ta oilaga birlashtirilgan, har bir oila avlodlardan tashkil topgan, avlodlar esa turkumiarga bo'lingan. Tarkibida DNK bo 'Igan viruslar:

  1. Poksviruslar (ichak viruslari).

  2. Chin chechak virusi.

  3. Gerpes (uchuq) virusi.

  4. Suv chechak virusi;

  5. Adenovirus infeksiyasini vujudga kelliruvchilar, adenoviruslar. Faglar:

  1. Bakteriofaglar (bakteriyalar virusi).

  2. Sianofaglar (ko'k-yashil suv o'tlar virusi).

  3. Aktinofaglar (aktinomitstlar virusi).

Tarkibida RNK bo

Igan

viruslar:




1. Gripp virusi.




-




2. Qizamik virusi.










3. Quturish virusi.










4. Pikornoviruslar.










5. Oqsil virusi.










6. Arboviruslar.










7. Afrika o'lati.













Download 29.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling