Prokuratura organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini ko’rib chiqish va hal qilish
-Jismoniy va yuridik shaxslar murojatlarining turlari va shakillari
Download 21.27 Kb.
|
1 2
Bog'liqprokurorlik faoliyati oraliq nazorat
-Jismoniy va yuridik shaxslar murojatlarining turlari va shakillari.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko’ra, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlariv mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida ma’suldirlar. Ushbu nomada belgilab o’tilgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida ma’sulligining bir ko’rinishi fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida va har tomonlama ko’rib chiqib, ularning huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash faoliyatidir.,, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida’’gi qonunning 5-moddasiga ko’ra, Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin. Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi. Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi. Murojaatlarga qo’yiladigan talablar to’xtaladigan bo’lsak, Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak. Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin. Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak. Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Bu kabi murojat qiluvchilarning manfaatlari hamda muhim ma’lumotlarni ifoda etish va o’z o’rnida ularni aniqlash uchun murojaatlarning shakli, turi, murojaat etish usullari kata ahamiyatga ega. Chunki murojaatlarda fuqarolarning iltimos, talab, shikoyat tarzida ifodalangan qonuniy manfaatlari hamda davlat uchun zarur ma’lumotlar yotadi. Shu sababli ham fuqarolarning vakolatli davlat organlariga murojaatlarini taxlil qilishda ularning shakillari, turlari hamda murojaat etish usullari kata ahamiyat kasb etadi. Murojatlarning shakillari hamda turlarini tasniflashda ikki hil yondashuv talab etiladi. Birinchi yo’nalish murojaatlarning shakillari va turlarini tasniflashning nazariy asosi hisoblanib, ushbu tasniflar huquqshunos nazoratchi olimlar tomonidan ishlab chiqarilgandir. Ikkinchi yo’nalish esa, normativ asos hisoblanib, mazkur tasniflash normative-huquqiy hujjatlarda belgilab qo’yiladi. Yuqorida takidlaganimizdek, murojaatlarning turlarini tasniflashning normativ huquqiy asosi bo’lgan O’zbekiston Respublikasining ,, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida’’ gi Qonunning 5-moddasida ham murojaatlarning aynan ariza, taklif, shikoyat hamda elektron murojaat kabi turlarini ko’rsatib o’tilgan. Ariza- huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimos bayon etilgan murojaatdir. Ariza jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari, muassasalari yoki mansabdor shaxslarga rasmiy murojaati bo’lib, fuqarolarning subyektiv huquqlarini ro’yobga chiqarish vositasi hisoblanadi. Uning mazmuni shundan iboratki, ariza jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarining bo’zilishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Arizalar talab, iltimos mazmunida bo’ladi. S.Usmonovning takidlashicha, ariza biror muassasa, tashkilot, xo’jalik yoki rahbar xodim nomiga iltimos, taklif hamda shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat hisoblanadi. Hujjatlar ichida ariza ijtimoiy hayotimizda eng ko’p qo’llaniladigan rasmiy hujjatdir. Darhaqiqat, jismoniy va yuridik shaxslarning ariza shaklidagi murojaatlarning salmog’I boshqa murojaat turlariga qaraganda yuqoridir. Lekin bo’ysunuv tartibda yuqori turuvchi organga ariza jismoniy va yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo’lgan paytdan e’tiboran uzog’i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi. Taklif- davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tatavsiyalarni o’z ichiga olgan murojaat. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan murojaatlarning kam qismini takliflar tashkil qiladi. Taklif davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin. Takliflardan asosiy maqsad qonunchilikni takomillashtirish, davlat idoralari faoliyatini yaxshilash, xalqning qonuniy huquq va manfaatlari hamda istaklarini amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi. Ta’kidlash joizki, jismoniy va yuridik shaxslar taklif berish orqali ham o’z huquqlarini bilvosita himoya qiladilar, huquq va erkinliklarini to’laroq amalga oshirilishiga erishadilar. Qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha berilayotgan takliflarda taklifni g’oyasi, maqsadi va predmeti, normativ- huquqiy hujjatni ishlab chiqarish zaruriyati asoslari, mazkur hujjat qabul qilininadigan bo’lsa, ijobiy oqibatlarni aniq va lo’nda yozilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Taklif tarzdagi murojaatlarning salmog’I kam miqdorni tashkil qilishligini, davlat va jamiyat faoilyatini tkomillashtirishga oid bo’lgan takliflarni berish bir birmuncha qiyinligi, aqliy salohiyat talab qilishi, shuningdek, takliflarni jamiyatning maxsus bilimlariga ega bo’lgan cheklangan doiradagi shaxslar tomonidan berilishi bilan bog’lash mumkin. Taklif shakildagi murojaatni taqdim qilish muddati qonunchilikda aniq belgilangan emas. Lekin qonunchilikda takliflarni ko’rib chiqishning muddatlari belgilab o’tilgan. O’zbekiston Respublikasining ,, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida’’ gi qonunning 5-moddasiga ko’ra, taklif davlat organiga kelib tushgandan e’tiboran bir oygacha muddatda ko’rilib chiqiladi. Qo’shimcha o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo’lib, bunday holatda taklifni kiritgan jismoniy va yuridik shaxsga o’n kunlik muddatda yozma shakilda xabar qilinadi. Shikoyat- buzilgan huquqlarni va erkinliklarni tiklash, qonuniy manfaatlarni himoya qilish to’g’risidagi talab bayon etilgan murojaat. Vakolatli davlat organlariga taqdim etiladigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining salmoqli qismini shikoyatlar tashkil qiladi. Shikoyat jismoniy va yuridik shaxslarning subyektiv huquq va erkinliklarini himoya qilish, buzilgan huquqlarni tiklash hamda davlat organlari, muassasalari va mansabdor shaxslar faoliyatidagi qonun buzilishlarni, ijtimoiy-iqtisodiy, huquq-tartibot va boshqa sohalardagi kamchilkilarni bartaraf etish maqsadida beriladi. Elektron murojat- belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno; Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin. Elektron murojaat deganda, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni indefikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo’lgan elektron shaklda kelgan murojaatlarni tushunish lozim. Elektron shaklda beriladigan murojaat ,, Elektron raqamli imzo to’g’risida’’gi qonun talablariga muvofiq bo’lish kerak. Mazkur qonunga ko’ra, elektron raqamli imzo deganda, hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgarishlar natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va elektron raqamli imzo kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo tushuniladi. Bugungi kunda, jismoniy va yuridik shaxslarning elektron shakldagi murojaatlari bilan ishlashda sohaga oid bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar yaratilgunga, jumladan O’zbekiston Respublikasining ,, Elektron hujjat aylanish to’g’risida’’gi qonuni, O’zbekiston Respublikasining ,,Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida’’gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ,, Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida’’gi qarorlar shular jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish hamda fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarni qabul qilish ,, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida’’gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni, ,, Prokuratura to’g’risida’’gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni, ,, Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokida’’gi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017-yil 24-noyabrda qabul qilingan 165-sonli buyrug’I bilan tasdiqlangan ,, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish va ularning shaxsiy qabulini tashkil etish tartibi to’g’risida’’gi yo’riqnoma, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2015-yil 26-iyundagi qabul qilingan 122-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan ,, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Murojaatlarini telefon orqali qabul qilish markazi to’g’risida’’gi nizomda belgilangan taribda amalga oshiriladi. Download 21.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling