Promoted content сварите чеснок в молоке и выпейте отвар: хватит одного раза


Download 198 Kb.
bet12/17
Sana24.01.2023
Hajmi198 Kb.
#1114847
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
mexnatga xaq tolash

Mehnatga ishbay haq to’lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat) uchun to’lanadigan haqni anglatadi.

Korxonalarda ko’pincha faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq to’lashdan foydalaniladi.



Mehnatga ishbay-mukofotli haq to’lashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo’ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko’rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xom ashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.

Mehnatga vaqtbay haq to’lash tarif tizimida ko’zda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki normativ vaqt uchun to’lanadigan haqni anglatadi.

Vaqtbay-mukofotli haq to’lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan tashqari, ushbu ish haqiga ma’lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi.

Mehnatga akkord haq to’lash tizimi mehnatga ishbay haq to’lashning bir turi bo’lib, uning mohiyatiga ko’ra, bunda bajarilishi kerak bo’lgan ishlarni muddatini ko’rsatgan holda baholash amalga oshiriladi.

Korxonada quyidagi hollarda akkord haq to’lash tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi:




  • korxona biron-bir buyurtmani o’z vaqtida bajara olmasa va buning uchun shartnomaga asosan yirik miqdorda jarima to’laydigan bo’lsa;


  • korxonaning to’xtab qolishiga sabab bo’luvchi favqulodda vaziyatlar (yong’in, sel, zilzila, suv toshqini yoki jiddiy sabablarga ko’ra asosiy texnologik liniyalarning ishdan chiqish hollari) ro’y berganda;


  • alohida ishlarni bajarishga o’ta zarurat tug’ilganda yoki korxonada yangi asbob-uskunalar ishga tushirilganda.


Ko’pchilik korxonalarda ish haqini hisoblash tarif tizimi, ayniqsa uning tarif stavkasi va tarif setkalari kabi elementlari asosida amalga oshiriladi.



Tarif stavkasiturli guruh va kategoriyadagi ishchilarning vaqt birligidagi mehnati uchun to’lanuvchi haqning mutlaq (absolyut) o’lchamidir. Minimal tarif stavkasi yoki birinchi razryadli stavka boshlang’ich hisoblanadi. U eng oddiy mehnat turiga to’lanuvchi haq darajasini belgilab beradi.

Tarif setkalari mehnatga haq to’lashdagi mutanosibliklarni malaka darajasini hisobga olgan holda, belgilash uchun xizmat qiladi. U tarif razryadlari va ularga mos keluvchi tarif koeffitsientlari yig’indisini ifodalaydi. Tarif koeffitsientining eng past razryadi birga teng deb olinadi. Undan keyingi tarif razryadlari mos keluvchi tarif stavkalari birinchi razryadli tarif stavkasidan necha marta katta bo’lishini ko’rsatadi.

Kadrlar, mehnat unumdorligi va ish haqi o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan tushunchalar hisoblanadi. Har bir korxonada mehnat va ish haqi bo’yicha reja tuzilib, uning maqsadlari ishchi kuchidan foydalanishni yaxshilash zahiralarini topish va bu asosda mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Bu rejalarga ko’ra mehnat unumdorligining o’sish sur’ati o’rtacha ish haqi suratlaridan tezroq o’sishi lozim.



Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling