Категория: Право
28.04.2020 21:32
Просмотр содержимого документа
«8-sinf mavzulashtirilgan testlar»
Burxon Izzatov
8-SINF O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
fanidan
(Yangi 2019-yilgi darslik asosida)
Mavzulashtirilgan testlar
Romitan 2019-yil
1-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi – mustaqil davlat
1. Mustaqillikning tub mohiyatini anglatuvchi g‘oya — bu…
A) o‘z Konstitusiyasi, kodekslari va qonunlarini qabul qilish
B) yoshlar ta'lim-tarbiyasiga, ularni ish bilan ta’minlash
C) daxlsizlik, o‘z hududiga va chegarasiga egalik
D) inson manfaatlarini davlatimiz faoliyatining markaziga olib chiqish
2. Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo’nalishi qanday nomlanishini to’g’ri toping?
A) Qonun ustuvorligini ta’minlash
B) Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
C) sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
D) fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
3. Inson huquqlari umumjahon dеklaratsiyasi qachon qabul qilingan?
A) 1948-yil 10-yanvar B) 1948-yil 11-dekabr
C) 1948-yil 10-dekabr D) 1948-yil 8-dekabr
4. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida quyidagi qaysi huquqlarga ega bo’lganligini aniqlang?
1. shaxslarni fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan mahrum etish; 2. o‘z Qurolli Kuchlarini tashkil qilish huquqi;
3. xalqaro huquq subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqalar o‘rnatish huquqi; 4. davlat tiliga egalik huquqi; 5. o‘z sud tizimini tashkil qilish va sud ishlarini mustaqil yuritish huquqi; 6. o‘z gerbi, bayrog‘i, madhiyasi va poytaxtiga ega bo‘lish huquqi; 7. davlat tiliga egalik huquqi.
A) 1,3,5,7 B) 2,4,6,7 C) 1,4,6,7 D) 1,2,3,4,5,6,7
5. Jumlani to’ldiring? Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, ……….. putur yetkazmasliklari shart.
A) erkin va farovon yashashlariga B) huquqlari va erkinliklariga
C) ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishlariga D) to’g’ri javob A va C
2-Mavzu: Shaxs
1. Ijtimoiy adolat – bu siyosiy qarashlari, jinsi, millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlashdir. Ushbu fikrlar kimga tegishli ekanligini toping?
A) I.A.Karimov B) Sh.M.Mirziyoyev C) Abu Nasr Farobiy D) Abu Ali ibn Sino
2. O‘ziga xos xususiyatlar, xohish-istaklar, orzu va intilishlar, bilim, ko‘nikma, malakalarga ega, ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan inson bu – …
A) Individ B) Shaxs C) Inson D) Barcha javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |