Просмотр содержимого документа «8-sinf mavzulashtirilgan testlar»


Download 55.36 Kb.
bet7/19
Sana03.01.2023
Hajmi55.36 Kb.
#1076324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
huquq fanidan testlar jamlanmasi

9-Mavzu: Fuqarolik jamiyati
1. Jumlani to’ldiring? … aytishicha, eng mushkul ish qonunni joriy qilishdir. Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir.
A) Aflotun B) Arastu C) Suqrot D) Xamurappi
2. Farobiyning aytishicha, fozil davlat rahbari necha xil xislatlarni o’zida aks ettirgan bo‘lishi kerak?
A) 4 xil B) 10 xil C) 11 xil D) 12 xil
3. Adolatli jamiyatning asosiy yo‘llarini Forobiy qanday ta’rif bergan?
A) Qonun-qoidalarning mavjudligi va ularga davlat rahbarlarining va barcha aholining bo‘ysunishi
B) Ilm-fanning taraqqiy etishi
C) Davlat urush va bosqinchiliklarga qarshi bo‘lmog‘i, mamlakatda tinchlik, barqarorlikning o‘rnatilishi
D) Barcha javoblar to’g’ri
4. Fuqarolik jamiyatining “yollanma xizmatkori” hisoblangan jumlani toping?
A) davlat B) xalq C) qonunlar D) To’g’ri javob A va C
5. 2018-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatimizda Adliya vazirligining ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlari soni nechtani tashkil etadi.
A) 9487 ta B) 9478 ta C) 10547 ta D) 8129 ta
6. Inson huquqlari bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlari ko’rsatilgan qatorni toping?
A) Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz B) Ombudsman, Yoshlar Ittifoqi
C) Fanlar Akademiyasi D) Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz
7. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim elementi bu – …?
A) Huquqning ustuvorligi B) iqtisodning siyosatdan ustunligi
C) ta’lim-tarbiyaning muhimligi D) ijtimoiy himoya
8. “Adolat – oxiratda najot, dunyoda saodat boshi.” Ushbu fikrlar kimga tegishli?
A) Ali ibn Abu Tolib B) Abu Ali ibn Sino
C) Abu Rayhon Beruniy D) Abdulloh Muqni
9. Qaysi qatorda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining taraqqiy topishining amalga oshirilish maqsadga muvofiqdir.
A) Mulkni davlat tasarrufi dan chiqarish B) Ko‘ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish
C) Maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish D) Barcha javoblar to’g’ri
10. Fuqarolik jamiyatining xususiyatlari qaysi sohada namoyon bo‘ladi?
A) Iqtisodiy sohada B) Ijtimoiy-siyosiy sohada
C) Ma’naviy sohada D) barcha javoblar to’g’ri
11. Davlatning tazyiqisiz, qonun doirasida vujudga kelgan muayyan kishilik hamjamiyatining ixtiyoriy o‘zini-o‘zi boshqarishi … ni anglatadi?
A) huquqiy davlat; B) jamiyat; C) fuqarolik jamiyati; D) erkin mamlakat.


Download 55.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling