Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi Reja


Gel ichiga kiritish yо‘li bilan immobilizatsiya qilish


Download 205.81 Kb.
bet13/15
Sana20.06.2023
Hajmi205.81 Kb.
#1635851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi

Gel ichiga kiritish yо‘li bilan immobilizatsiya qilish
Bu usulni mohiyati shundan iboratki, ferment molekulasi, qattiq tо‘qilgan polimer zanjirlaridan iborat bо‘lgan gel hosil qiluvchi uchlamchi elaklarga о‘rnatiladi. Zanjir bog‘lari orasidagi masofa ferment molekulasidan kichik bо‘lgani uchun, u maxkam siqilib turadi va polimerdan chiqib keta olmaydi. Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog‘ni mustahkamligini oshiruvchi omil rolini ferment va tashuvchi gel orasida paydo bо‘lgan vodorod bog‘lari ham о‘ynashi mumkin.
Polimer zanjirlari orasidagi bо‘shliq suv bilan tо‘ldirilgan bо‘ladi. Masalan, akril kislotasi hosilalari asosida paydo bо‘lgan gelda, uning miqdoriga qarab, 50 dan 90% gacha suv bо‘lishi mumkin.
Fermentlarni gelda immobilizatsiya qilishning ikki usuli bor. Birinchisi, ferment monomer eritmasida eritiladi sо‘ngra polimerizatsiya qilinadi. Bunday eritmaga kо‘pchilik hollarda bifunksional agentlar ham qо‘shiladi.
Ikkinchisi, P. Bertfeld va Dj. Uenlar ishlatgan N-N' metilen-bisakrilamidni polimerizatsiya qilish asosida olinadigan immobilizatsiyalangan fermentlar.
Gelga kiritish yо‘li bilan immobilizatsiya qilish usuli о‘zining soddaligi bilan ajralib turadi. Bu usul bilan fermentni xoxlagan geometrik konformatsiyada (sferik zarrachalar va h.k.) olish va fermentni tashuvchi ichida bir tekis tarqalishiga erishish mumkin.
Kо‘pchilik polimer gellar о‘zlarining mexanik va kimyoviy issiqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar esa fermentlarni bir necha marotabalab ishlatish imkonini beradi. Bu usul universal usul bо‘lib, nafaqat barcha xildagi fermentlar, balki poliferment tizimlar, hujayra va hujayra fragmentlarini immobilizatsiya qilish uchun ham tо‘g‘ri keladi. Bu usulni ijobiy tomonlaridan yana biri - uni fermentga mо‘tadillik berish imkoniyatidir. Va nihoyat, bu usulda immobilizatsiya qilingan ferment, bakteriologik zararlanishdan qо‘rqmaydi chunki, ferment molekulasidan katta bо‘lgan bakteriyalar gelni ichiga kira olmaydilar.
Usulning eng katta kamchiligi ba’zi bir holatda polimer matrikslari substratni diffuziyasigi xalaqit beradi va shu tufayli fermentni faolligi past bо‘lishi mumkin. Shunday ekan, substrat sifatida yuqori molekulali moddalar ishlatilganda bu usuldan butunlay foydalanish mumkin emas.


Download 205.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling