Protestantlik
Download 93.5 Kb.
|
PROTESTANTLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Presviterianlar
Kalvinizm
Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi. U ning 1536 yilda nashr etilgan “Xristian dinidagi ko‘rsatmalar” degan bosh asari, protestanizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo‘nalish - kalvinizmning asosi bo‘lib qoldi.Dastlabki islohot arboblaridan farqli o‘laroq, Kalvin uchun asosiy manba Injil emas, balki Tavrot bo‘lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. “Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan”, der edi u. Protestant cherkovining kalvinistik yo‘nalishdagi davomchilari (kalvinistlar yoki reformatorlar) SHotlandiya, Gollandiya, SHimoliy Germaniya, Fransiya, Angliyada keng nufuzga va ta’sirga ega edilar. Presviterianlar kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo‘lib, mo‘‘tadil puritanlardir. 1592 yili SHotlandiya parlamenti bu ta’limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida jamoa a’zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Presviterianlar diniy ta’limotining asosiy aqidalari “Vestminster” kitobida bayon qilingan. Bu aqidalar ortodoksal kalvinizm ruhida bo‘lib, olamdagi barcha odamlarning gunohkorligi va qismatning mutlaqligiga ishonchdan iborat. Presviter jamoasi qavmlar saylagan presviterlar va pastorlardan iborat konsistoriya tomonidan boshqariladi. Presveterianlarning oliy organi – bosh assambleya. Bosh assambleya presviteriyanlar vakil qilib yuborgan presviter va pastorlardan iborat. Presveterianlarning ko‘pchiligi o‘zlarining xalqaro tashkiloti – “Presveterianlarning tashkiliy tuzilishiga amal qiluvchi jahon reformatsiya cherkovlari alyansi”ga a’zodir. Mazkur alyans 1875 yilda tashkil etilgan. Hozirgi paytda SHotlandiya, Angliya, Irlandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda presveterianlar mavjud. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling