Protestantlik
Download 93.5 Kb.
|
PROTESTANTLIK
Novoapostol cherkovi
Novoapostol cherkovi XIX asrning o‘rtalarida Angliyada vujudga kelgan protestantlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda “Novoapostol cherkovi” dunyoning 180 ta davlatida 50 ga yaqin jamoa, 9 millionga yaqin a’zolariga ega. “Novoapostol cherkovi” diniy ta’limotida 7 sirli marosimning uchtasi e’tirof etiladi: - suv bilan cho‘qintirish (yoshning farqi yo‘q); - prichaщenie – non va vino bilan totinish; - eley moyini surtish – Muqaddas Ruh bilan (zapechatlenie) insonning ichki olamini butunlay yangilash. CHerkov ta’limotiga ko‘ra, Xudo ruhoniylarning duo va fotihalari sababli bandalariga o‘zining mehru muruvvatini ato qiladi. Marhumlar ruhiga bag‘ishlab bir yilda uch marotaba (mart, iyul va noyabr oylarining birinchi yakshanba kunlarida) o‘tkaziladigan diniy marosimlar ham “Novoapostol cherkovi”ning o‘ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Bu marosimlarda marhumlarning qarindoshlari va ruhoniylar ishtirok etib, xudodan ularning bu dunyoda qilgan gunohlarini avf etishini so‘rab, ibodat qiladilar. CHerkovni birinchi apostol va apostollar boshqaradilar. O‘z navbatida ular xristianlikdagi mashhur 12 apostolning o‘rinbosarlari hisoblanadilar. “Novoapostol cherkovi” nomi shundan kelib chiqqan. Birinchi apostol, diniy qoidalarga asosan, Xudoning erdagi vakili hisoblanadi. CHerkov xodimlari o‘z vazifalarini bepul va o‘zlarining asosiy kasblaridan tashqari bajaradilar Har bir jamoa 150-170 kishilik katta oila kabi tashkil etiladi. Pastorlar kamida ikki oyda bir marotaba har bir uyni ziyorat qiladilar. Asosiy e’tibor bolalar va o‘smirlar tarbiyasiga, nogiron va kambag‘allarga yordam qilishga qaratiladi. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling