Провидение управляет моей жизнью сегодня и каждый день


Download 112.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.12.2022
Hajmi112.77 Kb.
#1008454
  1   2
Bog'liq
gerb bayro madhiya prezident



1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida O’zbekiston 
Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonun qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud 
bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni daaom 
ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o’zligini 
ham aks ettiradi. 
Bayroqdagi havorang – zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy - lojuvard – havorang 
Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham o’z bayrog’iga bu rangni 
tanlagan. 
Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o’z yo’lida baland dovonlardan 
oshib o’tishi kerak. Bayroqdagi oq rang O’zbekiston Respublikasi tanlagan yo’lning musaffo 
va charog’on bo’lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. 
Qizil yo’llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir. 
Yashil rang – serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-
muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir. 
Yarimoy – O’zbekiston xalqining ko’p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarimoy va 
yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri 
mukammallik belgisidir. 
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli 
hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, ko‘z 
qorachig‘idek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq 
ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. 
Vatanimiz mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1991 
yilning 18 noyabrida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul 
qilindi. Mazkur hujjatda ta’kidlanganidek, milliy bayrog‘imiz davlat suverenitetining 
ramzlaridan biridir. 


 
O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi - 
davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. 
Davlat gerbi dumaloq ko`rinishga ega bo`lib, bu shaklning so`l tomoni rizq-ro`zimiz timsoli - 
bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa o`zbekning dong`ini dunyoga taratgan bebaho 
boyligimiz - chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan, uzoqdagi 
tog`lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni 
paytda bu O`zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori 
qismida esa O`zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki 
qismida yarimoy va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Xumo 
qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini ifoda 
etuvchi chambar tasmasiga “O`zbekiston” deb yozib qo`yilgan. 
O‘tayotgan har bir kun bizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston davlat 
mustaqilligining o‘n yetti yillik ayyomiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu sananing Vatanimiz, 
xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Zotan, biz mustaqillik tufayli 
o‘zligimizni angladik, kimlarning avlodi ekanligimizni chuqurroq tushunib yetdik. 
Davlatimiz rahbarining 2008 yil 12 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining o‘n yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida“gi 
qarorida ta’kidlanganidek, mustaqillik bizning borligimiz, shonu shuhratimiz, erkin va farovon 
kelajagimiz garovi sifatida har birimizning dilimizdan mustahkam joy oldi.
Shu o‘rinda aynan istiqlol tufayli mamlakatimiz timsoli bo‘lgan davlat ramzlarining qabul 
qilinganini ta’kidlash lozim. Zero, el-yurtimizning g‘ururi, iftixori bo‘lgan bu ramzlarda 
tariximiz, boy ma’naviy-madaniy merosimiz, milliy urf-odat hamda an’analarimiz, buyuk 
maqsad, ezgu orzu-intilishlarimiz tajassum topgan. 
1992 yil 2 iyulda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul 
qilindi. 
Davlatimiz gerbida xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topgan. Unda tarovatli 
vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasvirlangan. Bu serquyosh yurtimizga, undagi obod 
manzillarga ishora. Baland tog‘lar oralab oqayotgan daryolar – mangulik timsoli bo‘lsa, 
gerbning so‘l tomonidagi bug‘doy boshoqlari xalqimizning rizq-ro‘zi butunligidan, o‘ng 
tomonidagi qiyg‘os ochilgan g‘o‘za ifodalangan chambar yurtimiz odamlarining oppoq 
orzulari, ezgu niyatlaridan dalolatdir. Gerbning yuqori qismida elu yurtimiz jipsligining ramzi 
sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Uning ichida joylashgan yarim oy va yulduz 
xalqimizning dinu diyonatiga xos muborak timsollardir.

Download 112.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling