Psilottoifa-psilotophyta-o'simliklar


POLUSHNIKNAMOLAR-ISOETALES QABILASI


Download 85.5 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi85.5 Kb.
#207721
1   2   3   4   5
Bog'liq
Plauntoifa o'simliklar

POLUSHNIKNAMOLAR-ISOETALES QABILASI.

Bu qabilaga bitga polushnikdoshlar (Isoetaceae) oilasi va bitta turkum (Isoetes) mansub bo`lib, ular 70 ga yaqin to`rni o`z ichiga oladi. Ularga ko`p yillik ut o`simliklar kiradi. qabila turlari Markaziy Yevropada va Amerikada tarqalgan.

Polushniklarning poyasi piyozsimon, balandligi 8-25 sm. Pastki qismida ildizlari yuqori qismida esa barglari joylashgan. Eng tashqi barglarida megosporofill, undan so`ng mikrosporofill o`rnashgan. Poyaning eng uchida vegetativ barglar joylashgan. Sporafilli barglari kishda kuriydi, vegetativ barglari esa saqlanib keladi. Ular yezda yana sporofillarga aylanib, poyaning uchki qismida yana yangi vetativ barglar taraqqiy etadi. Sporofillda qisqa bandchalar yordamida mikro va makro sperangiyalar joylashgan. Bo`larda ham mikrosporadan erkaklik gametofit,makrosporadan urg`ochi gametofit taraqqiy etadi. Urug`langan tuxum xujayradan murtak taraqqiy etadi. U tuproqka yopishib ildiz otib yangi o`simlikka aylanadi. (6-rasm.)

Polushniklarning poyasi kambiy qavati xisobiga yoniga yug`onlashadi. Kambiydan tashqarida pustlok parenximasi, ichkari tomonga esa floema va ksilema elementlari taraqqiy etadi.

Mazkur bo`limga 12 taga yaqin tur kiradi. Ular bo`limning nomi bilan ataluvchi bitta sinf, bitta qabila, bitta oila va 2 ta turkum psilot (Psilota) hamda tmezipterisdan (Tmesipteris) iborat.

Psilot turkumiga 2 ta tur kiradi. Ular tropik va subtropik iqlimga ega bo`lgan xududlarda - Janubiy Ispaniya, Janubiy Koreya, Janubiy Yaponiya, Gavaya orollarida, Janubiy Amerikada, Bermud orollarida va yangi Zelandiyagacha tarqalib borgan. Tmezipteris turkumining vakillari (10 ta ) esa Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Zelandiyadan Fillipin orollarigacha tarqalgan, qisman Xindistonda ham uchraydi. Ular epifit holda ba`zan tosh yoriklarida hamda chirindiga boy tuproqlarda o`sadi.

Bo`limning vakillari juda sodda to`zilishga ega bo`lgan yuksak o`simliklarning eng qadimgi turlaridandir. Ular deyarli amaliy ahamiyatga ega emas. Faqat oddiy psilot turi Yaponiyada manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi. Birok ular o`simliklarning evolyusion taraqqiyotini urganishda ilmiy ahamiyatiga ega. Psilotsimonlar turlarida ham haqikiy ildiz bo`lmaydi. Ularning yer osti organi ildiz poyasiga uxshash dixotomik shoxlangan rizomoidlardan iborat. Ular juda ko`p rizoidlar bilan qoplangan. Bu jihatdan ular riniyafitlarga uxshash. Oddiy psilota to`rining ayrim rizoidlari uchida ajraluvchi ko`rtaklar xosil bo`lib, ulardan yangi rizoidlar o`sib chiqadi. Psilotsimonlarning rizomoidlaridan dixotomik shoxlangan yer usti organlari o`sadi.

Psilotlarning poyasi 10-100 sm, tmezipterslarda esa 5-25 sm (ba`zan 40 sm) gacha uzunlikda bo`ladi. Ayrimlarida poya tikka o`sadi yoki pastga qarab osilgan epifit poyali bo`ladi. Bo`lim vakillari ko`pincha daraxtsimon qirqqo`loqlarning poyasida epifit holda uchraydi.

Psilotlarning barglari kichchik tangachalar shaklida. Ularda barg tomirlari bo`lmaydi. Assimilyasiya vazifasini poyasi bajaradi. Tmezipterisning barglari kengrok, nashtarsimon, tukimalari yaxshirok rivojlangan. Bunday tipdagi barglarning xosil bulishini plaunlarda va qadimgi psilofitlarda kuzatish mumkin. Ayrisimon shoxlangan sporofitlarining uchida sinangiylar (sporangiyalarning qo`shilib o`sishiga sinangiy deyiladi) xosil bo`ladi. Sporalari bir xil kattalikka ega. Sporalardan chuvalchangsimon shakldagi gametofit o`sadi. Psilotlarda 1,8-3 sm uzunlikdagi dixotomik shoxlar bo`ladi. Gametofitida rizoidlari bor, ular yer ostida joylashgan, xlorofilsiz, saprofit oziklanadi. Yosh gametofitlari tashqi ko`rinishi jihatidan sporafitga uxshaydi, 2 jinsli. Anteridiysi sharsimon shaklga ega, unda spiral bo`ralgan bir kancha ko`p xivchinli spermatazoidlar xosil bo`ladi. Ular gametofitdagi arxegoniyning tuxum xujayrasini otalantirgandan keyin murtak xosil bo`ladi. Keyinchalik murtakdan dixotomik shoxlangan yosh sporofit o`sadi. Yer osti qismidan esa rizonoidlar taraqqiy etadi. (7-rasm). Psilotasimonlarning qazilma vakillari topilmagan. Psilota - ularga riniyafitlardan kelib chiqkan deb karaladi. Psilotlarda sporangiylar yon shoxchalarda, riniofitlarda esa shoxchalarning uchida xosil bo`ladi.

Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling