Psilottoifa-psilotophyta-o'simliklar
SINF (AJDOD) POLUSHNIKSIMONLAR -
Download 85.5 Kb.
|
Plauntoifa o'simliklar
SINF (AJDOD) POLUSHNIKSIMONLAR -ISOETOPSIDA
Bu sinf toshkumir davrida tabiatda keng tarqalgan bo`lib, qalin toshkumir katlamlarini tashqil etgan. SELAGINELLANAMOLAR-SELAGINELLALES QABILASI. Mazkur qabila bitta selaginelladoshlar (Selaginelaceae) oilasi va bitga selaginella (Selaginella) turkumiga mansub 700 ga yaqin to`rni o`z ichiga oladi. Turkum turlari asosan tropik va subtropik zonalarida tarqalgan. Ularning ayrim turlari Yevraziyaning mu`tadil iqlimli tog`lik xududlarida, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Turkum vakillarining ko`pchiligi yotib o`suvchi yoki lianalar bo`lib, 50 yaqin turlari tik o`sadi. Ayrim lianalar poyasining uzunligi 18-20 m ga yetadi. Poyasi tikka o`suvchi vakillarining barglari kichchik, bir xil kattalikka va shaklga ega, poyada spiral holda o`rnashgan. Poyasi yotib o`suvchi turlarining ustki barglari kichchik, poyaning ostki qismida (yon tomonlarida) gi barglari yirikrok. Ildizi dixotomik shoxlangan. Selaginellar har xil sporali o`simliklarga kiradi. Spora boshoqlari shoxlarining uchila xosil bo`lib, ularda sporafillar (spora bargi) o`rnashgan. Sporangiyalari buyraksimon yoki teskari tuxumsimon, qisqa bandlari yordamida sporafillda joylashgan. Ko`pchilik turlarida makro va mikro sporangiyalar bitta boshoqda joylashadi. Mikrosporalar yetilgandan so`ng ulardan erkaklik gametofit, makrosporadan esa urg`ochi gametofit taraqqiy etadi. Urg`ochi gametofitning ustki qismida bir nechta arxegoniy xosil bo`lib, spermatozoidlar unga suv yordamida so`zib kiradi va uning korincha qismidagi tuxum xujayrani urug`lantiradi. Urug`langan tuxum xujayradan murtak taraqqiy etadi. Murtakda poyacha, bargcha,bandcha va rizoforalar xosil buyardi. Murtakdan qo`lay sharoitda yangi yosh sellaginella xosil bo`ladi. Download 85.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling