2.savol.Psixalogiya faninig predmenti nima.
Psixologiya fanining predmeti. Har bir fan boshqa fanlardan o‘z predmeti bilan farq qiladi. Boshqa fanlardan farqli ravishda, psixologi-ya fanining predmeti, u bahs yurituvchi hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushunish qiyinroq. Buning sababi psixik hodisalarning o‘zgaruvchanligi, odamni qurshab turgan tashqi olamdagi hodisalardan farq qilishida. Psixologiyaning predmeti psixika deb atalmish turli hodisalar (idrok, xotira, tafakkur, iroda va huquq) bo‘lib, ular voqelikdagi haqiqiy hodisa va fanlarga qarama-qarshi qo‘yib kelingan. Psixologiyaning predmeti bo‘lgan munosabat uning nomida aks ettirilgan. «Psixologiya» so‘zi ikki (grekcha so‘z «psyuxe» «jon, ruh», «logos» «ta’limot») birikmasidan iborat bo‘lib, «ruh, jon» haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Psixik hodisalarning barchasi «psixika», «odam psixi-kasi», «kishining ichki dunyosi», «ruhiy hayoti» kabi nomlar bilan ataladi
Do'stlaringiz bilan baham: |