Psixalogiya fannidan javoblar


Download 1.35 Mb.
bet63/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#242254
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
Bog'liq
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR

Билет №28

1-savol.Tasavvur haqida tushuncha bering.

Tasavvur — narsa va hodisalar, holatlarni, voqelik obrazlarini eslash, shuningdek, ijodiy xayol surish jarayoni. Xotira shaklida ham namoyon boʻladi. Agar idrok hozirgi daqiqalarni aks ettirsa, T. ham oʻtmishni, ham kelajakni oʻzida mujassamlashtiradi, umumlashgan xususiyat kasb etadi. Lekin T. idroqdan oʻzining muayyan darajada noaniqligi bilan farqlanib turadi. Biroq uning hissiy narsalarga qaratilgan xususiyati maʼlum turlarga ajratish imkonini beradi (koʻrish, eshitish, taʼm va hid bilish, terituyush T.lari). T.da tanish xrdisalar, joylar, sahnalarga asoslanish xotirlashning samarali vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. T.ni yangi obrazlar bilan boyitish fikrlash topshiriqlarini yechishda muhim urin egallaydi. Bu oʻrinda favquloddagi vaziyatlar, shartsharoitlar voqelikka yangicha "nigoh" tashlash yoki tahlil etishni talab qilsa, ular yanada yorqinroq gavdalanadi. T. bilan tafakkurning hamkorlikdagi munosabatlari yangilik unsurlari paydo boʻlishini, ijodiy xayol timsollari vujudga kelishini taʼminlab turadi. Bilimlarni oʻzlashtirishda, kasbiy malakalarni egallashda T. muhim ahamiyatga ega. T. ham umumiy, ham xususiy, ham ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Ijtimoiy T. umumbashariy va milliy urfodatlarni, marosimlar, anʼanalar hamda qadriyatlarni aks ettiradi.



3-savol.Ekologik tarbiyani xarakterlang.

Ekologik ta’lim va tarbiyalash tizimi bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumiy ta’lim maktablarida, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Barchamizga ma’lumki, ma’lumotlarda shuni ko‘rsa bo‘ladi, ya’ni inson aqli uning umumiy rivojlanishning dastlabki 3-4 yilida 50 foizni, 4-8 yilida 30 foizini, 8-17 yilida esa 20 foizni tashkil qiladi. Shuni hisobga olib, ekologik tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi.Bolalarda tabiatga nisbatan muhabbat va g‘amxo‘rlik tuyg‘ulari oila va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashni yoshlikdan boshlash zarurligini mashhur progressiv pedagoglar o‘z asarlarida ta’kidlab o‘tishgan. XVII asrda yashagan mashhur pedagog Yа.A.Komenskiy o‘zining "Sezilarli narsalarni rasmlarda ifoda etish" nomli kitobida alohida ko‘rsatib o‘tgan. Bu kitob bolalar tushunadigan ensiklopediyadan iborat bo‘lib, bolalarga tabiatni sevishga, uning hayoti va tuzilishi bilan tanishishlariga yordam beradigan shaklda yozilgan. Tabiat muhofazasi ishlarida insonparvarlik–gumanizm maksadlari, ya’ni kishilarga yaxshilik, g‘amxo‘rlik qilish muhim o‘rin tutadi. Hamma mashhur pedagoglar o‘quvchilarni yoshligidan boshlab insonparvarlik, tabiatparvarlik ruhida tarbiyalashnita’kidlabkelganlar. Psixologlar fikricha, bilimga bo‘lgan qiziquvchanlik tevarak-atrofni o‘rgatishga yetaklovchi kuch bo‘lib, bolalarning olgan bilimlarin ifaollashtiradi, amalda qo‘llash malakalarini shakllantiradi.“Ekologik madaniyat” degan tushuncha zamirida ayni shu xolatlarni anglab, fikrlab munosabat ko‘rsatish, tabiat va jamiyat qonunlariga most arzda hayot kechirish talablari mujassamdir. Ekologik madaniyat ham umum insoniy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, uning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shu bois har birinsonda o‘zi yashab turgan uy, ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharni ifloslanishdan asrash, uni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tabiiy maskanlarni asl holida saqlash va ulardan unumli foydalanish, yurtimiz tabiatini muhofaza qilish singari fazilatlarni shakllantirishda ekologik madaniyat hisoblanadi.

«Ekologik t a ’lim-tarbiya konsepsiyasi»ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» j a m g ‘armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolatdir.Ayniqsa, u m u m ta ’lim maktablarida ham ekologik y o ‘nalishdagi sinflarning tashkil etilishi, bu asosda litsey maktablarining shakllanishi yosh avlodga maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganini k o ‘rsatadi. Maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam q o ‘ygan har bir yosh, qanday ixtisos egasi b o ‘lishidan q at’iy nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid nazariy hamda amaliy bilimlarga ega b o ‘lishi kerak.Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori b o ‘lsa, uning tabiatga t a ’sir etish darajasi ham shunchalik k o ‘p b o ‘lar ekan.

4-savol.Korreksion pedagogikaning vazifasi nimalardan iborat?

Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqish;anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling