Psixalogiya fannidan javoblar


Download 1.35 Mb.
bet60/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#242254
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
Bog'liq
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR

Билет №26

1 Idrok xaqida ummumiy tushuncha bering ?

Idrok — tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obʼyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.

I. ongning , miyaning ijodiy jarayonidir. I.ning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xu-susiyati bilan emas, balki jami xususi-yatlarining taʼsiri bilan bogʻliq. I. ana shu barcha xususiyatlar oʻrtasidagi mu-vaqqat bogʻlanish (qarang Assotsiatsiya) natijasida yuzaga keladi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan I. jarayoniga kishining tajriba-si, bilim, abstrakt tafakkurning faoliyati va b. ham ishtirok etadi (qarang Appersepsiya). Shuning uchun kishilar ayni bir narsa yoki xrdisani yoshlari, maʼlumotlari, turmush tajribalari, kasblari, ijtimoiy chiqishlari, harakter, qobiliyat va qiziqishlarida koʻrinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil I. qiladilar. Mac, tegishli ixtisosi boʻlmagan kishining birorta yangi mashinani I. qilishi ixtisosi bor odamning I.iga Karaganda tor va yuzaki boʻladi.

I.ning muhim xususiyatlaridan biri barqaror (konstant)ligidir. Inson bir vaqtda I. qilgan narsani oʻz xotirasida saqlab qolish va uni kayta tiklash qobiliyatiga ega. Bir narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli (qarang Tasavvur) I. jarayonining ajralmas qismi. I.ning xususiyati koʻp jihatdan hissiy kechinmalarga (shodlik, gʻamginlik, tajanglik va h.k.) ham bogʻliq. Mac, kishining taʼbi xira vaqtida tabiat manzaralari unga allakanday soʻniqdek koʻrinsa, taʼbi chogʻ vaqtida u butunlay boshqacha koʻrinadi.



2 Idrokning konstantligi deganda nimani tushunasiz ?

Shaxs tevarak - atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi a`zolariga bevosita ta`sir etib turgan narsa - hodisalarning obrazlarining kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir - biri bilan chambarchas bog`liq. Kishi narsa - hodisalarning ayrim xossalarini sezadi, uni bir butun holda idrok qiladi. CHunki, narsa va xossa bir - biridan ajralgan holda mavjud bo`lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmoq qandni idrok qilinadi, uning shirinligini seziladi. Quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligini seziladi va boshqalar.

Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi:

1. Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan: qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtiroq etadi. Qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi ko`rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta`m sezgisi, harakatni aks ettiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar tahlil yordamida ajratib olinadi va idrokning retseptiv tomonini tashqil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu esa idrokning pertseptiv tomonini tashkil etadi.

2. Har bir idrok tarkibiga kishining o`tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi.

Biz bunday shakl va buyumlarni ilgari juda ko`p marta ko`rganmiz. Ular haqida muayyan bilimlarimiz bor. SHuning uchun bu shakllardagi etishmagan joylarni o`sha bilimlardan olib qo`shamiz va bir butun aks ettiramiz. Demak, idrok jarayoniga xotira faoliyati qo`shiladi.

3. Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi, Masalan, derazadagi qirovni idrok qilib, tropik o`rmon yoki gullarga o`xshatish, kesib olingan daraxt to`nkasini idrok qilib biror yovvoyi hayvonga o`xshatish, osmondagi pag`a – pag`a so`zib yurgan oq bulutlarni idrok qilib, to`plab qo`yilgan paxtaga o`xshatish va boshqalar.

4. Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo`lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va “bu nima”, “buning nomi nima” degan savol tug`iladi. SHuning, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. YA`ni narsa yoki hodisaga nom beriladi, uni so`z bilan aytiladi va mavjud tushuncha doirasiga kiritiladi. Masalan “bu gul”, “bu mashina”, “bu kitob” va boshqalar.

5. Idrok jarayoniga his - tuyg`ular ta`sir qiladi. Bu his - tuyg`ular idrok qilinayotgan narsa- hodisalar to`g`risida o`tmishda tug`ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonida vujudga kelishi mumkin.

His - tuyg`ular idrokning faollik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, yorqin qiladi.

6. Idrok jarayonida diqqat g`oyat katta ahamiyatga ega.

Diqqat idrokning faolligini oshiradi va uning mukammal bo`lishiga xizmat qiladi. Diqqatsiz hech narsani idrok qilish mumkin emas. Narsa - hodisalarni to`liq va raso idrok qilish uchun shu narsa - hodisalar ustida diqqat kuchli va barqaror turishi zarur. Demak, o`quv materialini yaxshi idrok qilish uchun o`quvchilar diqqatini uyushtirish kerak.



3 Jismoniy tarbiya deganda nimani tushunasiz ?

Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. J. t.ning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. J. t. aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n qoʻshib olib boriladi.

Ibtidoiy davrdan boshlab J. t.ga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida J. t.ga eʼtibor yanada kuchaydi. Gumanistlar J. t.ni oʻquv dasturiga kiritishga uringanlar. J. t.ga oʻrta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida karala boshlandi. J. J. Russo "Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan pedagogik risolasida J. t.ning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini taʼkidlagan. 18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar J. t.ning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlarda J. t.ning milliy tizimlari tarkib topdi.

Oʻzbekistonda J. t.ga juda qadimdan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb qaralgan. Mahmud Koshgariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida 100 dan ziyod xalq oʻyinlari toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. "Alpomish" oʻzbek xalq qahramonlik dostoni, Alisher Navoiyning "Farxod va Shirin", Zayniddin

Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye" ("Nodir voqealar"), Boburning "Boburnoma" asari va b.da jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahsmunozaralarining xilma-xil namunalaridan xikoya qilinadi.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillariga kelib J. t. va sport davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. 1992 y.da (2000 y.da esa yangi tahrirda) "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi qonunning qabul qilinishi, 1993 y.da Sogʻlom avlod davlat dasturining ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasining sportning alohida turlarini rivojlantirishga oid va nihoyat 1999 y.da "Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori J. t.ning huquqiy asoslarini yaratdi.



4 Oila tarbiyasi qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etadi ?

Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang , serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling