Psixiatriyaning huquqiy jihatlari. Ruhiy bemorlarni tekshirishning asosiy usullari. Psixofarmakoterapiya asoslari. Ruhiyatning taraqqiyoti
Ruhan tekshiruv va aql salohiyatini sinab ko‘rish
Download 19.79 Kb.
|
Amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatish usuli.
- Tashqi kuzatish.
Ruhan tekshiruv va aql salohiyatini sinab ko‘rish
Psixologiya tibbiyot bilan qadimdan chambarchas bog'lanib keladi. Kasalliklar orasida psixik kasalliklarguruhi ham bo'ladi. Bunday kasalliklarni ham asosan psixologik vositalar bilan davolashga to'g'ri keladi. O'rta tibbiyot xodimi, shifokor bemorning ruhiy holatiga to‘g‘ri baho berish uchun, awalo, odamning normal psixologivasini bilishi kerak. Barcha tibbiyot xodimlari, shu jumladan, o'rta tibbiyot xodimlari ham bemorga ruhiy ta ’sir ko'rsatish vositalarini: ishontirish, maslahat berish va u bilan muomala qilish yo'llarini puxta bilishlari kerak. Tibbiy psixologiya eng yosh, rivojlanib kelayotgan fanlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib tibbiy psixologiya juda ko'p qimmatli ilmiy ma’lumotlar to'pladi. Bu to'plangan ma'lumotlar somatogen va psixogen kasalliklarning oldini olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun tibbiyot xodimlarining ruhiy holatlarini o'rganish, sog'lom muhitli jamoani tashkil qilish asosida tibbiy xizmatni vaxshilash kabi masalalar yechimini topishga ancha ko'maklashmoqda. Tibbiy psixologiya tibbiyotning barcha sohalari va bosqichlari uchun amaliy ahamiyatga ega. Chunki bemorning ruhiy jihatdan tetikligini ta ’minlamasdan turib uni samarali davolashga erishib bo'lmaydi. Tibbiy psixologiya bemor psixikasini chuqurroq o'rganish maqsadida kuzatish, eksperiment, suhbat, tarjimayi holini o'rganish usullari bilan bir qatorda bir qancha test tizimlaridan foydalanadi. Kuzatish usuli. Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitlarda odamning turli-tuman faoliyatida qanday ko'rinishda voqe bo'lsa, o'sha ko'rinishda kuzatish usulining yordami bilan o'rganiladi. Kuzatish usuli ikkiga bo'linadi: a) tashqi; b) o'z-o'zini kuzatish yoki ichki kuzatish. Tashqi kuzatish. Bu usul tibbiy psixologiyada keng qo'llaniladi. Shifokorlar va o'rta tibbiyot xodimlari bemorlarning ruhiy holatlarini tashqaridan kuzatib boradilar. Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu usul yordami bilan psixik hayotning sezgi a ’zolarimiz bevosita seza oladigan, o'zimiz bevosita idrok qila oladigan dalillar aniqlanadi va tasvirlanadi. Kuzatish usuli psixik hodisalarni faqat tasvir etish bilan cheklanib qolmay, balki shu hodisalarni tushuntirish, ya’ni ularning tevarak-atrofdagi m uhitga, tarbiyaga, odam ning faoliyat turiga, organizmning umumiy ahvoliga va asab sistemasining holatiga bog'liq ekanligini isbotlash imkonini ham beradi. Download 19.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling