Psixiatriyaning huquqiy jihatlari. Ruhiy bemorlarni tekshirishning asosiy usullari. Psixofarmakoterapiya asoslari. Ruhiyatning taraqqiyoti
Download 19.79 Kb.
|
Amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy eksperiment.
- So‘rash va suhbat usuli
Eksperimental usul. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriva
eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadi. Laboratoriya eksperimenti. Uning mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan ruhiy hodisani qachon kerak bo'lsa, o'sha vaqtda .(* : ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan ruhiy hodisa tabiiv sharoitda birgalikda sodir boladigan boshqa psixik hodisalar eksperiment mobaynida o'zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan birtarzda boglanishi, kuchi, tezligi, hajmi va boshqa shu kabi jihatlari olchab koTilishi mumkin. Bu usulning yutug‘i shundaki, bunda psixik hodisalarning qonuniyatlari yaxshiroq ochiladi. Eksperimental tadqiqotlar o'tkazishda maxsus materiallar — narsa, rasm va so‘zlar, maxsus asboblar qoilaniladi. Tabiiy eksperiment. Bu usul oddiy obyektiv suratda kuzatish usuli bilan laboratoriya eksperimenti usuli o ‘rtasida turadi. Tabiiy eksperiment usulining mohiyati shundaki, bu yerda tekshiruvchi kishining o ‘zi tekshiriladigan kishida (yoki kishilarda) psixik jarayon (masalan, xotira, diqqat, tasawur) hosil qilish yoki tekshiriladigan kishilarda individual xususiyatlarni namoyon etish uchun maksus sharoit tug‘diriladi. So‘rash va suhbat usuli Tibbiyotda eng keng qollaniladigan usul bolib, amaliy ahamiyati katta. So'rash va suhbat usuli psixik hodisalarning, asosan, ichki, subyektiv tomonini tekshirish uchun qoilaniladi. Bu usulda tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiriluvchi kishiga beriladigan savollarni oldindan belgilab oladi. Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi kishida qaysi kechinmalar va ong jarayonlarini o'rganish kerak bolsa, u o'z javoblarida xuddi o'sha kechinmalarni va o'sha ong jarayonlarini oydinlashtirib beradi. Tekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual xususiyatlariga qarab suhbat vaqtida savollarni o'zgartirish, toldirish, boshqacha qilib berish mumkin. Ayni vaqtda tadqiqotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib, masalan, nutqining xususiyatlarini, mimikasini va shunga o'xshash xususiyatlarni qayd qilib turadi. Iloji bolsa, tekshiriluvchi kishining javoblari magnitofon tasmasiga yozib olinadi. Shu tariqa to‘plangan dastlabki material sistemaga solinadi, statistik jihatdan ishlab chiqiladi, tahlil qilinadi, tasnifga solinib, xulosa chiqariladi. Tibbiy psixologiyada yuqorida keltirilgan asosiv tekshirish usullaridan tashqari test tizimlari ham qoilaniladi. Bu test tizimlari shaxsning ikkita asosiy xususiyati: intellekti va xarakteridagi xususiyatlarni farq qilishga imkon yaratadi. Download 19.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling