Psixik jarayonlar


DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI


Download 81.5 Kb.
bet2/8
Sana16.11.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1781698
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
psihik

DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Diqqatning fiziologik mexanizmlari ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir. Bu mexanizm sub`ekt (organizm) uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, psixik faoliyatning yo`nalganligini ta`minlaydi. Bunday yo`naltirilishga ORIENTATSIYA (tushunib olish) refleksini misol qilib keltirish mumkin. Har qanday yangi qo`zg`atuvchi (agar u etarli darajada kuchli bo`lsa) bu refleksni, I.P.Pavlov aytganidek, "nima u" degan refleksni keltirib chiqaradi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, orientatsiya (tushunib olish) refleksi paydo bo`lgan paytda xuddi uyqudan uyg`onib bedorlikka o`tishdagidek o`zgarish hosil bo`ladi. I.P.Pavlov tomonidan kashf qilingan nerv jarayonlarining INDUKTSIYASI qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muhim ahamiyatga ega. Nerv jarayonlarining INDUKTSIYASI qonuniga asosan bosh miya po`stining bir joyida maydonga kelgan qo`zg`alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Va aksincha bosh miya po`stining bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya po`stining boshqa joyida kuchli qo`zg`alishni yuzaga keltiradi.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan DOMINANTLIK printsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini tushunishda muhim rol o`ynaydi. Bu printsipga asosan, miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron uchog`i mavjud, bu hukmron qo`zg`alish uchog`i ayni paytda miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Bunday qo`zg`alish uchog`ining paydo bo`lish asosi mazkur qo`zg`atuvchining kuchigagina bog`liq bo`lmay, balki nerv tizimining ichki holatiga ham bog`liq bo`ladi. Bu hol psixologik jihatdan biror qo`zg`atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog`da ta`sir qilib turgan boshqa qo`zg`atuvchilardan chalg`ishda ifodalanadi.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling