Psixika va ongning taraqqiyoti
Download 56.24 Kb.
|
3-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ong o‘z quyidagi to‘rt muhim psixologik xarakteristika bilan aniqlanadi
Psixika va ong
Ko‘pincha biz psixika bilan ongni bir ma’noda ishlatamiz. Bu to‘g‘ri. CHunki psixikaning yuksak shakli ong bo‘lib hisoblanadi. Lekin psixika insonlarga ham, hayvonlarga ham xosdir, ong esa faqat insonlarga xos xususiyatdir. Ob’ektiv borliq inson miyasida turli xil darajada aks etadi. Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo‘lib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy-tarixiy sharoitda, mehnat faoliyatida boshqa odamlar bilan til yordamida munosabatda bo‘lishi natijasida shakllangan. Ontogenetik taraqqiyot jarayonida ham ong ijtimoiy muhit ta’siri ostida faoliyat va muloqot jarayonida shakllanadi. Ongning mohiyatini to‘g‘ri tushunish uchun uning tuzilishini ko‘rib chiqish lozim. Ong o‘z quyidagi to‘rt muhim psixologik xarakteristika bilan aniqlanadi. 1. Ongning birinchi xarakteristikasi uning nomida aks ettirilgan: ong, anglash. Inson ongi tevarak-atrof, tashqi va insonning o‘zining ichki dunyosiga oid bilimlar to‘plami, yig‘indisidan iboratdir. Agar inson tashqi olam va o‘zi ichki dunyosi xaqida bilimlarni o‘zlashtirish va anglashdek muhim xususiyatdan mahrum bo‘lganda, unda hech qanday bilim va ong shakllanmagan bo‘lar edi. Bizning bilimlarimiz ongning birlamchi asosini tashqil qiladi. Bilimlar turli psixik jarayonlar (bilimlar sezgi, idrok, diqqat va h.k. yordamida o‘zlashtiriladi, xotirada saqlanadi, tafakkur jarayonida tahlil qilinadi) yordamida o‘zlashtiriladi va boyitib boriladi. Bilish jarayonlaridan birining buzilishi, kasallanishi (batamom ishdan chiqishi haqida gapirmasak ham bo‘ladi) ongning buzilishiga olib keladi. 2. Ongning ikkinchi xarakteristikasi – unda sub’ekt va ob’ekt o‘rtasidagi farq o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda inson o‘zini boshqalardan va tashqi olamdan farqlaydi, unda "men" va "men emas" tushunchasi mavjud. Odam organiq olam tarixida birinchi marta undan ajralib chiqdi va o‘zini tashqi olam, tevarak-atrofdagi muhitga qarshi qo‘ydi. Bunday xususiyatning paydo bo‘lishining natijasi insonning o‘z-o‘zini bilishi va o‘zligini anglashida, o‘z-o‘zini baholashida aks etadi. Insongina o‘zining tashqi olamdan, predmetlardan, boshqa kishilardan farqini, ustunligi va kamchiliklarini anglay oladi. SHunday anglash va taqqoslash kishining shaxs sifatida rivojlanishining asosini tashqil qiladi. Nafaqat alohida shaxsning, balki millatning, xalqning rivojlanishi ham uning o‘zligini anglashi bilan bog‘liq. 3. Ongning uchinchi xarakteristikasi - maqsad qo‘yish va maqsadga yo‘nalganlik bilan belgilanadi. Har qanday faoliyat maqsadini aniqlash ongning funksiyasi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishda maqsad qo‘yiladi, faoliyat motivlari yuzaga keladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo‘llari ishlab chiqiladi va sharoitni hisobga olgan holda zaruriy tuzatishlar kiritib boriladi. Ma’lum sabablar ta’sirida maqsad ko‘zlash yoki uni boshqarish, koordinatsiya qilishdagi buzilishlar ongning buzilishiga olib keladi. 4. Ongning to‘rtinchi xarakteristikasi - unda odamning ma’lum munosabatlari aks etishida. Inson o‘z atrofida bo‘layotgan voqealarga, ob’ektiv borliqqa, o‘z faoliyati va uning natijalariga adekvat munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat uning his-tuyg‘ularida nomoyon bo‘ladi. His-tuyg‘ular va munosabatlarning o‘zgarishi, noadekvatligi ongning buzilishidan darak beradi. Til, o‘zaro munosabatlar, faoliyat ongning yuqorida ko‘rsatilgan barcha sifatlarining tarkib topishining zaruriy sharoiti hisoblanadi. Psixologiya fanida "ong" tushunchasi bilan bir qatorda "ongsizlik", "ong osti" tushunchalari ham o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Ongsizlik psixikaning quyi darajasi bo‘lib, bunda qilinayotgan ishlarga hisobot berilmaydi, xulq-atvor va hatti-harakatlar ongli ravishda boshqarilmaydi. Ongsizlik sohasiga quyidagi psixik xodisalarni kiritish mumkin: uyqu holatidagi xodisalar (tush ko‘rish); ilgari ongli bajarilgan, ammo ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan hatti-harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo anglanmaydigan mayllar va h.k. Kasal odam psixikasida yuzaga keladigan ba’zi patologik holatlar ham ongsizlik xodisalari jumlasiga kiradi: alahlash, gallyusinatsiya va shu kabilar. Hayvon psixikasi bilan inson ongini bir-biridan farq qila bilmoq kerak. YAna shuni qo‘shish kerakki, psixika so‘zi mantiq jihatdan olganda keng ma’noli, ong esa unga nisbatan tor ma’noli tushunchadir. Download 56.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling