Psixika va ongning taraqqiyoti


Inson ongining hayvon psixikasidan asosiy farqini quyidagilarda ko‘rish mumkin


Download 56.24 Kb.
bet6/6
Sana15.03.2023
Hajmi56.24 Kb.
#1269008
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-MAVZU

Inson ongining hayvon psixikasidan asosiy farqini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
1. Inson xayvonlardan farq qilib o‘z faoliyatining bo‘lajak natijasini oldindan ko‘ra olishi mumkin. Bundan tashqari, kishi o‘z ishini oldindan rejalashtiradi, uni bajarish uchun eng oson yo‘l, usullarni tanlaydi.
Agar hayvonlar atrofdagi muhitga ongsiz ravishda moslashsalar, inson esa o‘z ehtiyojini ko‘prok darajada qondirish uchun muhitga ongli, rejali ravishda moslashadi. Bu moslashish mehnat jarayoni orqali bo‘ladi.
2. Inson shuning uchun o‘z faoliyatini rejalashtiradiki, oldindan ko‘ra biladiki, chunki u nutqqa egadir. Uning nutqqa ega bo‘lishi hayvonlardan ajratib turuvchi ikkinchi muhim farqidir. Doimo boshqalar bilan munosabatda bo‘lish, kitob o‘qish, ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishish, texnikani egallash tufayli inson o‘z ongini boyitib, o‘stirib boradi.
3. Insonning hayvonlardan yana bir muhim farqi shuki, u jamiyat ichida, jamoa ichida yashaydi. Jamiyatda yashamasdan, jamoa a’zolari bilan munosabatda bo‘lmasdan turib inson shaxsi shakllanmaydi.
Insonning ongi mehnat jarayonida, yangi-yangi mehnat qurollarini yasash protsessida o‘sib boradi.
Xulosa qilganimizda, psixologiya inson va hayvonga xos bo‘lgan psixik jarayonlarni, ularning paydo bo‘lish yo‘llarini va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganadigan fandir. Psixika esa bosh miya va nerv sistemasining mahsulidir. U doim o‘sib, rivojlanib boradi. Psixikaning eng yuksak shakli ong bo‘lib, u faqat insonlarga xosdir. Ong shaxsiy va ijtimoiy shaklda bo‘ladi.
Psixikaning nerv-fiziologik asoslari
XIX asrning ikkinchi yarmida rus olimi I.M.Sechenov (1829-1905) “Bosh miya reflekslari” (1863) asarida ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan iboratdir, degan xulosaga kelgan edi. I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g‘oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalar I.P.Pavlov (1849-1936) tomonidan tajriba yo‘li bilan tasdiqlandi va konkretlashtirildi. U hayvonlarning va odamlarning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I.P.Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki xil signal sistemasi haqidagi ta’limot deb ataladi.
Psixologik fikrlar tarixini qisqa ko‘rish natijasida psixologiya faniga yuqorida berilgan ta’rifni bir qadar konkretlashtirib, shunday ta’rif beriladi. Psixologiya - voqelikning miyadagi obrazi sifatida sodir bo‘luvchi psixik faktlari, qonuniyatlari va psixik mexanizmlari to‘g‘risidagi fandir. Qisqacha aytsak, psixologiya - odam psixik hayotining qonunlari to‘g‘risidagi fan. Kishining shaxsiy xarakterga ega bo‘lgan xulq-atvori va faoliyati voqelikning miyadagi obrazi asosida va shu obraz yordamida boshqariladi.
Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr, ong maxsus tarzda tashqil topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko‘p sonli maxsus a’zolari vositasida amalga oshiriladi.
Organiq dunyoning amyobalardan tortib to odamga qadar uzoq davom etgan evolyusiyasi davomida xulq-atvor va hatti-harakatlarning fiziologik mexanizmlari to‘xtovsiz murakkablashib, tabaqalashib va shular tufayli organizm muhit o‘zgarishlariga tez reaksiya qila oladigan va moslashuvchan bo‘la oladi.
Nerv sistemasi tuzilishining umumiy plani barcha umurtqalilarda bir xildir. Uning asosiy elementlari nerv xujayralari yoki neyronlar bo‘lib, ularning vazifasi qo‘zgatishdan iboratdir.
Markaziy nerv sistemasi ikki qismdan - bosh miya va orqa miyadan tashqil topgan. Bosh miyaning yuqori qismi olti qavat neyronlar (10 milliardga yaqin) bilan qoplangan hamda po‘stloq deb ataladigan katta yarim sharlarni hosil qiladi. Po‘stloq psixik faoliyatning eng muhim organidir. YArim sharlardan pastroqda, ensa qismida miyacha joylashgan bo‘lib, uning funksiyalari hali etarlicha o‘rganilmagan. Katta yarim sharlarga miya naychasi kelib taqaladi. Naychaning yuqori qismi - talamus orqa miyadan katta yarim sharlarga boradigan barcha nerv yo‘llari uchun «oraliq stansiyasi» vazifasini bajaradi. Naychaning pastki qismi - gipotalamus suv almashinuvini, ovqatlanish e’tiyojini va organizmning boshqa funksiyalarini boshqarib turadigan markazlardan tarkib topgandir.
Markaziy nerv sistemasining tilga olingan barcha qismlari murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uni o‘rganish va ta’riflash bilan anatomiya va gistologiya shug‘ullanadi.
Hozirgi zamon fanida mavjud tasavvurlarga qaraganda, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining asosan tug‘ma (shartsiz reflekslar) hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarim sharlarning qobig‘i esa hayot kechirish jarayonida orttiriladigan va psixika tomonidan boshqariladigan xulq-atvor shakllari organi hisoblanadi.
Tananing har bir sezuvchi a’zosi va har bir harakat a’zosi miyada o‘zining xususiy markazlariga egadir. Ko‘plab tajribalar hayvonlarda o‘tkazildi. Biroq, odamga kelganda shuni aytish kerakki, sog‘lom kishilarning miyasida jarrohlik bilan bog‘lik bironta ham eksperiment o‘tkazilmaydi, albatta. Inson katta yarim sharlar qobig‘ining anchagina qismini qo‘l barmoqlari, ayniqsa uning odamdagi boshqa barcha barmoqlarga qarama-qarshi qo‘yilgan bosh barmoq faoliyati bilan bog‘liq hujayralar, shuningdek nutq organlari - lab va til mushaklari funksiyasi bilan bog‘liq hujayralar egallaydi. SHunday qilib, odam miyasining katta yarim shari qobig‘ida mehnatda va muomalada asosiy funksiyani bajaradigan harakat a’zolari ancha ko‘p joylashgandir.
Hozirgi paytda mamlakatimizda va chet ellarda olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, oliy nerv faoliyatining umumiy qonuniyatlari hayvonlarning faol hatti-harakatida namoyon bo‘ladi.
Miya naychalarini elektr yordamida qo‘zg‘atish bilan bir qatorda unda eksperiment o‘tkazuvchining aralashuvisiz, beixtiyor ravishda hosil bo‘ladigan biotoklarni yozib olish metodi ham qo‘llaniladi. Bu tajribalar miyaning elektr aktivligi bir xil emasligini ko‘rsatdi. Biotoklar yozuvining xarakteriga qarab odamning psixik holatidagi o‘zgarishlar haqida xulosa chiqarish mumkin. Miyada hosil bo‘ladigan to‘lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga o‘xshaydi. Ularning eng sekinlari kishi tinch-osoyishta paytida, ko‘zlarini yumib o‘tirgan, betoqat bo‘lmasdan va diqqat-e’tibori bo‘shashgan holatida kuzatiladi. Lekin bunday holatda bo‘lgan kishi biron-bir topshiriq berilsa bormi, uning biotoklari darhol o‘zgara boshlaydi va unda to‘lqinlar tezligi ancha oshganligini ko‘rsatadigan izlar paydo bo‘ladi. Miyada elektro-ensefalogramma ko‘rinishidagi kuchaytirgich yordamida yozib olish mumkin bo‘lgan elektr toklari paydo bo‘lishining kashf etilishi psixologlar uchun ahamiyatli.
Odamdagi psixik jarayonlarning miyaga oid mexanizmlari bilan hayvonlar psixikasi mexanizmlari o‘rtasida o‘xshashlik bo‘lishiga qaramay, odam bilan hayvonning psixik faoliyati o‘rtasidagi tafovutlar faqat miqdor xarakterga emas, balki sifat xarakteriga ham egadir.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining 30% ni egallaydigan peshona qismlari alohida rol o‘ynaydi.
Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashqil etadi. Ong psixikaning oliy, uni, yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo‘lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar yig‘indisidan tashqil topadi. Ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, hayol va tafakkurni qo‘shish mumkin. Ongning o‘ziga xos xususiyatlari shakllanishi va namoyon bo‘lishining muqarrar sharti til hisoblanadi. Nutq faoliyati jarayonida odam bilimlar hosil qiladi, kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan, tilda mustahkamlab, unga etkazgan inson tafakkuri boyliklari bilan o‘z hayotini boyitadi.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Psixika deganda nimani tushunasiz?
2. Ko‘nikmalar nima?
3. Tropizmlar nima va ularning qaday turlari bor?
4. Ongning xossalarini sanab bering.


Adabiyotlar ro‘yxati
1. David G. Myers Psychology, USA , 2010.
2. James W. Kalat Introduction to Psychology, USA, 2013
3. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010
4. G‘oziev E.G. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent, 2010
Download 56.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling