Psixikaning filogenetik taraqqiyoti


Download 44.53 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi44.53 Kb.
#1425556
Bog'liq
10. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti


Psixikaning filogenetik taraqqiyoti
Psixik faoliyatni to‘g‘ri tushunish uchun odam va hayvonlar psixikasining asosi bo‘lmish nerv faoliyatining xususiyatlarini bilish zarur. Nerv sistemasi markaziy va periferik nerv sistemasi- ga ajraladi. Miya (bosh va orqa miya) markaziy nerv sistemasi hisoblanadi. Periferik nerv sistemasi bu nervlardir, ya’ni bosh va orqa miyadan tananing barcha tomonlariga tarqaluvchi nerv tolalaridir. Miya ham nerv hujayralaridan iborat. Ular o‘zaro bir-birlari bilan shoxchalari orqali bog‘langan. Miya bir necha qismlardan tuzilgan. Bosh miyaning katta yarimsharlari bosh miyaning po‘stloq osti tugunlari va po‘stlog‘idan iborat bo‘lib odamning barcha psixikasini boshqaradi. Po‘stloqning pesho- na qismlari muhim o‘rin egallaydi. Odam miyasining og‘irligi o‘rtacha 1400 g (maymunda — 500 g, otda — 650 g, ho‘kizda — 500 g, kitda — 2800 g, filda — 4000 g) og’irlikka ega.




Miya gavda og‘irligining 2% ini tashkil etadi, organizm qabul qiluvchi kislorodning 18% i miyaning oziqlanishiga sarf qilinadi. Bu organizmning hayot faoliyatida miya ishi faoliyati qanchalik murakkab ekanligini ko‘rsatadi. Hayvonlar va inson miyasini tanasiga nisbatini oladigan bo‘lsak, masalan, kitning miyasi tanalining 1/20000 qismini, filda — 1/400, maymun- da — 1/100, odamda esa 1/46 qismini tashkil etadi. Bosh mi­ya katta yarimsharlari po‘stlog‘i organizm hayotida muhim rol egallaydi. Odamda u o‘rtacha 14—15 mlrd neyronlardan tashkil topgan. Peshona qismlari ayniqsa ahamiyatlidir. Hayvon qan- chalik taraqqiy etgan bo‘lsa miyaning shunchalik katta qismini peshona tashkil etadi. Mushukda — 3%, itda — 7%, maymun- da — 16%, odamda — 29% ni tashkil qiladi.
Individning psixik hayotida miya og‘irligi va tuzili- shi alohida ahamiyatga ega. Kishining aqli haqida mi- ya og‘irligiga qarab hukm chiqarish noto‘g‘ridir. Masalan,l.S. Turgenevning miyasi 2012 gr, I.P. Pavlovning miyasi 1653 gr, D.I. Mendeleyevning miyasi 1571 gr, Anatol Frans- ning miyasi 1017 gr. Bosh miya og‘irligining ma’lum bir chegarasi ham borki, odamda undan kam bo‘lsa, aqliy qo- biliyat ancha pasayadi. Bu chegara erkaklarda 1000 gr ni, ayollarda 900 grammni, yangi tug‘ilgan bolalarda 380—400 gr ni tashkil etadi. Miyaning oliy bo‘limlari — katta yarim- sharlar har xil turdagi hayvonlarda qanday ahamiyatga ega ekanligini quyidagi faktlarda ko‘rish mumkin. Baliqlardagi mavjud yarimsharlar kurtagi olib tashlansa ham, ular xatti- harakatida kam o‘zgarish yuz beradi. Agar kaplarning yarimsharlari olib tashlansa u ucha olmaydigan, ovqatni o‘zi topa olmaydigan bo‘lib qoladi. Yarimsharlaridan mahrum etilgan it batamom majruh bo‘lib qoladi. Katta yarimsharlarsiz tug‘ilgan bola tezda nobud bo‘ladi. Demak, miya kat­ta yarimsharlarisiz odam yashay olmaydi.
Ayrim narsalar o`rtasida murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashqil etadi. Quyidagi tajriba intellektual harakatga misol bo`la oladi. Qarg`aning ko`zi o`ngida bitta ichi bo`sh trubaga ipga bog`langan ovqatni, ya`ni bir parcha go`sht kiritilgan. Qush ovqatning truba ichiga kirganini, keyin ikki truba o`rtasidagi ochiq joydan o`tib, ikkinchi trubaga o`tib ketganini ko`rib turgan. Shundan keyin qarg`a darhol trubaning oxiriga yugurib borib, ovqatning trubadan chiqishini kutib turgan.
Download 44.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling