4.2. Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari Yuqorida tasvirlangan psixodiagnostik metodikalar guruhiga asoslanib, ularning yanada kengroq yoritilgan klassifikasiyasini umumiy kriteria (mezon)larini ajratish mumkin. Bu esa quyidagi mezonlarga bo’linadi: test vazifalari qo’llaniladigan metodika tiplari; metodikada qo’llaniladigan test materiallari adresati; sinaluvchi kishilar tomonidan test materiallarining tasavvur qilinish shakli; psixodiagnostik xulosalar uchun qo’llaniladigan ma’lumotlar xarakteri; metodikalardagi test normalarning mavjudligi; metodikalarning ichki tuzilmasi. Test vazifalarining qo’llanilish tiplariga qarab psixodiagnostik metodikalar: so’rovnomali (sinaluvchilarga qaratilgan savollar); ta’kidlovchi (sinaluvchiga berilgan hukm va xulosalardan o’z fikriga mosini tanlash bilan bog’liq bo’lgan); mahsuldorli (sinaluvchining ijodiy mahsuldorligini biror-bir ko’rinishi: verbal, obrazli, materialli); harakatli (sinaluvchining bir qancha harakatlarni bajarishi bilan bog’liq topshiriqlar); fiziologik (psixodiagnostika kishining ixtiyorsiz fiziologik va fizik reaksiyalarga ta’siri asosida amalga oshadi) kabi tiplarning farqlanishi.; Test materiallarining adresati asosida psixodiagnostik metodlar: anglangan (kishi ongini tekshirib boradigan); anglanmagan (kishining anglanmagan ta’sir reaksiyalari)ga bo’linadi. Birinchi tipdagi metodikalarga so’rovnomalarni, ikkinchi tipdagisini esa, proyektiv metodlarni kiritish mumkin. Sinaluvchi kishilarning test materiallarini tasavvur etish shakliga ko’ra: blankali (test materiallarini ifodalanishi yozma yoki biror belgili shakllar bilan: rasm, chizma va hokazo); texnik (audio, video, kino, proyektor va shu singari texnik anjomlardan foydalanish yo’li bilan); sensor (sezish organlariga taalluqli fizik stimullar shaklida taqdim etiladigan materiallar) turlaridan tashkil topadi. Psixodiagnostik xulosalar uchun foydalanadigan ma’lumotlar xarakteriga ko’ra metodikalar: obyektiv (sinaluvchi yoki tadqiqotchining xohish-istaklariga va ongiga bog’liq bo’lmagan ko’rsatkichlardan foydalaniladi); subyektiv (tadqiqotchi yoki sinaluvchi ongi va istaklariga bog’liq ma’lumotlardan foydalaniladi) bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |