Ijtimoiy-psixologik va pedagogik diagnostika Bu yo’nalish sosiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogikani o’z ichiga qamrab olgan. U talabalar, pedagoglar va ota-onalar guruhlarini o’rganishga; talabalarga ommaviy kommunikasiya vositalarining (radio, televideniye, gazetalar va hokazo) ta’sirini aniqlashga; talabalarning burch va huquqlari hamda o’zaro munosabatlarini yoritishga yo’naltirilgan xatti-harakatlar majmuidir. Pedagogik diagnostika Psixologik va pedagogik diagnostikaning eng yaxshi rivojlangan va dolzabr yo’nalishlaridan biri bo’lib, u talabalarning aqliy rivojlanish darajasini aniqlashga; o’z-o’zini baholashiga; psixologik “himoya usullari” ajratishga; talaba xarakterining asosiy sifatlari hamda qator va individual-psixologik xususiyatlarini o’rganishga qaratilgandir. 4.4. Zamonaviy psixodiagnostika metodlariga qo’yiladigan jarayonlashtirish va verifikasiya talablari hamda ularning qo’llanilishi darajasi So’ngi yillarda psixodiagnostikaning zamonaviy metodlari yaratilib, ulardan inson omili predmeti sanalgan fanlarning amaliyot jarayonida samarali foydalanib kelinmoqda. Psixodiagnostik usullarning tadbiqiy o’rganilishi, yangi ilmiy tushunchalar va ularga xos xususiyatlarning yaratilishi, izohlanishi, tan olinishi hamda tajribada qo’llanilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda. Psixologiyada faoliyatning yuksalib borilishi XX asr boshlarida tadqiqot metodlari va yo’riqnomalariga aloqador shakllangan zamonaviy fanlarga taqdim etiladigan, rasmiy tan olingan va qabul qilingan talablarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bunday talablar asosida jarayonlashtirish va verifikasiya tashkil etadi. Jarayonlashtirish deganda kiritilayotgan yangi ilmiy tushunchalarning fanda ifoda etilishi hamda mavjudligini namoyon bo’lishiga maslahat va metodlarni ko’rsatilishi jarayonlashtirish deyiladi. Shuningdek, u har bir tadqiqotchining mazkur tushunchani o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga ishon hosil qilish uchun, ayrim amaliy harakatlar va jarayonlarni bajarilishini tizimiylashtirishini ham ifoda etadi. Har qanday yangi tushunchaning ilmiylik mavqyeiga ega bo’lishi uchun tekshirilishdan o’tishi vetifikasiya, deb ataladi. Shu bois, “verifikasiya” lo’g’aviy so’zining ma’nosi ham aynan “tekshirish“ mazmunga egadir. Tushunchalarning mazmundorligi aniqlash uchun o’tkaziladigan bunday tekshirish, ularga mos keluvchi psixodiagnostik jarayonlar yordamida amalga oshiriladi. Agar, biz “motiv” atamasini ilmiy tushuncha sifatida fanga kiritadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |