Psixodiagnostika metodlari va ularning klassifikasiyasi Режа Psixodiagnostik metodlarining tadqiqot metodlaridan farqi


Diagnostikaning psixologik-pedagogik jihatdan asosiy yo’nalishlari


Download 155.97 Kb.
bet3/7
Sana13.10.2023
Hajmi155.97 Kb.
#1701196
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1445442099 61638

4.3. Diagnostikaning psixologik-pedagogik jihatdan asosiy yo’nalishlari Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy yo’nalishlari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining talab darajasidan kelib chiqqan holda shakllanmoqda. Shu sababli, bu yo’nalishlarning mohiyatini pedagogik amaliyotning qaysi sohasida qo’llanishini aniqlamasdan turib izchil yoritib bo’lmaydi. Biz quyida psixologik-pedagogik diagnostika qo’llanishilishi lozim bo’lgan, hamda juda katta amaliy ahamiyatga ega sohalardan bir nechtasini shartli ravishda (hayotda esa ular umumiy, bitta pedagogik jarayonning ajralmas kismlaridir) ajratib o’rgandik: ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi; boshqarish va amaliyot; didaktika va xususiy metodika; pedagogik sosiologiya; ijtimoiy psixologiya; pedagogik psixologiya. Bu sohalarni asosiy vazifasi va predmetining pedagogik hamda psixologik adabiyotlarda, o’quv qo’llanmalarda yetarligiga yoritilganligini hisobga olib, ularga batafsil to’xtalib o’tmaymiz.

Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish Bu yo’nalish o’quvchilarning tarbiyalanganligini, ularning xulq-atvorini, odob-axloqini, tarbiyalanuvchiligini (tarbiyaviy ta’sirlarga berilishi) ni o’rganishdan iboratdir. Tashkiliy-metodik diagnostika Pedagoglarning kvalifikasiyasini, ta’lim jarayonining uslubiy ta’minlanganlik darajasini baholashdir. Didaktik diagnostika Pedagogik jarayonni takomillashtirish uchun xizmat qilishdir (ta’lim jarayonining tashkiliy metodik tomonlaridan tashqari). Bunda talabalarning og’zaki va yozma javoblari hamda ulardagi tipik xatolar, sabablari, ta’lim faoliyatidagi salbiy o’zgarishlar o’rganiladi. Shuningdek, talabalardagi mehnat malaka va ko’nikmalarning rivojlanganlik darajasi hamda ta’lim olishga nisbatan moyillik diagnostika qilinadi. Ijtimoiy-pedagogik diagnostika Talabalarning pedagogik qarovsizligi va moslashganlik darajasini o’rganuvchi hamda tarbiyasi og’ir bolalarni diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni hisobga oluvchi yo’nalishdir. Diagnostika pedagoglar tomonidan maktab va o’quv yurtidan tashqarida olib boriladi. Shu sababli diagnostika jarayoni “oila sosiologiyasi va iqtisodi”, “huquq sosiologiyasi”, “dam olish sosiologiyasi”, “iqtisodiy sosiologiya” kabi sohalarda qo’llaniladigan metodikalar va ko’rsatkichlardan foydalanishni taqozo qiladi.


Download 155.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling