Psixodiagnostika


Download 1.89 Mb.
bet20/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

2.7. Rezyume

Shunday qilib, psixodiagnostikani shakllanishiga XIX asrning oxiri va XX asrda yuzaga kelgan psixologiya fanidagi umumiy inqirozlar ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu – qobiliyat, intellekt kabi murakkab shaxs xususiyatlarini ilmiy asoslarsiz o’rgangan eski, introspektiv psixologiyaning kamchiliklarini yaqqol ko’rsatib bera oldi. Diagnostik metodlarning shakllanib borishi psixologiya fanini inqirozdan chiqa olishini ta’minlab berdi. Chunki yaratilgan yangi metodlar psixik xususiyatlar va holatlar haqida aniq va obyektiv bilimlarni olish imkoniyatini berardi. Bu bilimlar nazariy hukm, xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli asos bo’lib xizmat qilar edi. Shu bois, psixologiya shunday darajada ilgarilab ketdiki, nafaqat akademik fanga xos nazariyalar bilan qurollandi, balki amaliy jihatdan ham foydali sohaga aylandi. Psixodiagnostika o’zining nazariyalariga asoslangan tarzda shakllanadigan mehnat psixologiyasi, psixofiziologiya, tibbiy psixologiya, pedagogik psixologiya sohalarini bilimlar doirasini kengayishiga ham imkon yaratdi.


Natijada, zamonaviy psixodiagnostika ilmiy va amaliy bilimlarning maxsus sohasi sifatida ajralib chiqdi. Borgan sari yangidan-yangi psixodiagnostik metodlar yaratilib, unda matematika, fizikaning zamonaviy metodlari, kompyuterlashtirilgan elektron usullari qo’llanilib kelmoqda.


2.8. Asosiy tushuncha va atamalar

Psixodiagnost, psixodiagnostika tarixi, klinik davr, empirik bilimlar, laboratoriya, statistik test, korrelyasiya metodi, Bine shkalasi, Stenford versiyasi.




2.9. Nazorat va muhokama qilish uchun savollar



  1. Psixodiagnostikaning yuzaga kelishi bilan psixologiya fani tarixi orasida qanday o’zaro bog’liqlik mavjud?

  2. Psixologik bilimlarning klinik davri nimaga asoslanadi?

  3. Qaysi mutaxassis olimlar “Psixodiagnostika”ni rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatishgan?

  4. V.Vund laboratoriyasini psixologik tashxis jarayonida tutgan mavqyei qanday?

  5. Birinchi statistik asoslangan testlar nimaga bag’ishlanadi?

  6. Psixodiagnostikani XX asrdagi shakllanish davri qanday amalga oshgan?




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling