Psixodiagnostika


Psixodiagnostika va psixometriya


Download 1.89 Mb.
bet25/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

3.6. Psixodiagnostika va psixometriya


Psixologik testlar va testlashtirish xususida fikr borganida, fanda psixometriya tushunchasiga to’qnash kelinadi.
Bu tushuncha fanga taniqli olim Volf (1734) tomonidan kiritilgan bo’lib, u o’z navbatida psixologiyada ham o’lchov imkoniyati mavjudligini keltirib chiqardi. Tadbiqiy psixologiya o’lchovlardan birinchisi – reaksiya vaqtining o’lchovidir. Shuning uchun, ma’lum muddat psixometriya, deganda psixik jarayonlarning vaqtinchalik xarakteristikasi tushunildi. Natijada mutaxassislar psixik hodisalarning miqdoriy jihatdan aniqlanishi bilan bog’liq bo’lgan hamma narsani psixometriyaga kiritishni boshladilar.
Adabiyotlar tahliliga ko’ra, psixometriyada uncha keng tarqalmagan boshqa tushunchalar ham mavjud. Bu borada xususan aql o’lchami to’g’risidagi nazariyani fanga kiritgan F.Galtonni eslab o’tishning o’zi kifoya. Hozirda bu atama parapsixologiyaning predmetlaridan biri sifatida ishlatiladigan bo’ldi. “XX asr lug’ati” uni “o’zgaruvchan omillar bilan munosabatda bo’lgan psixologiya sohasi” deb yuritilishini maqsadga muvofiq hisoblaydi. Bunday yondoshishda psixometriya psixologik o’lchovlarning va psixofizikadagi shaxsiy o’lchovlarning barcha spektrlarini o’z tarkibiga kiritadi.
Ma’lumki, har qanday psixologik o’lchov qurollarining yaratilishi tom ma’noda cheklangan talablarga qat’iyan rioya qilishni taqozo etadi. Bu talablar uchun olingan natijalarni qiyoslash o’lchov usulining aniq, ishonchli va mos kelish darajasiga taalluqlidir. Moslik, asosan matematik-statistik tahlillarni qo’llash orqali aniqlanadi. Matematik-statistik apparatni takomillashtirish, uni ishlab chiqish o’z navbatida yangidan-yangi testlarni yaratish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, bu esa, ularning samaradorlik masalasini hal qilinishni ta’minlab beradi.
Shunday qilib, psixometrik yo’nalish o’zining rivojlanish ustunligini psixologik testdan oladi. Sir emas-ki, ko’pgina hollarda psixologik testlash (psixodiagnostika) va psixometriya bir-biriga o’xshash bo’ladi. Bu fikrni hozirda keng ravishda qo’llaniladigan “psixometrik testlar” atamasi tasdiqlaydi. Psixodiognostikaning bu tarzda rivojlanishi psixometrik testlarni proyektiv metodikalardan ajratishda asos bo’lib xizmat qildi.
Psixologik testlashning rivojlanishi munosabati bilan, XX asrning 20-30-yillarida psixometriyaning alohida bir sohasi shakllangan bo’lib, u hozirda individual farqlanishlarga asoslanib o’z faoliyati yuritmoqda.
3.7 Rezyume

Psixologiyada tashxis (diagnoz) tushunchasi va uning mohiyati, asosan, Reykowskining nazariy chizmasi bilan bog’liqdir. Psixologik tashxis va tibbiy tashxisni farqlashdagi dastlabki asoslangan yondoshuvlar natijasida A.Leviskiyning “klinik-psixologik diagnostika” to’g’risidagi qarashlari shakllandi. Psixiatriyada nozologik (sindromologik) tashxisning chegaralanganligi o’rganilishi M.Kabanovning “funksonal tashxis” nazariyasining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Dastlabki diagnostik xatolar Z.Pleviskiy tahlillaridan kelib chiqqan holda aniqlandi. Bu davrda psixodiagnostika va psixometriyaning o’zaro tafovutlarini ajratish jarayonlari boshlanib, natijada F.Paltonning ayrim g’oyalari o’z o’rnini parapsixologiyada qaror toptirdi.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling