Psixodiagnostika
PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKANING
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
IV bob
PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKANINGIJTIMOIY VA AXLOQIY JIHATLARIBobning qisqacha mazmuni Psixologik diagnostika hamda psixodiagnost uchun qo’yiladigan ijtimoiy-axloqiy talablar. Diagnostik metodlarni qo’llaydigan mutaxassis malakasining darajasi. Diagnostik metodlarni qo’llash. Tadqiqot natijalarini sir saqlashning ta’minlanganligi. Konfidensiallik. Tadqiqot natijalarini e’lon qilish. Psixolog (tashxischi)ning axloqiy kodeksidagi ijtimoiy-psixologik asoslar. Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy tamoyillari. Diagnostika nazariyasi va uning metodikalarini ilmiy asoslanganligi. Diagnostikaning izchilligi va aniq yo’nalganligi. Diagnostika shakl va metodlarini optimalligi. O’rganilayotgan obyekt haqida faktlarni yig’ish, bayon qilish va to’g’ri yo’lga solishning birligi. Diagnostikaning ketma-ketligi va uzluksizligi. Diagnostika metodlari va jarayonlarining qulayligi hamda ommabopligi. Diagnostikaning kompleksliligi. Diagnostikaning talaba rivojlanishi kelajagini, oqibatlarini oldindan ko’ra olish (bashorat qilish) imkonini bera olishi. Psixologik testlardan foydalaniladigan kishilar uchun qo’yiladigan maxsus talablar. Psixodiagnostga qo’yiladigan sakkiz bosqichli talab. Metodikalarni qo’llashdagi psixologik ma’lumotlar bazasining mavjudligi. Minnesotning ko’pfaktorli shaxsiy so’rovnomasi. Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi. Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasini bosqichlari. Psixodiagnostikaning axloqiy-ma’naviy normalari. Psixologik tashxis kodeksidagi axloqiy-ma’naviy normalarning asosiy tamoyillari. 4.1. Psixologik diagnostika hamda psixodiagnost uchun qo’yiladigan ijtimoiy-axloqiy talablar Psixologik testlar va so’rovnomalardan to’g’ri foydalanish maqsadida bir qator ehtiyot choralarning mavjudligi, ularni amaliyotda qo’llash samarasini oshiradi. Diagnostik metodlarni qo’llanilishi va yoyilishi har bir mamlakatning axloqiy standartlari yoki professional axloq kodeksiga bo’ysunishi kerak. Psixolog (tashxischi)ning professional axloqiy kodeksi zamirida insoniyat manfaatiga xizmat qiluvchi fanning shakllanishi orqali ayrim individlarning muvaffaqiyati va huquqlarini himoya qilishdek qadriyatlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Psixodiagnostika sohasi bilan uzviy bog’langan, hozirgi G’arb va Amerika psixologiyasi fanida ma’lum yechimga ega bo’lgan quyidagi asosiy axloqiy muammolar mavjud: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling