Psixodiagnostika


Download 1.89 Mb.
bet97/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

13.3. Psixik xususiyatlar


Shaxsning iqtidori, xulqi, temperamenti, xarakteri, qobiliyatlari, layoqati, yo’nalishlari, mas’uliyati kabi qator xususiyatlari, psixologiyada psixik xususiyatlar mohiyatini yoritib beruvchi omillar sanaladi.


Iqtidor

– insonning o’z xatti-harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan subyektiv munosabatidir.




Xulq motivasiyasi

– inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.




Yo’nalish

– ijtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo’naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg’un, barqaror motivlar majmuiga ega bo’lishlikdir.




Temperament

– insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.




Xarakter

– shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o’z-o’ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan xususiyatlaridir.


Xarakter quyidagi obyektlarga bo’lgan munosabatlarda ifodalanadi:

  • Mehnatga munosabat – shaxsning mehnatkashligi yoki yalqovligi, biron topshiriqni oxirigacha yetkazishi yoki yarmisida tashlab ketishi, pala-partish yoki tartibli faoliyat yuritishi, yakka taribda yoki jamoaviy mehnat turini tanlashi va shu kabi sifatlari orqali namoyon bo’ladi.

  • Odamlarga munosabat – samimiylik yoki ikkiyuzlamachilik, mulokotga moyil yoki yakkahol, haqiqatparvar yoki yolg’onga moyillik, o’zgalar manfaati haqida qayg’urish yoki o’z manfaatini har narsadan ustun qo’yish va shu kabi shaxs xislatlari.

  • Narsalarga bo’lgan munosabatda – buyumlarni tartibli saqlash yoki betartiblilik, narsalarni asrab-avaylash yoki ayamaslik, narsalarning qayerdaligini xotirada saqlash yoki parishonxotir.

  • O’z-o’ziga munosabat – g’urur, obro’ saqlay olish, o’ziga talabchanlik, o’zini nazorat etishning kuchliligi, o’zini takomillashtirishga intilish va h.k.




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling