Xayol
– biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir.
Iroda
– kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to’siqlarni harakat yordamida yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayondir.
Diqqat
– ongning biron-bir predmet, hodisa yoki faoliyatga qaratilishi hamda to’planishidir.
Ongning qaratilishi deganda obyektni tanlab olish nazarda tutiladi, ongning biron-bir narsaga to’planishi esa ana shu obyektga aloqador bo’lmagan barcha narsalarni ong doirasidan tashqarida qoldirish ma’nosini bildiradi.
13.1.4-rasm. Diqqatning turlari
Nutq
– kishilarning til vositasida o’zaro munosabatda bo’lish jarayonidir.
13.1.5-rasm. Nutqning bo’linish mexanizmi
Ovoz chiqarib talaffuz etiladigan nutqni tashqi nutq, o’ylayotgan paytimizda ovoz chiqarmasdan nutqdash foydalanishimiz ichki nutq deb ataladi.
13.2. Psixik holatlar
Shaxsning his-tuyg’ular (emosiyalar)i, e’tiqodi, qiziqishlari, bardamligi, tetikligi, apatiyasi, hayratlanishi, ishonchliligi, ijodiy ruhlanishi kabi holatlari, fanda uning psixik holatlarini anglatadi.
His-tuyg’ular (emosiyalar)
– odamlarning o’zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga o’z munosabatini boshdan kechirish jarayonidir.
E’tiqod
– shaxsning shunday ongli yo’nalishi bo’lib, unga o’z qarashlari, tamoyillari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beruvchi holatdir.
Qiziqishlar
– anglangan motivlardan bo’lib, ular shaxsni atrofida ro’y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o’zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to’plash, ularni o’rganishga imkon beruvchi omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |