Psixodiagnostika


Download 1.89 Mb.
bet110/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

Intuitiv tiplilar

Bu shunday toifali kishilarki, ularda ko’pincha hissiyotlar mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo’yicha ham o’ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo’ladi. Ko’rib, his qilib, yorqin emosional munosabat shakllantirilmaguncha, bunday odamlar biror xususda fikrlarini bayon eta olmaydilar.


Fikrlovchi tiplar

Bunday kishilarda doimo mantiq, mulohaza xissiyotlardan ustun bo’ladi va miyasining chap tomoni o’ngiga nisbatan dominanta (ustun) hisoblanadi. Bundaylar gapira boshlashsa, ko’pincha, “Faysasuf bo’lib ket-e”, deb ham qo’yishadi. Chunki ular o’zlarigacha bo’lgan bilimlar, mantiqiy fikrlash borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo to’g’ri gapirishga, doimo fikrlarini mantiqan asoslash – argumentasiya qilishga harakat qiladilar. Aniq va texnika, tibbiyot fanlari bilan shug’ullanuvchilarda ana shu tafakkur tipiga moyillik va psixologik hozirlik bo’lsa, ular o’z kasblari borasida juda yaxshi natijalarga erishadilar. Ulardan farqli birinchi toifa vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, tilshunoslar, psixologlar yetishib chiqadi.




14.7. Rezyume

Shaxsning xulq-atvor nazariyasi uning xulq-atvorini tavsiflab beradigan asosiy omillar bilan xarakterlanadi. Ekstraversiya va introversiyaning mavjudligi shaxsning tabiiy xususiyatlari bilan uzviylashgan bo’ladi, ya’ni temperament turlarigi bog’liq. Guruhlarda shaxsning xulq-atvorini diagnostika qilish orqali jamoaning psixologik muhiti aniqlanadi. Shuningdek, guruhning umumiy maqsadlari, uning samaradorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Shaxsning professional faoliyati, jamoadagi o’rni va statusi, uning jamiyatdagi o’rnini ilmiy tushunchalar vositasida talqin qilinishi orqali o’rganilishi maqsadga muvofiqdir.




14.8. Asosiy tushuncha va atamalar

Xulq-atvor, ekstraversiya, introversiya, melanxolik, xolerik, flegmatik, sangvinik, vizual psixodiagnostika, sleng, intuitiv, fikrlovchi.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling