Psixodiagnostika
Reykovskiy bo’yicha faoliyatning diagnostikasi
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.2.1-rasm. Reykovskiy bo’yicha faoliyatning diagnostikasi
- Natijalar tahlili
15.2. Reykovskiy bo’yicha faoliyatning diagnostikasi
Faoliyat deganda, odatda, bir aniq maqsad sari yo’nalgan jarayon tushuniladi. Faoliyatni diagnostikasini Reykovskiy ikkita umumiy aspektga bo’lishni taklif qilgan: instrumental (sifat, tezlik va ta’sirlar muntazamligi) va munosabat aspekti (15.2.1-rasm). Bu aspektlarda bajargan harakatlariga, atrof muhitga va o’z-o’ziga subyektning munosabati o’rganiladi. Psixologik tashxisni vazifasi faqat qanday ta’sirlar xato bilan bo’layotganini aniqlash emas, balki qanday ta’sirlarda individga onson bo’lishini aniqlashdir. Faoliyatni tizimiylashgan tavsifini olish uchun jamiyatdagi inson tomonidan bajariladigan asosiy ahamiyatga ega bo’lgan tizim ishlatilishi taklif qilinadi. Raykovskiyning ta’kidlashicha, klinik diagnostikada ko’p hollarda munosabat aspekti hisobga olinishi, kasbiy diagnostikada esa instrumental aspekt muhimroq ahamiyatga ega ekan. Nima uchun ta’sirlar noto’g’ri bo’layotganiga javob berish uchun, boshqaruv jarayonlarini diagnostikasini o’tkazish zarur. 15.2.1-rasm. Reykovskiy bo’yicha faoliyatning diagnostikasi 15.3. Menejer kasbiy moyilligini baholash Orzuga ayb yo’q, kim shoh bo’lishni istamaydi, degan xalqimizning naqli bor. Lekin shunday odamlar ham borki, ularga rahbar bo’lish mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Ushbu test sinaluvchida
Kalit:
Natijalar tahlili: Ballar yig’indisi 100-80 ball bo’lsa, bunday odamda boshqalardan ustunlikka intilish tuyg’usi kuchliroq shaxsdir. Ushbu odam tashabbuskor, yaxshi tashkilotchi xislatiga qaramay, har qanday yo’l bilan bo’lsa ham tan olinishga intiladi. Xodimlarning boshqarish istagi, ishtiyoqi ular xatti-harakatlarining samaradorligini kamaytirmaydi. Kuchli asabiy toliqish, o’zini yengil torta bilishning bilmasligi shunga olib keladiki, hayajonlanib (hovliqib) turgan vaqtda bunday odamlar biron-bir kishini osongina ranjitib qo’yishi mumkin. bunday odamlar tez-tez maqtanib turadilar, manmanlik qiladilar, agressivlikka moyildirlar. Agar bu toifadagi odamlar boshqalarga nisbatan munosabatini o’zgartira olgan taqdirdagina ularning rahbarlik lavozimiga moyillik beruvchi xislatlari yuqori samaralar berishi mumkin. 75-40 ball. Bunday odamlarning talablari ancha yuqori, ko’pincha ular o’zlariga ishonadilar. O’z “men”ini ta’kidlab o’tishni yoqtiradilar. Hissiyotlarni boshqara olishni bilishlik va o’z xatti-harakatini tahlil qilishga moyillik shunga olib keladiki, bunday odamlarda boshqalarni boshqarish zaruriyati alohida shaklga ega bo’lmay qoladi. Bunday shaxslar hali yurilmagan yo’llardan (“ochilmagan so’qmoqlardan”) yurishni yoqtiradilar. Ular o’z fikrlari bilan hamma vaqt boshqalarnikiga mos tushavermaydigan bo’lib, o’zlariga boshqa odamlarni bog’lab olishni yoqtirmaydilar hamda boshqalarga qiyinchilik bilan bo’ysunadilar. O’z haqida odamlar nimalar deyishayotganliklari qiziqtirmaydi va ayni vaqtda o’zgalarni tanqid qilishga moyildirlar. O’z so’zlari hamma vaqt oxirgi (hal qiluvchi) mulohazada qaror topishini yoqtiradilar. 35-0 ball. Bunday odamlar menejer bo’lishdan ko’ra xodim (bo’ysunuvchi) bo’lishga ko’proq moyildirlar. “Shef” (xo’jayin) rolida o’zlarini noqulay his qiladilar. Odatda ular aniqrog’i jur’atsiz, o’ta kamtarin, o’ziga ishonmaydigan kishilardir. Ular kamdan-kam biron-bir tashabbus bilan chiqadilar, boshqalarning rahbarligiga bajonidil bo’ysunadilar. Bunday toifadagilar o’zaro kelishuv asosida qabul qilingan qarorlarga bo’ysunishni va boshqa kishilar “soyasida” bo’lishni ma’qul ko’radilar. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling