Pedagogik diagnostika va korreksiya


Download 29.82 Kb.
bet1/6
Sana01.04.2023
Hajmi29.82 Kb.
#1314733
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 олий фойдаланиши учун амалий мавзу буйича маълумотлар


1.Amaliy mashg’ulot mavzusi; 1. Tarbiya diagnostikasi va korrekstiyasi pedagogning kasbiy faoliyatning sohasi sifatida


I BOB. “PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA VA KORREKSIYA”
FANINING NAZARIY ASOSLARI
1-mavzu. Pedagogik diagnostikaning predmeti va tarixiy rivoji
Reja:
1. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fani sifatida shakllanishi
hamda rivojlanishi.
2. “Pedagogik diagnostika” tushunchasining mohiyati.
3. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining mazmuni.
4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining asosiy tushunchalari.
Tayanch tushunchalar: diagnostika, pedagogik diagnostika, korreksiya,
tashxis (diagnoz), tashxislash, tashkil etish, nazorat qilish, korreksiyalash,
baholash.
I. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fani sifatida
shakllanishi hamda rivojlanishi. Zamonaviy sharoitda “Pedagogika” fani har
tomonlama rivojlangan, komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish masalasini hal
qilishga yo‘naltirilgan. Asrlar davomida shakllangan ta’lim va tarbiya tizimi
yuksak ong, tafakkur, dunyoqarash, axloqiy fazilatlar va hayotiy tajribaga ega
shaxsni tarbiyalashga doir boy an’analarni o‘zida aks ettiradi. Kishilik
taraqqiyotining turli bosqichlarida pedagogika amaliyotida ana shu boy
an’analarga tayanib kelingan. Biroq, mavjud pedagogik an’analar turg‘un
xarakterga ega bo‘lmay, o‘z g‘oyalarini ijtimoiy borliqda ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar, erishilayotgan yutuqlar asosida dinamik, dialektik ravishda boyitib
boradi. Bu esa o‘z navbatida pedagogika jarayon, faoliyat va ilmiy-tadqiqot
sohalarida yangidan yangi yo‘nalishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yangi
yo‘nalish g‘oyalari, tamoyillarining tobora boyib, ko‘payib borishi esa pedagogik
turkum fanlar sirasida mustaqil fanlarning shakllanishini ta’minlaydi. So‘nggi
chorak asr mobaynida pedagogik turkum fanlarining soni “Ijtimoiy pedagogika”,
“Pedagogik texnologiya”, “Innovatsion pedagogika”, “Pedagogik innovatika”,
“Pedagogik konfliktologiya”, “Pedagogik diagnostika va korreksiya” kabi mustaqil
fanlar hisobiga oshdi. Mazkur fanlarning amaliyotida o‘zining munosib o‘rniga ega
va ular dolzarb pedagogik muammolarni samarali tadqiq qilishga yordam
bermoqda. Garchi diagnostika va korreksiyalash masalalari juda qadimdan o‘rganilgan bo‘lsa-da, “Pedagogik diagnostika va korreksiya” nisbatan yangi o‘quv fan sanaladi. Jahon ta’limi amaliyotida o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lganiga hali unchalik ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, ushbu fan ta’lim jarayonining
ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondirish borasida muayyan tajribaga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida esa mazkur fanning o‘quv fani
sifatida o‘qitilishi borasida daslabki tajribalar to‘plangan bo‘lsa-da, biroq,
o‘qituvchilar “Pedagogik diagnostika va korreksiya”n o‘quv faniing barcha
imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish bo‘yicha boy amaliy tajribalarga ega

emaslar. Shu bois ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida fan


imkoniyatlaridan samarali foydalanishga
jiddiy e’tibor qaratilmoqda3.
Ushbu tushuncha ilk marta tibbiyotda qadimgi Gresiyada qo‘llanilgan4.
Qadimgi yunonlar muvaffaqiyatli davolash uchun kasallik va uning sabablarini
to‘g‘ri anglash, bemor organizmi xususiyatlari, kasallikning kechishi tavsifidan
xabardor bo‘lish, turli davo vositalarining ta’sirini bilish va shu sababli kasallikni
davolashdan ko‘ra unga to‘g‘ri tashxis qo‘yish muhim ekanligini anglashgan.
Ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar,
sub’ektlarning hayot tarzidan kelib chiqqan holda “diagnostika” tushunchasi turli
(texnika, iqtisodiyot, psixologiya) sohalarda ham qo‘llanila boshlandi5.
Kishilik jamiyatining ilk bosqichida tibbiyotda oddiy va ko‘z bilan ko‘rish
mumkin bo‘lgan kasalliklarga tashxis qo‘yishda suyak sinishi, jarohat, qayt qilish,
ich ketish, og‘riqni his qilish, isitma kabi belgilarga tayanilgan. Qadimgi Misr va
Hindistonda tana haroratining ko‘tarilishi, yurak faoliyati eshitish, tanani
paypaslab ko‘rishga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, qadimgi Xitoyda tomir orqali yurak
pulsini o‘lchash, Gresiyada esa tashxis qo‘yish ilmiy klinik (ham tashxis qo‘yish,
ham davolash ishlari birga olib boriladigan) tibbiyot uchun boshlang‘ich asos
bo‘lib xizmat qildi. Tibbiy diagnostikaning asoschisi Gippokrat hisoblanadi. Uning
tashxis qo‘yish uslubi bemor holatini kasallikning dastlabki va keyingi davrdagi
holatini sinchiklab o‘rganish, kasallikning ayrim belgilariga ta’sir ko‘rsatish,
ma’lum uskuna (masalan, naycha – naysimon asbob) yordamida ichki organlar
holatini tekshirish, o‘pkadagi xirillash, o‘pka pardasidagi ishqalanishni eshitish,
jigar va taloqni paypaslab ko‘rishdan iborat bo‘lgan.
Tibbiyot sohasida kasallikka tashxis qo‘yish borasida o‘sha davrlardayoq
izlanishlar olib borilgan. Xalqning boy hayotiy tajribasi, o‘ziga xos davolash
iqtidoriga ega shaxs (tabib, kohin)larning izlanishlari natijasida turli kasalliklarga
to‘g‘ri tashxis qo‘yish amaliyoti ilmiy bilimlar bilan boyigan.
Uyg‘onish davri, ayniqsa, VIII-XIX asrlarda tibbiyotda yangi, jumladan,
harorat o‘lchovchi asbob (termometriya), tanaga barmoq bilan urib ko‘rib eshitish
(perkussiya), yurak urushi va o‘pkani eshitib ko‘radigan asbob (stetoskop),
Laennekning eshitib ko‘rish metodi va boshqa tashxis metodlari yaratildi.
Shunga ko‘ra dastlab “diagnostika” tushunchasi negizida kasalliklarni
aniqlashda qo‘llaniladigan metodlar va ular to‘g‘risidagi ta’limot ifodalangan.
Zamonaviy sharoitda esa mazkur atama bemor shaxsi, u mansub bo‘lgan ijtimoiy
muhit, ruhiy holati, organizmining irsiy va fiziologik xususiyatlari, kasallikning
kelib chiqish sabablari, kechishi, organizmda kechayotgan fiziologik holatlar,
organizmning tashqi muhit omillari, turli davo vositalariga ta’sirchanligi,
shuningdek, davo vositalarining boshqa organlar faoliyatiga ta’siridan iborat yaxlit
компетентлигини ташхислаш jarayonni hamda davolovchi vrachning kasallikni aniqlash va bemor holati bo‘yicha kuzatishlari, mulohazalarini ham anglatadi.
Pedagogik diagnostikaning rivoji psixologik diagnostika bilan bog‘liq
Va bevosita uning negizida yuzaga kelgan. Psixologik diagnostikaning o‘zi XIX
asrning oxiri va XX asrning boshlarida psixologiya sohasida olib borilgan qator
tadqiqotlarning g‘oyalariga asoslangan holda mustaqil fan sifatida shakllana
boshladi.

Download 29.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling