Pedagogik diagnostika va korreksiya


yilda “Psixologik diagnostika


Download 29.82 Kb.
bet2/6
Sana01.04.2023
Hajmi29.82 Kb.
#1314733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 олий фойдаланиши учун амалий мавзу буйича маълумотлар

1921 yilda “Psixologik diagnostika:
idrokka asoslangan tashxislovchi test” nomli asarning e’lon qilinishi
Psixologik diagnostika” tarixining aynan shu nom bilan rivojlanib
borishini ta’minladi6.
Bugungi kunda o‘qituvchi kasbiy faoliyatining muhim tarkibiy kismiga
aylanib borayotgan “Pedagogik diagnostika”ning tarixida nemis olimi Karlxayns
Ingenkampning alohida o‘rni bor.
Aynan Karlxayns Ingenkamp 1968 yilda ta’lim sohasida “pedagogik
diagnostika”7 tushunchasini qo‘llash taklifini ilgari surgan.
Muallif tashxisga asoslanuvchi pedagogik faoliyat negizida sifatning zarur
ilmiy mezonlarini saqlab qolgan holda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar
faoliyatini anketa yordamida kuzatish, nazorat va so‘rovlar natijalarini qayta
ishlash orqali xatti-harakatlari mohiyatidan ularni xabardor kilish, natijalar uchun
negiz bo‘lgan sabablarni yoritish va istiqbolni izohlash
jarayonini tushungan edi.
Diagnostika” (tashxislash) tushunchasi yunon tilidan tarjima
qilinganda lug‘aviy jihatdan “bilish”, “aniqlash”, nazariy jihatdan
esa “aniqlashga qodirlik”, “aniqlashga imkon berish” ma’nolarini
anglatadi8.
Ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida iqtisodiy, madaniy
o‘zgarishlar, sub’ektlarning hayot tarzidan kelib chiqqan holda “diagnostika”
tushunchasi turli sohalarda ham qo‘llanilla boshlandi. Masalan, texnika sohasida
(texnik diagnostika; mashina, mexanizm, uskuna, inshooat, qurilma, bjshqa texnik
ob’ektlar)ning texnik holatini baholash metodlari va vositalarini o‘rganish),
iqtisodiy sohada (iqtisodiy diagnostika; iqtisodiy munosabatlar, o‘zgarishlar
mohiyatini tahlil qilish asosida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, mahsulotlarni
yetkazib berish va sotish, sohalarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, ularni
boshqarishda ro‘y berishi kutilayotgan muammolar, ularning tavsifi, belgilarini
o‘rganish), psixologiya sohasida (psixologik diagnostika; qobiliyati, qiziqishlari,
mayllari, ichki imkoniyatlarini namoyon qilishi va bevosita ulardan foydalana
olishni o‘rganishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayangan holda shaxsni tadqiq
qilish).

Download 29.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling