Psixodiagnostika


Diagnostika nazariyasi va uning metodikalarini ilmiy asoslanganligi


Download 1.89 Mb.
bet32/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

Diagnostika nazariyasi va uning metodikalarini ilmiy asoslanganligi



Diagnostika – obyektni yaxlit ravishda genetik va tizimli tahlil qilish, ularni modellashtirish, qo’llaniladigan metodikalar, ko’rsatkichlarning ilmiy asoslanganligi, olingan natijalar interpretasiyasining ishonchliligi, aniqligi, validligini puxta ishlab chiqilgan metodik asoslar bilan ta’minlanganligi orqali izohladi. Ilmiy asoslanganlik tamoyilida qo’llanilayotgan metodikalarning etnik, ijtimoiy muhitga, jumladan, diagnostika o’tkazilayotgan o’quv yurti, akademik guruh va audiatoriyaga mosligi talab qilinadi. Bu tamoyilga amal qilish pedagogik-diagnostikalarni amalga oshirish jarayonida turli xil yengil (“ko’ziga yaxshi ko’ringan” yoki “qo’liga tushib qolgan”) metodikalarni bilib-bilmay qo’llashdan saqlaydi.



  • Diagnostikaning izchilligi va aniq yo’nalganligi



Psixologik-pedagogik diagnostika boshqa psixodiagnostik va pedagogik diagnostikadan farqli ravishda aniq yo’nalish obyekt va maqsadga qaratilgan bo’ladi. Shu sababli diagnostik faoliyat (jarayon)ning natijalari umumiy xulosalar, abstrakt mulohazalardan emas, balki aniq shaxs (talaba)ga, guruhga tegishli bo’lishi lozim. Aniq xulosalar orqali kamchiliklarni bartaraf qilish va yordam berishning yo’nalganligini ko’rsatib berish mumkin.



  • Diagnostika shakl va metodlarini optimalligi



Qo’llanilayotgan metodikalar va talabaga yondoshish usullarining mavjudligi amaliyotchi psixolog, pedagog yoki psixodiagnostga kam kuch va vaqt sarflab sinaluvchi haqida muhim, sifatli hamda katta amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlar yig’ish imkoniyatini beradi. Diagnostikaning shakl va metodlari optimalligini ta’minlashda esa, psixodiagnostika sohasidada ko’p yillar davomida qo’llanilib kelinayotgan qulay, oddiy va samarali metodlarni qo’llash kerak bo’ladi.


1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling